Xoldarova layloxonning injiniring va atrof muhitni muhofazalovchi texnikalar fanidan tayyorlagan



Yüklə 101,67 Kb.
səhifə1/4
tarix29.03.2023
ölçüsü101,67 Kb.
#91178
  1   2   3   4
ScSCcOLtuSAExmFa6KKkeaDpE8-a3O5z


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSTETI QO’QON FILIALI 1-20 TMJ GURUH TALABASI
XOLDAROVA LAYLOXONNING
INJINIRING VA ATROF MUHITNI MUHOFAZALOVCHI TEXNIKALAR
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

Tolali filtrlarning tuzilishi va ishlash prinsipi
Reja:

  1. Gazlarni filtrlarda tozalash

  2. Matoli filtrlar.

  3. Tolali filtrlar.


Gazlarni filtrlarda tozalash
Ushbu apparatlarda changli gazni tozalash jarayoni tozalanuvchi gazni g‘ovaksimon materialdan o‘tkazish va bunda gaz o‘tib ketib, uning tarkibidagi chang zarralari esa materialda ushlanib qolinishiga asoslangandir. Filtr materiallari turli strukturaga ega bo‘lib, ular asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) G'ovaksimon egiluvchan to'siqlar:
—tabiiy, sintetik yoki mineral tolalardan to‘qilgan matolar to‘qilmagan tolali materialdan tayyorlangan — kigizlar, qog'ozlar,kartonlar, tolali bordonlar, tolali о ‘ramlar; sergbvak listlar —g ‘alvirak rezina, penopoliuretan, membranali filtrlar.
2) Yarim qattiq g'ovaksimon to‘siqlar.
— tayanch moslamalarga yoki ikki tayanch orasiga siqilgan tolalar,
qirindilar qatlami, to ‘qilgan setkalar.
3) Qattiq g'ovaksimon to‘siqlar:
— donasimon materiallar — keramika, plastmassa, presslangan yoki yaxlitlangan metall poroshoklari, g ‘ovaksimon shishalar yokiplastmassalar, uglegrafit materiallari va shu kabilar; tolasimonmateriallar — metall va shisha tolalardan shakllangan qatlamlar,metall setkalar, teshilgan listlar.
Gazlarni tozalash jarayonida chang zarralari filtr materialigayaqinlashadi va u bilan to ‘qnashadi. Shunda chang zarralarimaterialning g'ovakliklarida ushlanib qoladi, gaz esa o‘tib ketadi.
Tozalash jarayoni davomida zarralar qatlami qalinlashib boradi va qalinlashgan zarralar qatlamining o‘zi ham filtrlash jarayoniga ijobiyta’sir ko‘rsatadi. Qatlam qalinlashgan sari filtming qarshiligi ortib boradi, ya’ni havoning o‘tishi qiyinlashadi. Buning natijasida filtming g‘ovakligi kamayib, uning qarshiligi ortib boradi. Shunda uni almashtirish yoki regeneratsiya qilish lozim bo‘ladi.

Filtrlar qaysi maqsadda ishlatilishiga, hamda gazlarni chiqish va kirish konsentratsiyasiga qarab, ular shartli ravishda 3 sinfga bo'linadi:



Yüklə 101,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin