asosida turli mavzuidagi she‘rlar ijro etilishi lozim).
Xorazm maqomlari asosida
paydo bo’lgan suvora yo’llarida deyarli olti yarim maqomning har birining ladlari
uchraydi.
Bulardan tashqari Xorazm musiqa uslubida an’anaviy kasbiy musiqaning
maqom san’ati ham alohida o’rin tutadi. Xorazm
maqomlari muayyan tizimdagi
turkum shaklda XIX asrning birinchi yarmida qaror topgan bo’lib, bu turkum olti
yarim maqomdan iborat.
1. Rost maqomi
2. Buzruk maqomi
3. Navo maqomi
4. Dugoh maqomi
5. Segoh maqomi
6. Iroq maqomi
7. Panjgoh maqomi
(bu maqom faqat cholg’u ya’ni, chertim yo’lidan iborat)
Xorazm maqomlari tuzilishi jihatdan Buxoro maqomiga aksariyat o’xshash
hamda o’zgacha holatlarni namoyon etadi. Xususan, bu maqomlarning cholg’u-kuy
yo’llaridan tashkil topgan bo’limi “Shashmaqom”dagi kabi “Mushkilot” emas, balki
“chertim yo’li”, yoki “Mansur” nomi bilan yuritiladi. Chertim yo’li
takibida bizga
Olti maqomdan ma’lum bo’lgan “Tarje”, “Gardun”, “Muxammas”, “Saqil” nomli
kuylari bo’lgan holda “Tasnif” atamasi uchramaydi, uning o’rniga “Tani maqom”
iborasi qo’llaniladi. Bundan tashqari chertim yo’li bo’limlarida “Peshrav” va “Ufar”
nomli qismlarning o’rni muhim tus olganki bu “Shashmaqom”ga xos emas. Xorazm
maqomlarining cholg’u kuylari ijro etilganda tanbur va doira sozlari muhim o’rin
tutadi. Shunday
maqom kuylari ham borki, ular asosan dutorda ijro etiladi. Xorazm
«Qari navo” kuyi bunga misol bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: