I-bob Xorazm musiqa uslubining janr va ijro uslublari tavsifi


I-bob Xorazm musiqa uslubining janr va ijro uslublari tavsifi



Yüklə 96,67 Kb.
səhifə2/6
tarix21.05.2023
ölçüsü96,67 Kb.
#118945
1   2   3   4   5   6
kurs ishi maqom

I-bob Xorazm musiqa uslubining janr va ijro uslublari tavsifi
I.1. Xorazm musiqa uslubi

Xorazm musiqa uslubi - Xorazm vohasida qaror topgan muayyan musiqiy anʼanalar majmui. Kadimdan madaniyat va sanʼat maskani boʻlgan ushbu hududda oʻziga xos xalq musiqa ijodiyoti (bolalar va marosim qoʻshiqlari, xalfa laparlari va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi kasbiy musiqa (doston, talqinchi va goʻyandalar sanʼati, maqom va boshqalar) namunalari keng oʻrin tutadi.


Xorazm musiqa uslubi. doirasida xalq musiq asining eng qad. davrlariga mansub kuyohang namunalari oʻz aksini topgan. Jumladan, bolalar ("Momom moshiydi", "Aravachi mani doyim", "Tuyalar, ho tuyalar" va boshqalar) va mavsum marosim qoʻshiqlari ("Suyet xotin", "Ashsha daroz" va boshqalar)da musiqaning ilk bosqichlariga oid dastlabki tuzilma va ohang alomatlari, boshlangʻich parda asoslari saqlanib qolgan. Xalfalar sanʼatida "ichkari"ga xos ixcham diapazondagi past ovoz koʻlamida aytiladigan, faqat ayollargagina xos boʻlgan qoʻshiq va ashulalar urin olgan. Bunda qudalar tomonidan toʻyga ruxsat berilgandan keyin aytiladigan "Boring boshlang, oʻnglar boʻlgʻay tuyinggiz", tuy boshlanishida "Muboraklar boʻlgʻay etgan tuyinggiz" yoki kelin kelgandan keyin "Aylanaman kelinni qaddi boʻyinnan" va boshqa qoʻshiqlar tuyning uziga xos rivojini belgilagan. Ayniqsa, qayroq bilan oʻynab aytiladigan lapar turi xalfa raqqosalariga juda xosdir.
Xorazmda xonandalik, sozandalik va raqqoslikni oʻziga kasb qilib olgan sanʼatkorlar guruxlari "sozanda qoʻshlari" deyilgan. Ular ikki xil tarkibda, yaʼni 2 ta surnaychi, doirachi, tanburchiashulachi, sozchi (garmonchi)ashulachi, raqqos, masxaraboz, soʻz ustasi (shuning oʻzi magʻaldoqchiakrobat); dorbozchi, chodir xayol (qoʻgʻirchoqboz) va boshqalardan tashkil topgan. Sozanda qoʻshlarining vazifasi toʻyda baxshi dostonni tugatgandan keyin yoki toʻyni yanada qizdirish maqsadida oʻz sanʼatlarini (Lazgi kabi kuy va raqslarni ijro etib) namoyish qilishdan iborat. El orasida tanilgan sozanda qoʻshlarining boshliqlaridan Husayn Kalot, Sobir Kalot, Shomurod surnaychi, Ushli Kal (mashhur "Ushlini uforisi" yallasining muallifi), Durdi karnaychi, Sobir Dorboz, Xoʻja Koʻr, Otoq Jonli, Kupal Hoji, Bayotvoy, Ollabergan Hoji, Xudoybergan Vovoq va boshqa mashhur.
Xorazm musiqa uslubining baxshidostonchilar sanʼati oʻziga xos boʻlib, alohida oʻringa ega. Dostonning nasriy qismi hikoya, nazmiy qismi esa qoʻshiq shaklida ochiq ovozda cholgʻu ansambl joʻrligida ijro etiladi. Xorazm baxshichiligi Shirvoniy va Eroniy uslublarga boʻlinadi. Shirvoniy uslub Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimidagi hududda tarqalgan (markazi — Xiva). Bu uslub namoyandalari dutor, gʻijjak, boʻlamon va doyra joʻrligida kuylaydilar. Unda 72 ta doston kuylari mavjud boʻlib, bular: Muxammaslar turkumi (5 ta kuy), Ilgʻorlar (4), Eshvoylar (5), Naylarmanlar(5), Nolishlar (7), Shirvoniylar (3), Zorinjilar (2), "Rahm ayla", "Boboxonim", "Gulandom" va boshqa.
Eroniy uslub Amudaryoning quyi oqimi hududida tarqalgan (markazi — Mangʻit sh.). Ushbu uslub baxshilari dutor, gʻijjak, boʻlamon joʻrligida doston kuylashadi. Ularning qoʻshida doira qatnashmaydi. Eroniy uslubda 32 ta doston kuylari boʻlib, ularning koʻpchiligi Shirvoniy nomalar bilan oʻxshash, lekin Sarparda, Koʻr qiz, Qoʻshadas, Qoʻshim Polvon Ilgʻori va boshqalar bilan ajralib turadi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Xiva xonligida 40 dan ortiq baxshilar faoliyat koʻrsatgan va ulardan eng mashhurlari Eshvoy baxshi, Muhammadniyoz Goʻrji, Rizo baxshi, Ernazar baxshi, Suyov baxshi, Jumanazar baxshi, Axmad baxshi, Bola baxshi Abdullayev va boshqa.
Xorazm musiqa uslubida talqinchi va goʻyandalar ijodi aniq bir janr bilan chegaralanmagan boʻlsada, ularning oʻz yoʻllari va oʻziga xos uslublari mavjud. Ayniqsa, ular suvoralar va ularning savtlari hamda boshqa yirik shakldagi mumtoz ashulalarni Mashrab, Soʻfi Olloyor, Mahtumquli, Mulla Nafas kabi shoirlarning tasavvuf yoʻlidagi gʻazallari, nasihat hamda oʻgitlariga solib kuylaganlar. Shuningdek, musulmonchilikni targʻib qiluvchi "Kiyiknoma", "Sayid Vaqqos", "Kaptar", "Amir Hamza", "Meʼrojnoma", "Sultonbobo hikoyati", "Paygʻambarlar hikoyati" kabi nomalarni ham ijod qilganlar. Talqinchi va goʻyandalar "Diyralishma" deb nomlangan erkin tanlovlarda sinalgan, ulardan Polli Duzchi, Kalandar Banggi, Qurji ota va boshqa mashhur.
Hozirgi davrda Xorazmda 15 ta bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda musiqa kollejida Xorazm musiqa uslubiu. boʻyicha yoshlarga taʼlim berilmoqda. Ularning koʻpchiligida xalfa va baxshilar sinflari ochilgan. Viloyatdagi "Qaldirgʻoch", "Navbahor", "Oltin qoʻllar", "Orazibon", "Muborak" va boshqa ansambllarda Xorazm musiqa uslubiu.ning yorqin koʻrinishlari namoyon boʻlmoqda.
Xorazm mahalliy uslubi ustida toʻxtaladigan boʻlsak, u oʻzining ijro uslubi bilan ajralib turadi. Xorazm mahalliy qoʻshiqlarining intonatsion – kuy tuzilishi hamda talqiniga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Xorazm uslubining turkman va ozarbayjon musiqasi bilan maʼlum umumiylik birligi mavjud. Xorazm xalq qoʻshiqlarining oʻziga xos mahalliy xususiyatlariga dostonlar ijrosi ham taalluqlidir. Agar Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida doston musiqasi, odatda, regetativ – deklamatsion yoki ohangdor-regetativ xarakterda boʻlsa, Xorazmda ular yorkin ifodali qoʻshiqlari bilan farq qiladi hamda Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida boʻlganidek, doʻmbira bilan emas, balki dutor, tor yoki anʼanaviy cholgʻu ansambli – bulamon, qoʻshnay va dutor joʻrligida aytiladi. Xorazm cholgʻu asboblari ham oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, yuqorida eslatilgan bulamon sozi respublikamizning faqat Xorazm viloyatida uchraydi. Ayni paytda bu yerda doʻmbira cholgʻusi umuman uchramaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, bugungi kungacha Xorazmda keng foydalanib kelinayotgan garmon sozi ham xuddi shu oʻlka mahalliy uslubining oʻziga xos xususiyatlaridan biri boʻlib qoldi. Xorazm cholgʻulari oʻzining tuzilishi va tembr-akustik tamoyillarida namoyon boʻladi. Xorazm dutori kosaxonasi hajmining nisbatan kichikligi, dastasining ingichka va kaltaligi hamda oʻz akustik –tembr xususiyatlariga koʻra Oʻzbekistonning boshqa lokal zonalari, xususan Fargʻona vodiysida rasm boʻlgan dutorlardan farq qiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, xalq hayotining maʼlum tarixiy sharoiti natijasi hisoblangan barcha mahalliy uslublarda oʻzbek xalq musikasining umummilliy belgilari yorkin ifodalangan degan xulosaga kelish mumkin. Buxoro-Samarkand turkumlari: Maʼlumki Respublikamizning koʻpgina viloyatlarida oʻziga xos ijro uslubida yaratilgan kuy va qoʻshiqlar mavjud. Ularning koʻpchiligi turkum shaklida tashkil topgan. Ana shunday turkumlardan biri Buxoroda yaratilib, Samarqandda va boshqa ayrim viloyatlarda ijro etilayotgan “Buxorcha” va “Mavrigi” ashula va raqs turkumidir. Buxoroyi Sharif nafaqat “Shashmaqom”ning, balki shu qutlugʻ yurt nomini sharaflovchi “Buxorcha” hamda “Mavrigi” singari xalqona ashulalari raqslardan tarkib topgan bebaxo musiqiy turkumlarning vatani sifatida ham mashhurdir. Bunday turkumlardan “Buxorcha” va “Mavrigi”lar quyidagi tarkibiy tuzilishlarga ega. “Buxorcha” turkumining birinchi payti 9, ikkinchi payti 8 va uchinchi payti esa 17 qoʻshiqlardan iborat boʻlib, jami 34 tani tashkil etadi. “Mavrigi” - turkumi esa, 1 payt-9, ikkinchi payt-8 (oʻzbekcha nusxasi - 7), 58 uchinchi payt 9 ta jami 33 ta qoʻshiqlardan tarkib topgan. Bundan tashqari turkumdan 8 ta hazil va lirik qoʻshiqlar oʻrin olgan. Mazkur qoʻshiqlar yaratilish tarizi uzoq tarixga borib taqaladi.
Ushbu bu qoʻshiqlar asosan xalq yigʻinlari, toʻylar va boshqa tadbirlarda ijro etilib, ularning birinchi kismi, yaʼni “Buxorcha”lar “Buxoro zang qoʻshiqlari” nomi bilan ham mashhurdir. “Buxorcha” va “Mavrigi”lar ohang, ritm tuzilishi oʻziga xos boʻlib, ularning oʻtmishda va hozirda alohida ijrochilari bor. Ushbu janrni Buxoroda oʻtmishda Mulla Muhammadi Zangboz, Koko Muxammad, Ashur Kori, Kuka Maʼdali, Tula Xofiz, Kozim Raxim, Abdulla Kurbon, Maxsumi Ravgon, Raxim Dengiz, Bakojon Saʼdullayev, Kori Xabib, Xaydar Shodi, Bobo Muxsin, Bobo Abdullo, Usmon Sharof kabi xonandalar Mavrigixon hofiz singari nom chiqargan boʻlsalar hozirda ushbu janrni Buxorolik Mexri Ibodov, Orif Atoyev, Yusuf Shukurov, Alisher Bobojonov, Xamid shurov va Samarkandlik Mardon Mavlonov, Rustam Xojimuxammedov, Nasiba Abdullayeva kabi yosh xonandalar davom ettirmokdalar. Qashqadaryo-Surxondaryoda – asosan doston va xalq qoʻshiqlaridan iborat boʻlgan uslublar mavjud boʻlib, xonanda va baxshilar tomonidan ijro etiladi. Xorazmda esa, doston ijrochilik uslubi boʻlib ular hofizlar va xotin-qiz xalifalar ijrosida Tor va Garmon sozlari joʻrligida kuylanadi.



Yüklə 96,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin