1.Chuqur tozalovchi filtrlar (yuqori samaradorli yoki absolut filtrlar), ulaming tozalash darajasi 99% ni tashkil etadi. Tozalanuvchi gaz konsentratsiyasi — lmg/m3 dan yuqori bo'lmasligi lozim. Bunday filtrlar ishlab chiqarishda ajralib chiquvchi o‘ta zaharli zarralami tozalashda ishlatiladi, shuning uchun filtrlar ishlatilgandan so‘ng regeneratsiya (qayta tiklanmaydi) qilinmaydi.
2 .Havo ffltrlari — ventilatsiya (shamollatish) va sovitish tizimlarida qo‘llanadi. Filtrlash jarayoni gaz tezligi yuqori — 2,5 — 3 m/sek va tozalanuvchi gaz konsentratsiyasi — 50 mg/m3 gacha bo’lganda qo'llaniladi. Filtrlar ishlatilgandan so‘ng regeneratsiya qilinishi yoki qilinmasligi mumkin.
3 Sanoat filtrlari - sanoatda ko'plab ajraluvchi changli gazlarni tozalashda va changlaming konsentratsiyasi — 60 g/m3 gacha bo'lganda ishlatiladi. Filtrlar ishlatilgandan keyin regeneratsiya qilinadi.
Matoli filtrlar
M atoli filtrlar. Sanoatda bunday filtrlar keng tarqalgan. Keyingi paytda yuqori haroratga va agressiv muhitga chidamli matolamingyaratilishi bunday filtrlami ishlatish imkonini oshirmoqda. Eng ko'pishlatiladigan filtrlarga yengsimon filtrlar kiradi (5.6-rasm). Ushbu filtr korpusi metall shkaf ko'rinishida ishlangan bo'lib, ichki qismi vertikal to'siqlar bilan ajratilgan seksiyalardan iborat. Har bir seksiyada yengsimon filtrlar majmuasi joylashtirilgan. Filtrlaming yuqori qismi qisilgan bo'lib, maxsus ramaga osilgan. Rama silkituvchi mexanizmga ulangan. Yengsimon filtming pastki qismida chang yig'ish bunkeri joylashtirilgan. Filtrlarda changning to'planishiga qarab silkitish navbatma navbat har bir seksiyada alohida o'tkaziladi. Ajralganchanglar bunkeming pastki qismidan shnek yordamida chiqarib yuboriladi.
Matoli flltrlarda ikki xil ko‘rinishdagi filtrlash materiallari qo‘llaniladi. Ularga to‘qish stanogida oddiy materialdan tayyorlangan filtrlar va mexanik aralashtirish, presslash, nina bilan teshish orqali olinadigan kigizlar, namatlar kiradi. Oddiy filtrlash matolarida i plar orasidagi o‘tadigan teshikchalar razmeri 100-200 mkm gacha bo'ladi.
Bunday filtrlash matolariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Dostları ilə paylaş: |