Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo‘yilgan talablar



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/6
tarix30.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#151137
1   2   3   4   5   6
Документ Microsoft Word (2)

а) халк хужалик

хисоби тармоклари

корхона,

ташкилот ва муассасаларда содир булаётган хужалик

жараёнларини кузатиб бориш;













б) кузатиш оркали олинган маълумотларни микдорий

Хўжалик

курсатмаларда ифодалаш;

хисоби




бажарадиган







функициялари

в) корхона, ташкилот, муассаса фаолиятларини кузатиш натижаларини хужжатларда кайд этиш;

хужалик махсус










г) махсус хужжатларда акс эттирилган маълумотларни




умумлаштириш ва

гурухлаштириш,

хужалик




жараёнлари устидан назорат урнатиш ва уларга

таъсир этиш.

Bundan xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik hisobi, xo‘jalik operatsiyalarini miqdoriy aks ettirishidan tashqari ularga sifat tavsifini ham beradi. YUqoridagilarni umumlashtirib, xo‘jalik hisobini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Xo‘jalik hisobi deb xo‘jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jixatidan tavsiflashga aytiladi.
Xo‘jalik hisobiga qo‘yiladigan talablar:


1 Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. Buxgalterskiy uchet. Uchebnik. Rostov n/D: Feliks, 2012, 18 str

Xo‘jalik hisobi to‘g‘risidagi umumiy fikrni aniqlashtirish va uning tarixiy xususiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun davlat monopoliyasi mulkchiligi va bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitidagi uning mazmunini ko‘rib chiqish lozim. Bunda ulardagi amal qilayotgan iqtisodiy qonunlar-ning xususiyatlaridan kelib chiqish lozim, chunki hisobning o‘ziga xos xususiyatlari mana shu qonunlar bilan belgilanadi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish asosiy iqtisodiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Demak, tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalaridan foyda olish bozor iqtisodiyotida xo‘jalik faoliyatining bosh rag‘batini anglatadi.
Asosiy iqtisodiy qonun xo‘jalik faoliyatining maqsadini, demak, xo‘jalik hisobining ham maqsadini belgilaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdorlar xo‘jalik hisobidan maksimal darajada foyda undirish va o‘stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida qo‘yilgan mablag‘lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan kuzatishni amalga oshirishga harakat qilishadi.
Bozor iqtisodiyotidagi xo‘jalik hisobining maqsadi foydaning shakllanish jarayoni ustidan kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hisobning ahamiyati to`g`risida hyrmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomasida quyidagi fikrlarni bildiradi: “Iqtisodiyot – bu hisob-kitob degani. Har bir ishimizda puxta hisob – kitob birinchi o`rinda turishi lozim. Aks holda, hamma ishimiz eski hammom, eski tos bo`lib qolaveradi.”2
2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий мажлисга мурожаатномаси. 2017 йил декабр.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish vositalarining katta qismiga ega bo‘lgan
tadbirkorlarning manfaatiga rioya qilinadi. Xo‘jalik hisobidan ham xuddi shu yo‘nalishda foydalaniladi. Uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yangidan - yangi vositalarini topib, amalga oshirilayotgan faoliyatdan eng yuqori yutuqlarga ega bo‘ladilar va ularni olish yo‘llarini aniqlaydilar.
SHunday qilib, bozor iqtisodiyotida xo‘jalik hisobidan, asosan tadbirkorlar - mulk egalari manfaati uchun foydalaniladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bunda xo‘jalik hisobi tadbirkorlar uchun nafaqat hisobot tuzish uchun qurol bo‘libgina qolmay, u eng avvalo korxona faoliyatining yuqori samaradorlikka erishishi uchun ipshab chiqarishni boshqarish quroli sifatida xiz-mat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobining ko‘rsatkichlari ichki va tashqiga bo‘linib, axborotdan ham tashqi hamda ichki qiziquvchilar-menejerlar tomonidan foydalaniladi. Tabiiyki, xo‘jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi hamda sog‘lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida ob’ektiv ravishda tashqi - e’lon qilinadigan va ichki - tijorat siri hisoblangan qismlarga bo‘linishi kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini himoya qiluvchi qonun ishlab chiqilishi kerak bo‘ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga o‘z korxonalarining ishi bilan tanishish uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan axborotni berish va tijorat siri hisoblangan ichki axborotni saqlab qolish huquqini beradi. SHu bilan birga ta’kidlash lozimki, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyati o‘z maqsadlariga munosib ravishda axborotlarda buzib ko‘rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng rivojlantirilishi kerak.
Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida mulk egala-rining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan ichki rejalashtirish o‘z rivojini topishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan o‘zining xohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga boshqarishning ma’muriy - buyruqbozlik tizimiga xos bo‘lgan qat’iy tartibga solingan hisobning o‘rniga davlat tomonidan qo‘yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib boradi.
Xo‘jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning nafaqat
shakllari va tashkil qilinishi har xil bo‘lmay, hattoki, hisob ko‘rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo‘lishi mumkin. Natijada xar xil mulk egalari ixtiyorida bo‘lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko‘rsatkichlar har xil yo‘l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e’lon qilinadigan hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati hisobot izohlar keltirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishining o‘zgarishi, turli tavakv:alchilik va noma’lumliklarni yuzaga kelishi, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, o‘z aksiyalarini chiqarish va sotish, valyuta va ko‘chmas mulk muomalalarini vujudga kelishi bilan ifodalanadi.
Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o‘rganadi, o‘z faoliyati-ni mustaqil rivojlantiradi, iste’molchilarni qidirib topish bilar shu-g‘ullanadi, tovar, ish va xizmatlarni, korxonalarning sotish narxini o‘zi belgilaydi, tijorat banki kreditlari va boshqa investorlarning mablag‘larini jalb qiladi.
Bunday faktlarni to‘g‘ri hisobga olish va boshqarish, shuningdek, barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqishning samarali tizimi zarur.
SHunday qilib, buxgalteriya hisobi - bu faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektning mulki, majburiyatlari, xo‘jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz hujjatlashtirish yo‘li bilan tartibli yig‘ish, nazorat qilish, o‘lchash, ro‘yxatga olish, pul o‘lchovida ishlov berish tizimidir.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi - to‘liq va ishonarli axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek, boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish.
Demak, buxgalteriya hisobi bu -

  • sub’ektning iqtisodiyoti to‘g‘risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir;

  • iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o‘lchash va uzatish jarayonidir;

  • cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir.

Har qanday tadbir inson tomonidan amalga oshirilgani kabi buxgalteriya hisobi ham buxgalterlar tomonidan yuritiladi va barcha tamoyillarni amalga oshiradi.
Buxgalteriya hisobini korxona to‘g‘risidagi moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi tizim, biznes amaliyotiga iqtisodiy nazariyani amalda qo‘llovchi, jahon ishbilarmonlar tili, soliqqa tortiladigan bazani shakllantirish usuli desak, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalter - bu moliyaviy axborotlar menejeri, moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi mutaxassis, moliyaviy asosda qarorlar qabul qilish bo‘yicha menejerga faol yordamchi va nihoyat korxona faoliyatini tubdan yaxshilovchi shaxsdir.
Korxonalarni boshqarishda xo‘jalik hisobidan samarali foydalanish hamda asoslangan boshqaruv qarorlarni qabul hilishuchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Bu talablar buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bilan belgilangan.
Amaliyotda buxgalteriya hisobi oldiga an’anaviy ravishda quyidagi talablar qo‘yilgan: hisob ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi; o‘z vaqtidaligi, aniqligi va ob’ektivligi; to‘laligi; ravshanligi; tejamliligi va xammabogshshshgi va x.k.
Hisob ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi - hisob ko‘rsatkichlarining markazlashtirilgan tartibda belgilanganreja ko‘rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlashni nazarda tutadi. Korxonani rivojlantirish rejalari korxonaning o‘zi ishlab chiqadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish nuqtai nazaridan ko‘rilishi kerak. O‘z vaktidaligi, aniqligi va ob’ektivligi talabiga kelsak, shuni aytishimiz lozimki, xalqaro standartlarga binoan o‘rinlilik, ahamiyatlilik va moddiyliligiga ko‘proq ahamiyat beriladi. Buxgalteriya hisobida ko‘proq e’tibor nazariydan ko‘ra amaliy tomonga berilishi kerak.
Tejamliligi va hammabopliligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab chegaralangan bo‘ladi. Tejamlilikni nazarda tutganda axborotni uni hosil qilish sarflari bilan solishtirish asosida uning muhimliligidan kelib chiqish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonu-niga binoan maxsus talablar bilan belgilangan va ularga asoslangan holda hisob yuritilishi hamda hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari quyidagilardir: ikkiyoqlama yozuv; uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; ehtiyotkorlik; mazmunning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyalari o‘lchov ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Ular firmaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan xo‘jalik hayotining hodisalaridir. Operatsiyalar ikki tomonlama bo‘lib, mustaqil sheriklar o‘rtasida qiymatliklarni almashtirishdan yoki bir tomonlama, stanok va asbob-uskunalarning eskirishi, foizlar bo‘yicha summalarning doimiy jamg‘arilishi va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik hisobi tomonidan qamrab olinadigan ob’ektlar raqam ko‘rsatkichlari vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo‘jalik hisobida quyidagi o‘lchov birliklari qo‘llaniladi:

Hisobda natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Natura tabiiy o‘lchovlari


xo‘jalik mablag‘lari va ularning ish jarayonidagi xarakatlarini natura xolida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini qo‘llash hisobga olinaetgan ob’ektning xususiyatla-ridan, ya’ni uning fizik va iste’mol xossasidan fark qiladi. Masalan, hisob ob’ektlari: ogirlik birligida (gramm, kilogramm, sentner, tonna,); xajm birligida (metr, kubometr); o‘zunlik birligida (santimetr, metr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda ulchanadi.
Mehnat o‘lchovlari ma’lum mahsulotni ishlab chiqarish yoki boshqa biror ishni bajarish uchun sarflangan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mehnat o‘lchovining asosida ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt birligi me’eri yoki biron- bir ishni bajarishga sarflanadigan vaqt me’eri etadi. Mehnat o‘lchovlariga misol sifatida kishi- kunini, kishi-soatini keltirish mumkin.
Pul o‘lchovidan korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik mablag‘larini va ularning manbalarini, shuningdek xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish va ular ustidan nazorat o‘rnatish maksadida umumlashgan ma’lumot olish uchun foydalaniladi (sum va tiyin ko‘rsatgichlarida). Pul o‘lchovining mavjudligini tovar ishlab chiqarish va qiymat konunining xarakati takazo etadi.
Moddiy o‘lchov ma’lumotlarni sanash, tortish, o‘lchash yo‘li bilan olish uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og‘irlik (gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o‘lchamlardir. Ulardan qaysi birini tanlash hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatiga bog‘liq. Moddiy o‘lchovlardan asosan tovar moddiy qiymatliklarning miqdorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda alohida ahamiyat
kasb etadi. Materiallarning har xil sortlarini va nomlari bo‘yicha hisobga olishda ulardan foydalanish nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlarini bera qolmay, shu qiymatliklarning sifat tavsifini ham beradi. Lekin ulardan faqat bir turdagi buyumlarni hisobga olish uchun foydalanish mumkin. Har xil bo‘lgan predmetlarning natura ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas.
Demak, moddiy o‘lchovlari yordamida korxonaning moddiy qiymatliklarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko‘rsatkich olinishi mumkin emas.
Mehnat o‘lchovi sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish uchun qo‘llaniladi va kishi- kuni, kishi-soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat o‘lchovi yordamida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari, korxona xodim-larining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o‘lchov ko‘pincha moddiy o‘lchovi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chi^arishning normalarini bajarilishini nayurat qilishda mahsulotning u yoki bu miqdorini ishlab chiqarishuchun qancha vaqt sarflanayotganligi hisoblab chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda - ularning vaqt birligvdagi (kun, soat) ishlab chiqarish miqsori qancha ekanligi va hokazolar hisoblab chiqiladi. SHunday qilib, mehnat o‘lchovi yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining samaradorligi aniqlanadi.
Natura o‘lchovlaridan farqli o‘laroq, mehnat o‘lchovlari ayrim hollarda, masalan, mahsulotning har xil turlarini ishlab chiqarishga qilingan mehnat sarflari miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan normalashtirilgan vaqt ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish yo‘li bilan har xil bo‘lgan hajmlarni o‘zaro solishtirish imkonini beradi.
Ish vaqtidan universal o‘lchov birligi sifatida mehnat sarflarini bevosita hisobga olish uchun foydalaniladi.
Qiymat o‘lchovi hisob ob’ektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchovi vazifasini so‘m va uning qismi bo‘lgan tiyin bajaradi. Qiymat o‘lchov yordamida har xil bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lar va jarayonlarning umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qilingan barcha xarajatlarning umumiy summasi hisoblab chiqiladi.
Qiymat o‘lchovidan foydalanish qiymat qonunining mavjudligi bilan belgilanadi, chunki unda xo‘jalik faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlari faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin.
Qiymat o‘lchovi yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish hamda korxona va uning tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona va tashkilotlarning kredit va hisob-kitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo‘lib hisoblanadi.
Binobarin, pul o‘lchovi xo‘jalik faoliyatining eng muhim bo‘lgan miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblangan ishlab chiqarish hajmi, foyda, rentabellik, likvidlik korxonaning to‘lov qobiliyati va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqish uchun zarurdir. Qiymat o‘lchovi hisobda ko‘pincha moddiy va mehnat o‘lchovlari bilan birgalikda qo‘llaniladi.

    1. Hisobning predmeti, vazifalari va uning turlari

Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini kuzatish, boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish o‘z navbatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish soxasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazib berish bilan band bo‘lgan tarmoqlari kiradi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish - korxonaning jamg‘armalaridan, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy va pul mablag‘laridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning har xil shakllaridagi korxonalarga zarur bo‘lgan mablag‘lar ma’lum manbalar hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish - taqsimot, aylanish va iste’mol jarayonlariga xizmat qilaturib, korxonalar mablag‘lari uzluksiz doirada aylanishni amalga oshiradi. SHuning uchun buxgalteriya hisobi bu erda moddiy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan doiraviy aylanish jarayonidagi korxona mablag‘larining holatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantiradi.
Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar ko‘rsatuvchi tarmoqlari tashkil qiladi. Bularga sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, san’at hamda davlat boshqarmalari va mudofaa
muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish soxasida garchi mahsulot ishlab chiqarilmasa ham, u ishlab chiqarish sohasiga o‘zining natijalari orqali ijobiy ta’sir qiladi.
Noishlab chiqarish sohasi tashkilotlari va muassasalarining xo‘jalik faoliyatlari, ularga davlat byudjetidan qisman ajratilgan hamda o‘zi ishlab topgan mablag‘lardan qay darajada samarali foydalanilayotganini boshqarishdan iborat. SHunday qilib, noishlab chiqarish soxasida ishlab chiqarish tarmog‘ida yaratilgan ijtimoiy mahsulotning taqsimoti va iste’moli sodir bo‘ladi. Demak, buxgalteriya hisobi noishlab chiqarish soxasiga ajratilgan mablag‘larning holati, sarflanishi xaqida axborotlarni shakllantiradi.
Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste’mol qilinishi, noishlab chiqarishning bir qismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning iste’moliga shaxsiy iste’mol va jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish ham kiradi. SHaxsiy iste’molni buxgalteriya hisobi bevosita o‘z ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste’mol buxgalteriya hisobida mutlaqo aks ettirilmaydi, deb o‘ylash xatodir. Haqiqatda, buxgalteriya hisobi uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlarga ega emas. SHaxsiy iste’mol to‘g‘risidagi ma’lumotlarni savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa tashkilotlarning hisobotlaridan olish mumkin. Bu ma’lumotlar bo‘yicha statistika bo‘limlari shaxsiy iste’molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida mehnat kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish ham aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, mehnat kuchini tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan har xil xarajatlarni hamda ish haqi va ularning turli xildagi daromadlari harakatini hisoblab topish yo‘li bilan aniqlanadi. Ishchi kuchini tayyorlash xarajatlari, ish haqini to‘lash va xo‘jaliklarning daromadlarini taqsimlash, moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini sarflashni anglatadi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxona jamg‘armalarining mavjudligi va harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqaritsg hisobotgi zarur ko‘rsatkichlarni beradi.
YUqorida aytshgganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantirishdan iborat. SHu mablag‘larning sarflanishi, ishlab chiqarish hajmi va faoliyat natijalarini ratsional hamda to‘g‘ri boshqarish hozirgi vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi.
SHunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti- ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish hisobotgi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining predmetini o‘rganishda, uning tarixiy xarakterini hisobga olish kerak. CHunki buxgalteriya hisobi predmetning mazmuni har xil iqtisodiy tuzumlarda bir xil bo‘lmagan. Ularning o‘zgarishi bir tuzumdan boshqasiga o‘tish paytida, mulkchilik shakllarining rivojlanishi bilan belgilanib borilgan.
Boshlang‘ich jamoa tuzumida hisobning predmeti sifatida umumiy mulkchilik tashkil qilgan mablag‘lar va shu mablag‘lardan foydalanishga doir operatsiyalar qaralgan. Ushbu mulkchilik jamiyatida feodallarning ishlab chiqarish vositalariga va qullarga bo‘lgan egaligi hisobning predmeti bo‘lgan.
Ishlab chiqarish vositalari, mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat sohibi va dehqonga ega bo‘lgan feodal o‘z xohishiga ko‘ra ularni xarid qilishi hamda sotishi mumkin edi. SHuning uchun ham bu davrda mehnat kuchlari hisob predmetiga kiritilgan.
Har xil mulkchilik shakllariga asoslangan, rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bu erda birinchi navbatda, mulk egasi yoki mulk egalari tomonidan korxonalarga qo‘yilgan resurslarni samarali boshqarish maqsadlari uchun axborotni
shakllantiradi. Foydani oshirish maqsadida, xo‘jalik yuritish sub’ektlari Nizomida ko‘rsatilgan asosiy va boshqa moliyaviy faoliyat hisobiga boy berilgan imkoniyatlarni qidirib topish bilan shug‘ullanadi.
Demak, buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni u yoki bu ijtimoiy tuzumga xos bo‘lgan mulkchilik shakli bilan belgilanadi. YA’ni, har bir jamiyatda moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va samarali boshqarish uchun qanday ma’lumotlar talab qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Jamiyat rivojlangan sari hisobning ahamiyati ham uzluksiz o‘sib boradi. Bunda uning qo‘llanish doirasigina emas, balki unda aks ettiriladigan predmeti va bajaradigan funksiyalari
ham tobora kengayib boradi.
Buxgalteriya hisobining predmeti bilan bir qatorda uning ob’ektlarini ham farqlab olish lozim. Buxgalteriya hisobining ob’ektlari deganda, muayyan korxona ega bo‘lgan moddiy va pul mablag‘lari, uning boshqa tashkilotlar va muassasalar bilan bo‘lgan yuridik munosabatlari, shuningdek, mablag‘lar hamda munosabatlarni o‘zgartrfadigan xo‘jalik operatsiyalari tushuniladi. Korxonaning moddiy va pul qiymatliklari o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mablag‘larini ifodalaydi. Xo‘jalik muomalalari esa ishlab chiqarishning mazmunini ifodalovchi jarayonlarni tashkil qiladi.
Ba’zida buxgalteriya hisobining predmeti deb o‘z faoliyatini aks ettiruvchi operatsiyalar tushuniladi. Lekin bunday tushuncha hisob kategoriyalarini ilmiy talqiniga chalkashlik kiritadi. CHunki aks ettiriladigan narsalar buxgalteriya hisobining predmeti bo‘lgani bilan, uning qo‘llaniladigan joyiga ham shunday qarashimiz lozimligini bildirmaydi.
Xo‘jalik hisobining vazifalari iqtisodiyot rivojlanishining xar bir bosqichida amalga oshirilayotgan xo‘jalik siyosati bilan belgilanadi va quyidagilardan:

  • hisobda aks ettiriladigan ob’ektlarni boshqarish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, ularni filtrlash va kerakli axborotni shakllantirish;

  • korxonalar faoliyati natijalari xaqidagi axborotni o‘lchash va taqdim etish;

  • soliq organlariga mahalliy soliqlar, ish haqiga olinadigan soliqlar va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, pensiya fondlari, ish bilan ta’minlash fondi, mulklar, transport vositalariga soliqlar, aksiz yig‘imlari va qo‘shilgan qiymat soliqlari va xokazolar bo‘yicha to‘lovlarning to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • xo‘jalik hisobini mustahkamlashga yordam berish;

  • xo‘jalik operatsiyalarini samarali boshqarishdan iboratdir;

YUqorida keltirilgan vazifalardan tashqari xalq xo‘jalik hisobi boshqa vazifalarni ham bajaradi. Xo‘jalikdagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish va ulardan foydalanishga ta’sir ko‘rsatadi. Uning ma’lumotlari bo‘yicha ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari, asbob- uskunalaridan foydalanishni yaxshilash, mablag‘larni unumsiz sarflash sabablari aniqlanadi, korxona xo‘jalik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish va uni yaxshilash yo‘llari belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi butun mamlakat bo‘yicha hamda har bir korxona, tashkilot va muassasa bo‘yicha belgilangan ishlab chiqarish dasturining bajarilishini aks ettiradi.
Xo‘jalik hisobining oldiga qo‘yilgan vazifalariga qarab, ularning uch turi mavjud:


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin