O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
San’atshunoslik fakulteti
Musiqiy ta’lim yo`nalishi
202-guruh talabasi
Rajabov Hamidning
O`zbek xalq musiqa ijodi
fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: “Xorazm suvorolari, ularning ijrochilari hamda hozirgi davrda ularni targ‘ib qilish ishlarining borishi”
Rahbar:
Urganch-2023
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………….
I-bob Xorazm musiqa uslubining janr va ijro uslublari tavsifi..
I.1. Xorazm musiqa uslubi ……………………………………
I.2. Xorazm musiqa folklori…………………………………..
II-bob Xorazm ashulachilik san’ati
II.1. Xorazm ashulachilik turkumlari………………………….
II.2. Xorazm maqomlari va ijrochilari haqida…………………..
Xulosa…………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..
Reja
Kirish
I-bob Xorazm musiqa uslubining janr va ijro uslublari tavsifi..
I.1. Xorazm musiqa uslubi
I.2. Xorazm musiqa folklori
II-bob Xorazm ashulachilik san’ati
II.1. Xorazm ashulachilik turkumlari
II.2. Xorazm maqomlari va ijrochilari haqida
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Xorazm maqomlari asoslariga kelsak, bu masalaga ikki tomonlama yondoshish zaruriyati tug’iladi. Chunki Xorazm maqomlari yuzasidan turlicha qarashlar, bahstalab fikrlar mavjud bo’lib, barchasiga ma’lum darajada yondoshish, qaysi tomonning fikri haqiqatga yaqinroq ekanligini idrok etish zarur bo’ladi. Bu san’at muxlislarining fikriga bog’liq.
Birinchidan, Xorazm maqomlarining yaralishi va ijro uslublari haqidagi bahslarga quloq tutmoq zarur bo’ladi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, xorazmlik sozanda va bastakor Niyozjon Xo’ja XIX asr boshlarida Buxoroga borib «Shashmaqom»ni o’rganib, Xorazmda uni targ’ib qilgani, Xorazm maqomlari «Shashmaqom»ning o’zginasi ekanligi aytib o’tiladi.
Xorazm maqomlarini notalashtirishga qator musiqashunos olimlar qo’l urishgan. Mulla Bekjon bilan mashhur musiqashunos Matyusuf Devon 1925 yilda Moskvada chop etilgan «Xorazm musiqiy tarixchasi» asarida Xorazm maqomlarining tuzilishi, shakllari, ijro yo’llari haqida ma’lumotlar berishgan va ayrim nota ko’rinishlari bilan to’ldirishgan. Xorazm maqomlari bilan taniqli musiqashunos E.E. Romanovskaya ham shug’ullangan bo’lib, shunday yozadi:
«So’nggi xonlar davrida (XIX asr) Xivada ijro etib kelingan maqomlar ham 1934 yilda O’zbekiston san’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti ekspeditsiyasi yozib olgan maqomlar aslida Buxoro maqomlaridir. Bu maqomlarni bundan taxminan 130 yil burun Niyozxo’ja degan sozanda, mashshoq Buxorodan Xivaga olib kelgan».
Xorazm maqomlarini Matpano ota, Madrahim Sheroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov va boshqa ustozlardan o’rganib notaga olgan, uni avval bir jild, keyin 1980 yilda uch jildlik etib chop qildirgan, yana bir ulkan bastakor Matniyoz Yusupovdir (1925-1992).
Xorazm maqomlari quyidagi tartibda keladi:
Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq, Panjgoh.
Xorazm maqomlarining bevosita tuzilishi va ijroviy xususiyatlariga kelsak, avvalda Shashmaqom yo’llarining aytim bo’limidagi sho’hbalar saqlab qolingan. Lekin keyinchalik Xorazm ijrochilik maktabining tez rivojlanishi natijasida ashula yo’llarida juda ko’p o’zgaruvchanlikni kuzatamiz.
Ba’zi sho’hbalarning nomlanishida ham ijro xususiyatlarida ham o’zgaruvchanlik mavjud. Masalan, tarona qismlari «Rost» maqomida, «Suvora», «Naqsh», «Faryod»; «Buzruk»da esa «Sayri gulshan», «Navo»da - «Suvora», «Faryod», «Naqsh»; «Dugoh»da - «Suvora»; «Segoh»da - «Naqsh» va «Muqaddima» deb nomlanadi. Aytim bo’limlarining bosh sho’hbasi bo’lgan Sarahborlar Xorazmda maqomlar nomi bilan - Maqomi Rost, Maqomi Buzruk, Maqomi Navo, Maqomi Segoh, Maqomi Dugoh deb nomlanadi. Shunday holat - chertim bo’limlarida ham kuzatiladi.
Xorazm maqomlaridagi aytim va chertim bo’limlarining boshlanish qismidagi bir xillik bunga sababdir. Xorazm maqomlarida Sarahborlarning ba’zi taronalari terma holda, avj qo’shilib, yirik shakldagi ashulaga aylantirilgan. «Sarahbori Rost»da uchta tarona mavjud bo’lib, «Tarona», «Suvora», «Naqsh» deb nomlanadi.
Sarahborlar taronalari bilan aytilganidan so’ng, talqin sho’hbalariga o’tiladi. Ular Talqini Rost, Talqini Buzruk, Talqini Navo, Talqini Segoh deb nomlanadi. Xorazm maqomlarida o’n beshta nasr yo’llari mavjud bo’lib, «Xorazm maqomlari» kitobida sakkizta nasr sho’hbalari beriladi. Ular «Rost» maqomida «Navro’zi sabo», «Buzruk»da Nasrulloyi, Navoda - Faryod va Orazi Navo, Dugohda Chorgoh va Bayot, Segohda - Sabo, Navro’zi Xoro, Nasri Ajam deb nomlanadi.
Xorazmda keng tarqalgan aytim ijrolaridan biri Suvora yo’llaridir. Suvora iborasi tojikcha otliq, chavandoz ma’nolarini bildiradi. Suvoralar shakl jihatdan maqom sho’hbalari kabi yirikdir va usullari Soqiynoma yoki Ufar doyra usullarida bo’ladi. Hozirda Suvora yo’llarining turli namunalari keng tarqalgan. Birinchi asosiy Katta Suvora «Ona Suvora» deyiladi yoki «O’zbek Suvorasi» deyiladi. Ba’zida «Tojik Suvorasi» deb ataladi. Asosiy suvoralar quyidagilardan iborat:
1. Ona Suvora (katta Suvora).
2. Chapandozi Suvora.
3. Yakparda Suvora.
4. Kajhang Suvora.
5. Qo’shparda Suvora.
6. Besh parda Suvora.
7. Kalta Suvora.
Savti Suvoralar: Savti Suvora I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XII, XIII, XIV, XV va hokazolarga bo’linadi. Maqomdon ustoz Xojixon Boltaev savti suvoralarni qator variantlarini yaratgan. «Ufori savti suvora» I, II hamda «Gul ufor savti suvora» yo’llari shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |