Tadqiqotlar va tovarning yaratilishi bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot sifatida shakllanishidan ancha oldin – g‘oyalar, ishlanmalar ko‘rinishida boshlanadi.Yuqorida keltirilgan rasmda bu bosqichga tartib raqami qo‘yilmagan, chunki hali tovarning o‘zi mavjud emas. Bu bosqichda tadqiqotchilar marketing yordamida iste’molchining mazkur mahsulotga muhtojligini, potensial iste’molchilar kimlar bo‘lishini va g‘oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo‘ljallash mumkinligini atroflicha o‘rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi – bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir. Bu yerda marketingning vazifasi potensial iste’molchilarga yangi g‘oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini tushuntirib berishdan iborat.
Bozorga kirish bosqichi. Bu bosqich tovarni tarqatish va uning bozorga kelib tushishi bilan boshlanadi. Bu bosqichda sotishning astasekin o‘sishi kuzatilsada, tovarni tarqatish xarajatlari ko‘pligi tufayli foyda hali hosil bo‘lmaydi. Bu yerda marketingning maqsadi aniq, ya’ni yangi tovar uchun bozorni yaratishdan iborat (ayniqsa, agar bu mutlaq yangi tovar va unga ehtiyoj hali bozorda namoyon bo‘lmasa). Bu bosqichda raqobatchilar deyarli yo‘q yoki ular juda kam sonni tashkil etadi. Bu bosqichda deyarli shular novatorlar bo‘lganligi uchun dastlab reklama aynan iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Bu bosqichda marketingning asosiy vazifasi birlamchi talabni tez shakllantirish va potensial xaridorlarni haqiqiy xaridorlarga aylantirishdan iborat. Shuningdek, bu bosqichda sotishni rag‘batlantirish, reklamani tashkil etish va tovarni taqsimlashning ishonchli kanallarini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kirish bosqichi xususiyatlari –kam mahsulot chiqadi (yarim quvvat), yuqori tannarx (texnologiya hali to‘liq emas), realizatsiya kam.
Qilinishi kerak – qiziqtiruvchi marketing taktikasi (joy, vaqt, narx, promotion-siljitish), tovar kamchiliklarini yo‘qotish (sifatini oshirish) kerak.