Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo‘yilgan talablar



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə5/6
tarix30.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#151137
1   2   3   4   5   6
Документ Microsoft Word (2)

Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jaliqda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob- kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi xaqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab
aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchovlar - natura, mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchovga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. SHuning uchun pul o‘lchovda buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi.
Pul o‘lchovi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag‘lari xajmi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, davr xarajatlari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, morjinal foyda va shu kabilar.
Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. “Buxgalterskiy uchet”. darsligida “Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini olish uchun zarurdir.”3 - degan fikrni bildirishgan.
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab xujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yig‘ma yakunlangan ko‘rsatkichlarni olish uchun yig‘ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan ko‘rinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda ishlatiladi.
Umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko‘pincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun o‘lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida ipshatiladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat bo‘ladi.
Xo‘jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni, hududlar va respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o‘ynaydi.
Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi xalq xo‘jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular alohida olingan ob’ektlarga nisbatan hal etiladi.
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan keng foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo‘jaligi miqyosida har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida foydalanadi. O‘z navbatida buxgalteriya hisobi ham ko‘p hollarda statistikaning ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalarini bajarilishi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.


3 Breslavseva N.A., Mixaylova N.V., Goncharenko O.N. Buxgalterskiy uchet. Uchebnik. Rostov n/D: Feliks, 2012, 38 str
Xo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan foydalanish bilan ta’minlanadi. YAgona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama- qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi.
Xo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi.
Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda.
SHuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda, olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish Uzbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini takomillashtirish imkoniyatini beradi.

    1. Xo‘jalik jarayonlari

Turli mulkchilik shakllarqda faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o‘rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag‘larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Xo‘jalik jarayonlari quyidagilardaniborat:

Mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich- bu moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu erda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining xajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. YAngidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo‘ladi.


Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o‘lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi hisobot yig‘ma ko‘rsatgichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o‘lchovlarda ham
ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi.
Ko‘pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga aylanmaydi. CHunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. SHu vaqtning o‘tishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni vujudga keladi. Taqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan so‘nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonaning mablag‘lari boshqa bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo‘ladi. Bu - korxona ta’minoti va tayyor buyumlarni sotish bosqichlaridir.
Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo‘ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishsiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo‘ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko‘p bo‘ladi.
SHunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu erda buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona tomonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak bo‘lgan summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Tovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag‘larining aylanish davri uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo‘jalik aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol etkazib beruvchilar va xaridorlar biyaan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bipan unga u yoki bu mablag‘larni topshirish yoki olib qo‘yish paytida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Xo‘jalik aloqalari buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi.
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo‘ladi.
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag‘laridan foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa shu kabi mablag‘lari kiradi. Bu mablag‘larning holati va ulardan foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag‘larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi. Demak, mablag‘larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket uzluksiz kslib tursagina sodir bo‘lishi mumkin.
Mablag‘larning aylanish davrini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni xar bir bosqichini; bo‘lgan muddatlarda bo‘lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga keladigan jarayonlar odatda xar doim, deyarli uzluksiz sodir bo‘ladi. SHuning uchun ham, korxonalar xar bir bosqichda, ya’ni uch
shakldagi - pul, ishlab chiqarish va tovar mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak. SHu bilan birga bu mablag‘larning miqdori korxona faoliyatining xajmiga to‘g‘ri kelishi va xar bir boskichda normal ishni ta’minlashi kerak.
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo‘jalik operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarqs qilish - sotish hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda amalga oshiradi.
Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag‘larining xarakati, ularning shakllarining o‘zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda korxona pul mablag‘lari o‘rniga o‘zlariga kerak bo‘lgan mehnat buyumlarini oladi va ularni sarflashda mehnat buyumlarni ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib, tayyor mahsulot olinadi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirshssa korxona mablag‘larining harakatidan iborat ekan.
Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish ob’ekti hisobot kerakli axborotlarni olish, mablag‘lardan samarali foydalanish darajasini baholash imkonini beradi. SHuning uchun xam ular bux-galteriya hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi.

    1. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi

Xo‘jalik jarayonlari ma’lum mablag‘lar zaxirasini talab etadi. SHuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag‘lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga ega bo‘ladi.

Xo‘jalik mablag‘lari quyidagicha turkumlanadi:



Korxona mablag‘larining manbalari- davlat jamg‘armasidan, aksiyalarni chiqarish va
sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning qanday mablag‘larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak.
SHunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab.
Mablag‘larni turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxonaning xo‘jalik faoliyatini xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag‘lar bo‘lishi kerak. Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida ishlatiladigan mablag‘larga ega bo‘lishi kerak. Odatda korxonalar o‘z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga ham ega bo‘ladi. SHunday qilib, korxona mablag‘lari o‘zlarining turlari va joylashishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi mablag‘lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari etakchi rolni o‘ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarining tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantgfadilar. Mehnat vositalariga, shuningdek, imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo‘jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari, xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga, davr xarajatlariga o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatining kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo‘lib, kapital qo‘yilmalar hamda uzoq muddatli moliyaviy fyilmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Nomoddiy aktivlar o‘z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar beradi. Ularga patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo markalari, alohida imtiyozlar, litsenziyalar, formulalar, texnologi-yalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar singari foydalanish muddatlarida o‘zlarining qiymatini mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga asta-sekin o‘tkazib boradi.
Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa aktivlarga xam kapital qo‘yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, yangi ob’ektlarni qurish va hokazolarni kiritish mumkin.
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga hamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bo‘sh qolgan pul mablag‘larini qo‘yishdan ham iborat.
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlashda boshlang‘ich materialdan iborat. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. SHu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o‘zlarining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi.
Xom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qism-lari tayyorlanadigan metalning xar xil turlari tushuniladi.
YOrdamchi materiallar asosiylardan farqli o‘laroq, tayyorlanayotgan mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga qo‘shish yo‘li bilan ularga sifat o‘zgarishlarini kiritish uchun yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini ta’minlab turish uchun ishlatiladi.
YOqilg‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir, yordamchi materiallar singari, ular mehnat vositalari tomonidan iste’mol qilinadi yoki asosiy materiallarga qo‘shiladi hamda mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi. Hisobda yoqilg‘i yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga ajratilgan. YOrdamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining bu xosiyati natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin
sarflangan yoqilg‘ining qiymati yordamchi materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
YArim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o‘tgan, lekin hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini o‘tgan bo‘lsalar xam, lekin ishlov yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqichga yo‘naltirilishi kerak bo‘ladi.
Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar o‘z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar ham bo‘lishi mumkin. Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruhiga kiradi. Bu guruhga, shuningdek, ehtiyot qismlar va idish materiallari ham kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda joylashgan mehnat buyumlaridan iborat. SHunday qilib, ular ham yarim tayyor mahsulotlarga o‘xshab, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o‘tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridaniborat bo‘ladi. Lekin yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi kerak bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari alohida guruhga ajratilgan holda hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat’i nazar qiymati 50 ta minimal ish haqi miqdorigacha bo‘lgan va qiymatidan qati nazar, bir yildan kam xizmat qiladigan buyumlar kiradi.
Operatsiya doirasidagi mablag‘lar, ya’ni operatsiya buyumlari, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va boshqa operatsiyada xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat.
Operatsiya buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyiga qarab muomala buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovarga bo‘linadi. Ortib jo‘natilgan tovarlarni operatsiya buyumlariga qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu holda mazkur ob’ekt operatsiya doirasidan hisob-kitobdagi mablag‘larga o‘tadi.
Pul mablag‘lari har xil to‘lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul mablag‘lari yordamida korxona mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi, o‘z xodimlariga ish haqi to‘laydi, davlat daromadlariga har xil to‘lovlar va ajratmalar qiladi. Pul mablag‘lari korxonaga xaridorlardan ularga sotilgan buyumlar uchun, banklardan-kreditlar ko‘rinishida, yuqori tashkilotlar hamda yuqori kompaniyalardan - vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi.
Pul mablag‘lari o‘zlarining joylashgan joyiga qarab taqsimlanadi. Korxonalar o‘zlarining pul mablag‘larining asosiy qismini bankdagi hisob-kitob yoki valyuta schyotlarida saqlaydilar. Bunda hisob - kitob schyoti korxonalarning faqat bo‘sh pul mablag‘larini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lmay, u egasining barcha asosiy hisoblashuvlarini mol etkazib beruvchilar hamda xaridorlar, kredit muassasalari, tashkilotlar va xokazolar bilan amalga oshirish uchun ham mo‘ljallangandir.
Korxonaning kechiktirib bo‘lmaydigan, masalan, mehnat haqi, nafaqa to‘lovlarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan naqd pul zaxiralari uning kassasida joylashgan bo‘ladi. Naqd pullar kassaga asosan hisob-kitob schyotidan kelib tushadi. Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob- kitob schyotiga belgilangan muddatlarida qaytarib topshiriladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma’lum mablag‘lar boshqa xo‘jalik yuritish sub’ektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo‘ladi. Bunday mablag‘larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan xaridor tomonidan sotib olingan mahsulotlar uchun qarzlari hamda korxona xizmatchilariga har xil xarajatlarini qoplash maqsadida hisobdorlik sharti bilan berilgan pul summalari bo‘yicha hisob-kitoblar kiradi. Topshiriqni bajarib bo‘lgandan keyin, xodim tomonidan olingan summalarning sarflanganligi to‘g‘risida bo‘nak hisoboti topshiriladi va ishlatilmay qolgan pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday hisob-kitoblar hisobdor shaxslar
bilan hisob-kitoblar deb ataladi. Korxonaga qarzlar boshqa operatsiyalar bo‘yicha xam bo‘lishi mumkin. Ularga, mol etkazib beruvchilarga taqdim etilgan da’volar bo‘yicha qarzlari, ishchi va xizmatchilarning o‘z extiyojlari uchun olgan bo‘nak summalari bo‘yicha qarzlari kiradi. Bunday qarzdorlar boshqa debitorlar deb nomlanadi.
Operatsiya sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan har xil binolar, asbob-uskunalar va jihozlardan iborat. Bunday mablag‘larga tayyor mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-joy xo‘jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash vositalari kiradi. Bular turar joylar, kinoteatrlar, bolalar bog‘chalari, oromgozutar va dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriyalar, tibbiyot punktlarining binolari, shu binolarda joylashgan asbob-uskunalari va inventar hamda ulardan foydalaniladigan materiallar, dori- darmonlardan iborat. Bu mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish hamda ularga zarur bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Buxgalteriya hisobida mablag‘lar va ularning kelish chiqish manbalari alohida-alohida guruhlarga bo‘lib hisobga olinadi.
Har bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o‘z faoliyatining hajmi va xarakteriga qarab mablag‘larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag‘ga vaqtinchalik extiyoj tug‘ilib qolsa, unda mablag‘larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg‘arilgan zaxiralardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi. SHunday qilib, korxona mablag‘larini hosil qilish rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag‘lari ma’lum maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Korxona mablag‘larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mablag‘lar manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat jamg‘armasidan yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag‘lar oladi.
SHunday qilib, korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin