Xorazm musiqa uslubining janr va ijro uslublari tavsifi Shaxzodbek Baxrom o’g’li Rajabov Samarqand davlat universiteti Annotatsiya



Yüklə 287,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix21.01.2023
ölçüsü287,61 Kb.
#80010
  1   2   3
xorazm-musiqa-uslubining-janr-va-ijro-uslublari-tavsifi



 
Xorazm musiqa uslubining janr va ijro uslublari tavsifi 
 
Shaxzodbek Baxrom o’g’li Rajabov 
Samarqand davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada Xorazm musiqasining janr va ijro uslublari 
haqida batafsil ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, Xorazm musiqa folklori 
ilmiy-nazariy tarzda tavsiflangan. 
Kalit so’zlar: Xorazm musiqa madaniyati, folklor musiqa, Xalfa, musiqiy janr, 
ijro uslublari, dostonchilik, Suvora, lapar, aytishuv. 
Description of genre and performance styles of Khorezm 
music folklore 
 
Shahzodbek Bakhrom oglu Rajabov 
Samarkand State University 
 
Abstract: This article provides detailed information on the genre and style of 
Khorezmian music. Also, Khorezm music folklore is scientifically and theoretically 
described. 
Keywords: Khorezm music culture, folk music, Khalfa, musical genre, 
performance styles, epic, Suvora, lapar, aytishuv. 
Milliy o’zlikni anglash, ona vatanni sevish uni ardoqlash, milliy qadriyatlarni 
hurmat qilish tuyg’usi- muqaddas tuyg’udir. Milliy qadriyatlarning g’oyaviy-estetik 
ifodasi bir qator badiiy qadriyatlarda, jumladan, xalq musiqa merosi, afsona va 
dostonlarda mujassamlashgan. Bu esa milliy ta’lim-tarbiya tizimini milliy madaniyat, 
milliy qadriyatlar zamirida shakllantirish har jihatdan to’g’ri ekanligini ko’rsatadi. 
O’zbek musiqa folklori, jumladan Xorazm musiqa folklori millatning ma’naviy-
musiqiy boyligi bo’lish bilan birga uning mazmunida milliy urf-odatlar, an’analar, 
Xorazm mintaliteti o’z ifodasini topgan. Xorazm musiqa folklori o’zining 
musiqiyligi, o’ynoqiligi, raqsbobligiga ko’ra insonlarni shu jumladan o’quvchi-
yoshlarni estetik tarbiyalashda muhim didktik vosita sanaladi. Shuning uchun ham 
yosh avlodni ta’limni boshlang’ich bo’limlaridan Xorazm musiqa folklori bilan 
maqsadli tanishtirib borish insonlarda milliy san’at namunalarini xis etish, 
go’zallikga intilib yashash kabi xislatlarni shakllanishida muhim o’rin tutadi. 
Xorazm musiqa folkori- bu shu vohadagi xalq orasida urf bo’lib, ular bilan birga 
yashab kelayotgan xalq qo’shiqlari, laparlar, yallalar, o’lanlar, yor-yorlar, termalar, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1090


 
masxaraboz o’yinlar, turli marosimlar, xalq tomoshalari va ularda ijro etiladigan 
ommaviy raqs kuylari, dostonchilik, xalfachilik, qo’shiq-ashulachilik kabi kasbiy 
musiqa an’analaridan tashkil topgan san’atdir. O’zbek musiqa san’atining tarkibiy 
qismi bo’lgan Xorazm musiqasi ayni vaqtda betakror tarovat va jozibaga ega bo’lib, 
uning faqat shu vohaga xos xususiyatlari mavjud. Bu uslubning o’ziga xosligi uning 
shevasi va an’anaviy cholg’ularida ham namoyon bo’ladi. Masalan, bulamon damli 
puflama cholg’usi bu uslubda keng qo’llanib Xorazmning milliy cholg’usi 
hisoblanadi. U boshqa mahalliy uslublar uchun xos emas. Bulamon- tut daraxtidan 
ishlangan kichik surnay shaklidagi cholg’u bo’lib, unda yakka holda va ko’pchilik 
sozandachilar (ansambl) tarkibida ijro etish imkoniyati mavjud. 
Xorazmda Kavkazda milliy cholg’u hisoblangan “tor” cholg’usi ham keng 
ommalashgan. XIX asr oxirlaridan boshlab bu yerda “Garmon” cholg’usi ham 
qo’llana boshlangan. Uni mahalliy xalq shevasida “soz” ham deb atashadi. Bulardan 
tashqari Xorazm musiqa san’ati amaliyotida deyarli barcha o’zbek xalq milliy 
cholg’ulari- dutor, tanbur, g’ijjak, chang, nay, qo’shnay, doira va boshqalar keng 
qo’llaniladi.
Xorazm musiqa uslubida raqs san’ati keng o’rin olgan. Raqs va umuman o’yin 
harakatlari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u kuylari o’z navbatida, bir necha turlarga 
bo’linadi. Bularga:
1. Xalq orasida ommaviy tus olgan (ya’ni barcha keksayu –yosh ishtirok etishi 
va raqsga tushishi mumkin bo’lgan raqslar). Mazkur kuylarning kuy asosini ma’lum 
va mashhur “Lazgi”, “Ganji qorabog’”, “Ufori” kabi kuylar tashkil etadi. Ushbu 
kuylar Xorazmga xos cholg’ular yordamida ijro etilishi va barcha qari-yosh, xotin-
qizlarni qamrab olgani bilan mashhurdir.
2. Xorazmda shunday o’yin kuylari borki, bunday kuylar o’z nomi bilan xalq 
sayllari tomoshalarida barcha katta-kichikni o’yinga to’lib, dilxushlik qilishini 
bildiradi. Bunday kuylar jumlasiga “Yelpezalandi”, “Ufori yelpizalandi”, Nog’ora 
o’yini kabi kuylarni kiritish mumkin. “Lazgi”, “Norim-norim”, “Qari navo”, “Ey 
mehribonim” kabi el qalbidan joy olgan raqs kuylari va ashulalari Xorazm uslubida 
eng ommabop kuylardan sanaladi. 
Xorazm folklori, ya’ni musiqa uslubida eng yorqin va tomoshabinbop 
aytimlardan biri laparlardir. Ma’lumki, lapar ikki yoki undan ortiq ijrochilarni 
tarafma-taraf bo’lib kuylaydigan qo’shig’idir. Laparni yakka ijrochi raqsga tushib ijro 
etishi, lapar aytilganda raqqosalar raqs tushishi va lapar aytishuv tarzida bo’lishi 
mumkin. Laparlar ko’pincha ufor usulida kuylanishi an’anaga aylangan. 
Qiziqchi va masxarabozlarning o’yin kuylari. Bunday kuylar Xorazmcha 
shevaga xos nomlar bilan yuritiladi. Bunday kuylar “Chag’olloq”, “Qum pishik” 
“Az-az”, “Az-azning tezi ”, “Xorazmcha”, “Bir yuz bir”, “Ot eroni”, “Surnay yo’li” 
kabi nomlar bilan mashhur. Misol: 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1091


 
Laparlarni harakterli xusiyati ularda naqoratlar bo’lmaydi, ko’proq savol-javob 
shakliga asoslangan she’riy bandlar qo’llaniladi. Masalan, “Nima-nima, nima 
deysiz”, “Boboyjonim”, “Lachakingdan-ov” laparini misol qilishimiz mumkin. Shuni 
ham aytish kerakki, Xorazm musiqa uslubida laparlar nafaqat ikki kishi tomonidan, 
balki yakkaxon asosan ayollar tomonidan raqsga tushib aytilishi mumkin. Quyida 
nota misollari keltirilgan “Pardevol”, “Oxtaraman”, kabi aytimlar aynan yakkaxon 
tomonidan kuylanadigan laparlar sirasiga kiradi.
Xorazm uslubida dostonchilik an’analari ham mumim o’rin tutadi. Xorazm 
dostonchilik maktabi ayrim dostonlarni ko’proq kuylanishi va kuylashdagi ijro 
uslublari bilan o’ziga xoslik kasb etadi. U boshqa dostonchilik maktablaridan 
(Qashqadaryo-Surxondaryo doston aytish an’analari) farq qiladi. Bu farqlar quyidagi 
ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
a) Xorazm dostonlari (ichki) bo’g’iq ovozda emas, balki, “Ochiq ovoz” uslubida 
kuychan tarzda aytiladi.
b) Mahalliy dostonchilik maktablarida do’mbira sozi jo’rnavoz sifatida 
qo’llanilsa, Xorazm dostonchiligida dutordan yoki tor, doira, bulamondan 
foydalaniladi. Shuningdek, doston aytishda ijrochilar ansambli ham qatnashishi 
mumkin. Bunda ustoz baxshi dutor, tor yoki rubobda, qolganlar esa doira, bulamon 
ba’zan g’ijjak asbobida jo’r bo’lib turishadi. 
c) Xorazm dostonlari repertuarini asosan “Go’ro’g’li” turkumi dostonlari, 
“Avazxon”, “Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Bozurgon”, “Oshiq Oydin”, “Tohir va 
Zuhra”, “Oshiq Mahmud”, “Layli va Majnun”, “Sayodxon va Hamro” kabi dostonlar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1092


 
tashkil etadi. Biroq Xorazm dostonchiligida qahramonlik mavzusidagi (Alpomish) 
namunalari uchramaydi.
Xorazm dostonchiligining yirik namoyondalari safida Axmad baxshi, 
Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi), Qodir baxshi Jumaniyozov, Jumaboy 
Xudayberganov, Ro’zimbek Murodov, Qalandar baxshi Normetov, Norbek baxshi 
abdullayevlarni ko’rsatib o’tish mumkin. 
Xorazm musiqa uslubi doirasida dostonlarni garmonda (sozda) ijro etish san’ati 
ham bor. Bunda dostonlar bir butun, yaxlit shaklda emas, balki undan olingan 
parchalar va termalar aytiladi. Xorazmda bunday doston ijrochilarini Qurbon sozchi, 
Qodir sozchi deb atashadi.
Xorazm mahalliy uslubida xalfachilik san’ati yirik bir yo’nalish bo’lib, u 
dostonchilikning bir tarmog’i bo’lib shakllangan va keng tarqalgan. Xalfachilik 
san’ati asosan ayollar orasida keng joriy bo’lib kelayotgan san’at bo’lib, unda 
ko’proq dostonlardan olingan parcha va termalar, shuningdek turli vaziyatlarda 
kuylash uchun ijod etilgan to’y-marosim qo’shiqlari, lapar va yallalar, qo’shiq- 
aytimlar ijro etiladi. Xorazm xalfalari Buxoro-Samarqand sozandalari singari asosan 
xotin-qizlar ishtiroki bilan bog’liq turli yig’in, marosim va bayramlarda 
kuylashadilar. Bunda xalfalar ijodi ikki shaklda yakka va jamoaviy (ansambl) tarzida 
namoyon bo’ladi.
Yakka (yakkaxon) xalfalar, odatda, doston qo’shiqlaridan tortib, to’y-hasham 
qo’shiqlari (masalan “Yor-yor”, “Kelin salom”, “Al muborak” va boshqalar) ni 
jo’rnavoz cholg’usiz aytadilar. Shu bilan birga, yakka xalfalar motam marosimlarida 
ham ishtirok etib, unda “Ibrohim Adham”, “Bobo Ravshan”, kabi xalq kitoblarini 
ma’lum ohanglar asosida o’qiydilar. Xorazm vohasida yakkaxon xalfalarning 
mashhurlari 
Roziya 
Matniyoz 
qizi, 
Poshsho 
Saidmamat 
qizi, 
Saodat 
Xudayberganovalarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Tarkibida ansambl bo’lgan xalfachilikda esa odatda ustoz-xalfa (ustoz xalfa 
ashula aytadi, ba’zan o’ziga garmonda jo’r bo’ladi) doirachi va raqqosa o’yinchilarni 
olib, birga ijro etishadi. Bunday shakldagi xalfalar jumlasiga Bibi Sora, Ojiza 
(Onabibi Otajonova), Anash cho’loq (Onajon Sobirova), Xonimjon xalfa, Nazira 
Sobirovalarni ko’rsatish mumkin. Ular xalq dostonlari va to’y tantanalari qo’shiqlari 
bilan birga lapar, o’zlari va o’zga ijodkorlar yaratgan aytimlarni kuylashgan. Hozirda 
ularning 
qo’shiqlari 
Nazira 
Sobirova, 
Roziya 
Matniyoz 
Qizi, 
Saodat 
Xudoyberganovalar tomonidan kuylanib kelinmoqda. 
Xorazm musiqa folklori mahalliy xalqning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi, etno-
psixologik xususiyatlari, hayot falsafasi, ijtimoiy qarashlari, maqsadi hamda uni 
amalga oshirish yo’lida tashkil etiladigan faoliyat yo’nalishlari, shaxsga talim-tarbiya 
berish an’analari asosida shakllangan bo’lib, asrlar davomida tarixiylik, vorisiylik 
tamoyillariga muvofiq, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy qadriyatdir. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1093


 
Xorazm musiqa folklorini to’plash, nashr qilish borasida e’tiborga loyiq ishlar 
amalga oshirilgan. Bunga san’atshunos olimlar B.Matyoqubov, S.Ro’zimboyev, 
R.Yunusovlarning tadqiqotlarida Xorazm folklori namunalari, ijrochilik uslub va 
an’analari o’rganilgan 
Xorazm musiqa uslubining o’ziga xos janr, ijrochilik uslubi, an’analarini 
mazmunini chuqur o’rganish, uning tarbiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish 
orqali ushbu vohada yashovchi xalqning etnografiyasi, urf-odatlari, tarixi, estetik va 
ma’naviy tarbiya uslubi, vositalari haqida pedagogik bilimlarni bilib olish mumkin. 
Xorazm ashulachilik san’ati ham ravnaq topgan bo’lib, ular xalq orasida ko’proq 
“go’yanda” nomi bilan mashhur. Ashula janrining muhim xususiyati shundan 
iboratki, u asosan mumtoz she’riyat na’munalariga asoslanadi. Kuy-ohanglari esa 
qo’shiq va laparlarga nisbatan keng rivojlangan (mumtoz ashulalarga o’xshash) 
bo’lib, ovoz ko’lami (diapazoni) ikki oktava ba’zan undan ham ortiq bo’ladi. 
Xorazmda “Suvora” nomi bilan ma’lum va mashhur ashula turkumlari 
mavjuddir. “Suvora” so’zi for-tojikcha bo’lib, otliq ma’nosini bildiradi. Ustoz 
hofizlar suvora ashula kuylarini ot tuyog’idan hosil bo’ladigan turli ritmik 
tuzilmadagi usullar va ularga asoslangan kuylarni ifoda etadi deyishadi. 
Suvora asosan mumtoz she’riyatimiz darg’alari Alisher Navoiy, Boborahim 
Mashrab, Nodira, Ogahiy, Fuzuliy, Munis, Avaz O’tar, Bedil kabi shoirlar she’r-
g’azallari bilan xarakterlanadi. Xorazmda Suvoralarning mashhur ijrochilaridan 
Xojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Komiljon Otaniyozov kabi 
nomlari alohida hurmat bilan tilga olinadi. 

Yüklə 287,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin