Xix asrning ikkinchi yarimi XX asr boshlarida turkistonda yog’ moy sanoati tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə22/30
tarix17.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#114839
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Maxmudov Dilshod

Bahs (debat)lar uslubi
Uslubiyotning maqsadi: talaba (yoki o’quvchi)larga o’quv xonasidagi tengdoshlari bilan birgalikda shu oila jamoatchilik fikrini to’lqinlantirayotgan mavzularda mulokotlar rejalashtirish imkonini berish. Uslub talaba (yoki o’quvchi)larning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoitini yaratish, munozara madaniyatini o’rgatish va o’z fikrini asoslash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Bu uslubdan foydalanishda o’qituvchi talaba (yoki o’quvchi)larni baholash uchun asos xizmatini o’tovchi ajoyib materialga ega bo’ladi. Yozma bahslar uslubiyoti bunday mulokotlarni o’quv xonasidagi barcha talaba (yoki o’quvchi)lar ishtirokida yozma shaklda o’tkazish imkonini beradi.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
Talaba (yoki o’quvchi)lar bahs mavzusi bo’lishi kerak bo’lgan mavzu bilan uy (yoki oldin o’tkazilgan mashg’ulotlar)da tanishadilar. Bahs arafasida o’qituvchi bo’lajak mavzu to’g’risida o’quvchilarga axborot berar ekan, bahslar qay yo’sinda o’tishini qisqacha tushuntiradi (bu albatta, bahslar birinchi marta o’tkazilayotgan bo’lsa, juda muhimdir).
Rahbar guruh talaba (yoki o’quvchi)larni ikkiga ajratadi va ularni o’quv xonasining ikki tomoniga qator ko’yilgan stollar yoniga o’tkazadi va har bir guruh katnashchilari qaysi nuqtai nazarni himoya qilishlarini belgilaydi (masala, 1 -guruh ijobiy holat joriy qilinishi tarafdorlari, 2-guruh bunga qarshilari).
Shundan so’ng rahbar talaba (yoki o’quvchi)larni juftlaydi, har bir juftda karama — qarshi qarashlar tarafdorlari bo’lishi kerak. Juftlarni tartib raqami yoki alifbe harflari bilan belgilaymiz. Agar o’quv xonasida talaba (yoki o’quvchi)lar soni toq bo’lsa, o’qituvchi munozaraga yetishmagan sherik huquqida qatnashishi mumkin. O’qituvchi 1-guruh talaba (yoki o’quvchi)lariga (keltirilgan misolda - ijobiy holatni joriy qilish tarafdorlari) har biri juft sanasi (ramzi) bilan bilgilangan katak qog’oz varaqlarini tarkatadi.
Talaba (yoki o’quvchi)lar o’quv xonasining ikki tomonida o’tirib, juftma - juft yozma mulokotni boshlaydilar 1-guruh talaba (yoki o’quvchi)lariga o’zlari ma’qullayotgan nuktai nazar foydasiga bitta ochiq dalilni shakllantirish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Ular bu dalilni qog’oz varag’iga puxta tahrir qilingan paragraf shaklida yozadilar. Bu vaqtda ikkinchi guruh talaba (yoki o’quvchi)lari o’zlari bahs jarayonida bayon etishlari mumkin bo’gan nuktai nazarlarini isbotlashlari mumkin.
Yozilgan varaqlar qarshi guruhdagi sheriklarga (ijobiy holatning joriy qilinishiga qarshi chiquvchilarga) beriladi. Ularga juft bo’yicha sheriklarining dalillariga qarshi javob topish va yozish uchun hamda o’z qarshi dalillarini bayon qilishlari uchun 8 daqiqa vaqt ajratiladi.
Dalillar almashishning bunday tartibi 2-3 marta taqrorlanadi, bunda har bir talaba (yoki o’quvchi) sherigining dalil - isbotiga javob qaytarishi va o’zining aks dalilini keltirishi shart. Talaba (yoki o’quvchi)larning bilimlarini aniqlash uchun 3-4 raund yetarlidir. Oxirgi raundda talaba (yoki o’quvchi)larga yakuniy paragrafni yozish imkoni beriladi. Shundan so’ng yozma ish yigib olinadi.
Bahslarda yakun chiqarishning yaxshi shakli ikkala tomonga qaratilgan savoldir: «Qarshi tomonning eng yaxshi dalili - isbotlari qaysilar bo’ldi?»
Ishni o’qituvchi yakkama-yakka yoki jufti bo’yicha baholashi mumkin. Agar o’qituvchi yozma ishni baholashni rejalashtirgan bo’lsa, u hakida talaba (yoki o’quvchi)larni darsning boshidayoq ogoxlantirishi kerak.
Ta’lim muassasalarining mashg’ulotlarida yozma bahslar uslubini foydalanish mobaynida quyidagi jadval ko’rinishida keltirilgan tarqatma materaldan foydalanish mumkin:




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin