Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 20-05 TTKT guruh talabasi Xoliqov Sunnatning “Pedagogika va psixologiya” amaliyoti fanidan tayyorlagan 2-mustaqil ishi
Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Sezgi, diqqat, idrok
Reja:
Diqqat haqida tushuncha.
Sеzgilar haqida umumiy tushuncha.
Idrokning ta'rifi.
Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo’ladi. Agar diqqat bo’lmasa, odamda aniq maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo’lmaydi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi. Psixologiyada diqqatning obyektiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
tashqi diqqat; ichki diqqat. faoliyat shakliga ko’ra:
· individual; · guruhiy,jamoaviy Hosil bo’lish xususiyati va amal qilish usuliga qarab:
ixtiyorsiz (sust) - uning paydo bo’lishida odamning maqsadi qatnashmaydi;
ixtiyoriy (faol) - odamning maqsadiga ko’ra, o’zi iroda kuchini ishlatishi tufayli paydo buladi.
ixtiyoriydan so’nggi turlariga bo’linadi.
Inson organizmiga ta’sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgilar deyiladi. Biz sezgilar yordamida predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz.
Sezgilar sodda psixik jarayon bo’lishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbai hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalar aks etishining ko’pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo’lmaganda biz tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni aks ettirishdan va ularni bilishdan maxrum bo’lar edik.
Sezgi xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
sifat Davomiyligi Jadalligi fazoviy lokalizasiyasi Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi va aks ettirishda ishtirok qiladi.
Idrok tushunchasining (lotin tilidan - «perceptio» qabul qilish) yuqori bosqichi esa appertsentsiya deyiladi. Appertseptsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
Idrok - borliqdagi ko’plab, xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Ya’ni, idrok asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o’ziga nisbatan soddaroq bo’lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, hidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohida - alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu - sezgilarimizdir.
Sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning kishi ongida butunligicha aks ettirilishi idrok deyiladi.
Idroking sezgidan farqi, narsalarni umumlashgan holda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir.
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok qiladi.
Figura- shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko'rish, eshitish va tuyish mumkin.
Fon aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo'lib, aniq obyektni ajratishga yordam beradi.