Barglar- yangi yoki quritilgan barglar yoki murakkab varaqning alohida barglari bo'lgan dorivor xom ashyo deb ataladi.
Giyohlar- bu MPRS, ya'ni o't o'simliklarining quritilgan yoki yangi er usti qismlari.
Xom ashyo tarkibiga quyidagilar kiradi: gullari va barglari, qisman kurtaklari va pishmagan mevalari bilan jarohatlaydi.
gullardorixonada - dorivor xom ashyo, quritilgan gullar yoki inflorescences va ularning qismlari.
Meva- oddiy va murakkab, shuningdek, soxta mevalar, infructescences va ularning qismlari.
urug'larBu butun urug'lar va alohida kotiledonlar.
Qobiq- farmatsevtika amaliyotida ular tanasining tashqi qismini, shoxlarini, butalarini va daraxt ildizlarini chaqirishadi.
Ildizlar, ildizpoyalari, piyozchalari, ildizpoyalari, po‘stloqlari- dorixonada ko'p yillik o'simliklarning erdan tozalangan yoki yuvilgan quritilgan, ba'zan yangi er osti organlari ishlatiladi. Katta er osti organlari quritishdan oldin bo'laklarga (ko'ndalang yoki uzunlamasına) kesiladi.
dorivor mahsulot- ma'lum bir dozalash shaklidagi dorivor mahsulot.
Fitopreparat- ma'lum bir dozalash shaklidagi o'simlikdan olingan dorivor mahsulot.
Galenik preparat- damlamasi yoki ekstrakti ko'rinishidagi o'simlikdan olingan dorivor mahsulot.
DORIVOR O'SIMLIKLAR XOM-ASHYOSINI TAYYORLASH O'zbekiston tibbiyotida qo'llaniladigan dori vositalarining 38-40% ini dorivor o'simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba’zi og'ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak glikozidlari, qator alkaloidlar. terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo'li bilan olib bo'lmaydi. Ularni olish manbai hozircha faqat o'simliklar bo'lib qolmoqda. Hamdo'stlik mamlakatlari juda katta turli geografik hududlardan tashkil topgan. Bu hududlar tropikdan tashqari hamma iqlimli tumanlarni: abadiy muzlik bilan qoplangan 16 baland tog'lar, tundra, odam qadami etmagan tayga, o‘rmon, cho‘l, yarim cho‘l, sahro hamda nam subtropik va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham ularning florasi juda boy. U 19000 dan ortiq 0‘simlik turlaridan tashkil topgan. Shular ichida dorivor o'simliklar ham ko‘p. Ammo hozirgi vaqtda ularni hammasidan ham tibbiyotda kasalliklarni davolash uchun hali to‘liq foydalanilmayapti. Sobiq Ittifoq SogMiqni saqlash vazirligi tomonidan 1990- yilda chop etilgan dori vositalari rasmiy ro'yxatida tibbiyotda ishlatiladigan 282 ga yaqin shifobaxsh o‘simliklar keltirilgan. I 1981—1985-yillarda Sobiq Ittifoq kimyoviy farmatsevtika sanoatiga qarashli korxonalarda 254 xil fitopreparatlar ishlab chiqarilgan. Shu dorivor preparatlar 152 tur dorivor 0‘simliklardan olingan va 171 xil mahsulotlar tayyorlangan. Shu ko'rsatilgan dorivor mahsulotlar asosan Sobiq Ittifoq hududida yowoyi holda o'sadigan hamda ayrim xo'jaliklar dalalarida o'stiriladigan dorivor o‘simliklardan tayyorlangan. Yuqorida ko‘rsatilganidek kimyo-farmatsevtika sanoati, Galen laboratoriyalari va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har yili katta miqdorda dorivor o‘simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar asosan yowoyi holda 0‘sadigan dorivor o‘simliklardanyig'iladi. Yil say in dorivor o‘simliklar mahsulotiga bo‘lgan talab oshmoqda. Shuning uchun tayyorlanadigan mahsulotning miqdori ham oshmoqda. Yowoyi holda o‘sadigan dorivor o'simliklarning zaxirasi har qancha ko'p bo‘lrr)asin, yildan-yilga ko'payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda tabiiy sharoitda o'sadigan o'simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig'ishni to‘g‘ri uyushtirilishi kerak hamda mahsulotlarni tayyorlashni ilmiy asoslangan qat'iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir. Dorivor o‘simliklar xom-ashyosini tayyorlashda quyidagi tadbirlar bajariladi: 1. Dorivor o'simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish. 2. Mahsulotni yig‘ish. 3. Yig'ilgan mahsulotni quritish. 4. Yig'ilgan mahsulotni standart holiga keltirish. 5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash). 6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo ‘natish. 7. Dorivor mahsulotlarni saqlash. Dorivor o‘simliklar xom-ashyosini tayyorlashni o‘z vaqtida to'g'ri uyushtirish juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, odatda, bu ish bilan tuman markaziy dorixonasi (TMD - SRA) shug‘ullanadi. Tuman hududida dorivor o'simliklar mahsulotini tayyorlash ishlarini uyushtirish bilan TMD da katta provizor - farmakognost lavozimidagi mutaxassis, agarda bunday lavozim boMmasa, u holda dorixona mudirining o ‘rinbosari yoki shu vazifani bajarish yuklangan biror boshqa mutaxassis shug'ullanadi. TMD da tuman bo‘yicha dorivor o‘simliklarni tayyorlashni uyushtirishga javobgar mutaxassis quyidagilarni bajaradi va tashkil qiladi: - tuman bo'yicha dorivor o'simliklarning tayyorlash rejasini bilish va uni tumanda yig‘ish mumkin bo‘lgan dorivor mahsulot miqdoriga solishtirgan holda aniqlash; - tuman ro‘znomasi va radiosi orqali xalq o‘rtasida qanday dorivor o'simliklar qachon, qanday qilib, qaerda yig'ilishi, quritilishi, sotib olish bahosi hamda qaerda topshirilishi lozimligi to'g'risida to‘liq axborot beradigan tegishli tushuntirish ishini olib borish; - xuddi shu ko'rsatilgan masalalarni to‘liq aks ettiradigan varaqalarni chop ettirish va uni aholi ko‘p yig‘iladigan, hammaga yaxshi ko'rinadigan joylarga osib qo‘yish; - dorixona qoshida dorivor o‘simliklar tayyorlovchilar uchun qisqa muddatli o‘qish (tushuntirish) ni tashkil etish; - dorivor o‘simliklar ko‘p o‘sadigan joyini va zaxirasini aniqlash; 18 - dorivor mahsulotni yig‘iladigan yerni aniqlash; dorivor mahsulot yig‘iladigan joyni tanlaganda iloji boricha transport vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan yerdan olis bo‘lmasligini hisobga olish kerak. Chunki dorivor mahsulotlarni yig‘ishga ishdan bo'sh bo‘lgan yerli aholi, maktab o‘quvchilari va pensionerlar jalb etiladi; -dorivor mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish; - yig‘ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan joyda quritishni tashkil qilish. Agarda mahsulotni yig'ilgan joyida quritishni iloji bo‘lmasa, u holda uni zudlik bilan quritiladigan yerga transport vositasida etkazish va quritishni tashkil etish. Dorivor o'simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli, vakolatli mahkamalar tasdiqlagan qat’iy reja bo‘yicha olib boriladi. Bu ishni rejalashda dorivor o'simliklarni tabiiy o‘sish joyida yo‘q bo‘lib ketmasligini va ularni muhofaza qilishning boshqa tadbirlari hisobga olingan bo‘lishi kerak: —xom-ashyoni rejalangan miqdordan ortiqcha tayyorlamaslik; -dorivor o'simlik mahsulotini faqat ko‘rsatilgan va rejalangan daladan yig'ish hamda yig'iladigan dalani har yili qoidaga binoan almashtirib turish; - dorivor mahsulotni yig'ish rejasi uni ekspluatatsion zaxirasidan ortiqcha bo'lmasligiga rioya qilish; - ko'p yillik o'tli o'simliklarning dorivor mahsulot sifatida uning yer ustki qismidan foydalaniladigan bo'lsa, uni ildizi bilan sug'urib olmaslik, ya’ni bu dorivor o‘simlikni tabiiy sharoitda yo'q bo'lib ketishining oldini olish va boshqalar. Hozirgi vaqtda dorivor o‘simliklar hamma hududlarda tayyorlanadi. Avvalda bu ishlar Ukraina, Belarus respublikalari, Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismidagi viloyatlar, avtonom respublikalarida va o'lkalarida yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ulug‘ Vatan urushi yillarida Sobiq Ittifoq dorivor o'simliklar tayyorlash bo'yicha asosiy tumanlari hisoblangan g'arbiy qismi fashist bosqinchilari tomonidan vaqtincha bosib olingan davrda 19 dorivor mahsulotlar 0 ‘rta Osiyo respublikalari, Qozog‘iston va gibirda tayyorlana boshlandi. Keyinchalik bu respublikalar o‘lka va viloyatlar ham dorivor o'simliklar tayyorlanadigan asosiy tumanlarga aylandi. 0 ‘zbekiston Respublikasida dorivor o'simliklarni tayyorlash, qaytaishlashhamdao'stirish bilan quyidagi idoralarshug'ullanadi: 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi <