I.2. Xorazm musiqa folklori
Xorazm musiqa folklori mahalliy xalqning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi, etnopsixologik xususiyatlari, hayot falsafasi, ijtimoiy qarashlari, maqsadi hamda uni amalga oshirish yo’lida tashkil etiladigan faoliyat yo’nalishlari, shaxsga talim-tarbiya berish an’analari asosida shakllangan bo’lib, asrlar davomida tarixiylik, vorisiylik tamoyillariga muvofiq, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan milliy qadriyatdir.
Xorazm musiqa folklorini to’plash, nashr qilish borasida e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirilgan. Bunga san’atshunos olimlar B.Matyoqubov, S.Ro’zimboyev, R.Yunusovlarning tadqiqotlarida Xorazm folklori namunalari, ijrochilik uslub va an’analari o’rganilgan Xorazm musiqa uslubining o’ziga xos janr, ijrochilik uslubi, an’analarini mazmunini chuqur o’rganish, uning tarbiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali ushbu vohada yashovchi xalqning etnografiyasi, urf-odatlari, tarixi, estetik va ma’naviy tarbiya uslubi, vositalari haqida pedagogik bilimlarni bilib olish mumkin.
Xorazm ashulachilik san’ati ham ravnaq topgan bo’lib, ular xalq orasida ko’proq “go’yanda” nomi bilan mashhur. Ashula janrining muhim xususiyati shundan iboratki, u asosan mumtoz she’riyat na’munalariga asoslanadi. Kuy-ohanglari esa qo’shiq va laparlarga nisbatan keng rivojlangan (mumtoz ashulalarga o’xshash) bo’lib, ovoz ko’lami (diapazoni) ikki oktava ba’zan undan ham ortiq bo’ladi.
Xorazmda “Suvora” nomi bilan ma’lum va mashhur ashula turkumlari mavjuddir. “Suvora” so’zi for-tojikcha bo’lib, otliq ma’nosini bildiradi. Ustoz hofizlar suvora ashula kuylarini ot tuyog’idan hosil bo’ladigan turli ritmik tuzilmadagi usullar va ularga asoslangan kuylarni ifoda etadi deyishadi. Suvora asosan mumtoz she’riyatimiz darg’alari Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab, Nodira, Ogahiy, Fuzuliy, Munis, Avaz O’tar, Bedil kabi shoirlar she’rg’azallari bilan xarakterlanadi. Xorazmda Suvoralarning mashhur ijrochilaridan Xojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Komiljon Otaniyozov kabi nomlari alohida hurmat bilan tilga olinadi.
Xorazmda suvora ashula yo’lining ikki asosiy turkumi mashhur: 1. O’n ikki suvoradan iborat savti suvoralar turkumi. Bu turkumdagi har bir suvora rim raqami bilan belgilanadi. Masalan, Savti suvora I, Savti suvora II, Savti suvora III, Savti suvora IV, Savti suvora V. Mazkur turkumdagi barcha suvoralar 6/8 o’lchov vaznidagi doira usullari bilan ijro etiladi. 2. Yirik shakldagi suvoralar turkumi. Bu suvora turkumidagi har bir suvoralarning maxsus nomi bo’lib,
Ular: Katta suvora, Chapandozi suvora, Yak parda suvora, Xush parda suvora, Kajang suvora nomlar bilan ataladi. Bu suvoralarda 6/8, 3/4, 3/8 ritm o’lchovlari va ularga muvofiq doira usullari qo’llaniladi. Ijrochilik amaliyotida mashhur xonandalar tomonidan yaratilgan Suvoralar mavjud – Suvorai Komil (Komiljon Otaniyozov ijodidan), Qorichmoniy suvora (Hojixon Boltayev), Indamas suvora (Quvondiq Iskandarov), Go’jayi suvora (Ozod Ibrohimov). Suvora ijrochilari orasida Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudoyshukurov, Madraxim (Sheroziy) Yoqubov, Quvondiq Iskandarov, Matnazar Xudoynazarov va boshqalar, jumladan, Hojixon Boltayev repertuarida 500 ortiq Suvora maqom ashula yo’llari, ashula turkumlari, ashula yo’llari o’rin olgan. Suvora ashula yo’llari asosida Xorazmda xonandalarning ijodiy musobaqalari- "Diyralishma" o’tkaziladi (bir kuy asosida turli mavzuidagi she‘rlar ijro etilishi lozim).
Xorazm maqomlari asosida paydo bo’lgan suvora yo’llarida deyarli olti yarim maqomning har birining ladlari uchraydi. Bulardan tashqari Xorazm musiqa uslubida an’anaviy kasbiy musiqaning maqom san’ati ham alohida o’rin tutadi. Xorazm maqomlari muayyan tizimdagi turkum shaklda XIX asrning birinchi yarmida qaror topgan bo’lib, bu turkum olti yarim maqomdan iborat. 1. Rost maqomi 2. Buzruk maqomi 3. Navo maqomi 4. Dugoh maqomi 5. Segoh maqomi 6. Iroq maqomi 7. Panjgoh maqomi (bu maqom faqat cholg’u ya’ni, chertim yo’lidan iborat).
Dostları ilə paylaş: |