I-bob Xorazm musiqa uslubining janr va ijro uslublari tavsifi


II-bob Xorazm ashulachilik san’ati



Yüklə 96,67 Kb.
səhifə4/6
tarix21.05.2023
ölçüsü96,67 Kb.
#118945
1   2   3   4   5   6
kurs ishi maqom

II-bob Xorazm ashulachilik san’ati
II.1. Xorazm ashulachilik turkumlari
Xorazmda ashulachilik san’ati ravnaq topgan bo‘lib, ashulachilarni xalq orasida ko‘proq «go‘yanda» deb ataydilar. Ashula janrining muhim jihatlari shundan iboratki, u asosan mumtoz she’riyat namunalariga asoslanadi. Kuy-ohanglari esa qo‘shiq va laparlarga nisbatan keng rivojlangan bo‘lib, ovoz ko‘lami (diapazoni) bir oktava va undan ortiq bo‘ladi.
Xorazmda «Suvora» nomi bilan ma’lum va mashhur ashula turkumlari mavjud. «Suvora» so‘zi fors-tojikcha bo‘lib, otliq ma’nosini bildiradi. Ustozlar «Suvora» ashula yo‘llarini «ot tuyog‘idan hosil bo‘ladigan turli ritmik tuzilmadagi usullar va ularga asoslangan kuylar» ni ifodalaydi, deb ta’kidlaydilar.
Xorazm Suvoralari Navoiy, Mashrab, Nodira, Ogahiy, Munis, Avaz O‘tar, Bedil kabi shoirlarning she’rlari asosida aytiladi.
Xorazmda «Suvora» ijrochilarining didalishma yoki diydalashma deb yuritiladigan o‘ziga xos musobaqalari o‘tkazib turiladi. Bunday musobaqada qatnashayotgan bir necha ashulachining har biri dastlabki (birinchi) ashulachi taklif etgan ashula kuyi asosiga yangi she’rlar bog‘lab, navbatma-navbat kuylaydilar. Bu ijodiy vazifani yuqori mahorat bilan bajargan ashulachi didalishma musobaqasida g‘olib bo‘lib chiqadi.
«Suvora»larning mashhur ijrochilari qatorida Hojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudoyshukurov kabi ijrochilarning nomlari alohida hurmat bilan tilga olinadi.
Xorazmda Suvora ashula yo‘llarining ikki turkumi mashhur bo‘lib, ular quyidagicha nomlar bilan ataladi:
1. O‘n ikki Suvoradan iborat Savti Suvoralar turkumi. Bu turkumdagi har bir Suvora rim raqami bilan belgilanadi. Masalan, Savti Suvora I, Savti Suvora II, Savti Suvora III, Savti Suvora IV, Savti Suvora V va hokazo. Mazkur turkumdagi barcha Suvoralar 6/8 o‘lchov vaznidagi doyra usullari bilan ijro etiladi.
2. Suvoralarning yana bir turkumini yilik shaklli suvoralar majmuasi tashkil etadi. Bu Suvoralar turkumidagi har bir Suvoralarning maxsus nomi bo‘lib, ular Suvora, Chapandozi Suvora, Yakparda Suvora, Xushparda Suvora, Kajhang Suvora kabi ataladi. Bu Suvoralarda 6/8, 3/4, 3/8 ritm o‘lchovlari va ularga muvofiq doyra usullari qo‘llanadi.
Xorazm maqomlari yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Xorazm maqomlarining uzil-kesil qaror topishida Buxoro maqomchilik an’analari katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu o‘rinda atoqli musiqachi Niyozjon Xo‘janing xizmatlari alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Shunga ko‘ra, Niyozjon Xo‘ja XIX asr boshlarida Buxoroga kelganligi va Shashmaqomni maxsus o‘rganib, so‘ngra bu san’atni Xorazmda tarqatganligi aytiladi. Ayni vaqtda maqomlar Xorazm sharoitiga moslanib, mahalliy badiiy an’analar bilan bog‘liq jihatlarga ega bo‘lganligi ham ta’kidlanadi. Biroq, bu kabi ma’lumotlar Buxoro “Shashmaqomi” Xorazmga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirilganligini anglatmaydi, balki Xorazmda qadimdan mavjud maqomchilik an’analari namunalarini yaxlit bir tizmga tushirishda Shashmaqom turkumi andoza sifatida olinganligiga ishora etadi.
XIX asrda yashab ijod etgan shoir va musiqashunos olim Pahlavon Niyoz Muhammad (taxallusi Komil Xorazmiy, 1825–1897) o‘zi kashf etgan “Tanbur chizig‘i” nomli o‘ziga xos «nota yozuvi» vositasida Xorazm maqomlarini yozib olish tajribasini boshlab bergan edi. Bu ishni uning o‘g‘li – Muhammad Rasul Mirzaboshi davom ettirgan. O‘ng tomondan chapga qarab o‘qilgan mazkur «nota yozuvi»da tanbur pardalariga oid 18 ta muvoziy chiziqlar bo‘lgan va
Yüklə 96,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin