Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
93
2022
XONADA ISSIQLIKNI BOSHQARISH TIZIMLARI UCHUN NOANIQ
MANTIQQA ASOSLANGAN SUN’IY INTELLEKT
1
O.N.Norboyev,
2
O.R.Xamidov,
2
Xamdamova Lola Olimjon qizi
1
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,
2
Toshkent davlat
transport universiteti
Annotatsiya: Ushbu loyihaning g‘oyasi nafaqat haroratni qo‘lda tartibga soluvchi,
balki minimal energiya sarfi va minimal umumiy energiya sarfi bilan harorat
ko‘rsatkichini avtomatik ravishda tanlaydigan shunday aqlli xona haroratini
nazorat qilish tizimini ishlab chiqishdir.
Kalit so‘zlar: termostat, mikroiqlim, aqlli uy
ARTIFICIAL INTELLIGENCE BASED ON UNKNOWN LOGIC FOR
ROOM HEAT CONTROL SYSTEMS
1
O.N. Norboyev,
2
O.R. Khamidov,
2
Khamdamova Lola Olimjon qizi
1
Karshi engineering and economics institute,
2
Tashkent state transport university
Annotation: The idea of this project is to develop such a smart room temperature
control system that not only manually regulates the temperature, but also
automatically selects the temperature indicator with minimal energy consumption
and the minimum total energy consumption.
Key words: thermostat, microclimate, smart home
Odamlarning salomatligi va qulayligi to’g’ridan-to’g’ri xonadagi iqlim
sharoitiga bog’liq.
Shu sababli, “aqlli uy” mikroiqlimini boshqarish tizimining
ajralmas elementi termostat bo’lib, uning asosiy vazifasi xonadagi harorat rejimini
nazorat qilishdir. Mikroiqlim parametrlari isitish-sovutish va shamollatish yoki
havoni tozalash tizimlari natijasida shakllanadi (1.1-rasm).
Mikroiqlimning shakllanishida texnologik jarayon muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu jarayon bilan namlik, chang, gazlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonaga kirib keladi, bu
harorat rejimi va havo tarkibining shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Mikroiqlim
tizimlari tashqi muhit va texnologik jarayonning salbiy ta’sirini neytrallashtirib,
binolarning ichki iqlimini faol ravishda shakllantiradi.
Binolarni yuqori sifatli mikroiqlim nazorati tizimi bilan jihozlash orqali turli
kasalliklarning paydo bo‘lishining oldini olish va inson
tanasining immunitetini
mustahkamlashga yordam berish mumkin.