XORAZM VILOYATI KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI XIVA TUMANI KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKKA KO‘MAKLASHISH BO‘LIMI 220901 Xivatumani,Shomoxulummahallasi,Tinchlikko‘chasi
t.xiva@mehnat.uz,www.mehnat.uz
Xiva tumani Chanashik mahallasi Gurganch ko‘chasi 54-uyda yashovchi Niyazmetova Oybibi Adambayevnaga Sizning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch telefoni orqali 2023 yil 9-noyabrdagi 773692/23-sonli qilgan murojaatingiz yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh va “Chanashik” mahallasi mas’ul xodimlari Siz bilan yuzma yuz uchrashilganda subsidiya asosida tikuv mashinasi olish istagingiz borligini bildirgansiz, ushbu murojaatingiz natijalari to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch telefoni orqali 2023 yil 9-noyabrdagi 738639/23-sonli murojaatingiz ijrosi ta’minlanmagani to’g’risida ekani malum bo`ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi “Aholini tadbirkorlikga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 252-sonli qarorning 51-bandi Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilib faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan, bandlik ro‘yxatidan ishsiz deb e’tirof qilingan, shu jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna yoki mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiya ajratilishi tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.
Murojaatingiz yuzasidan “Chanashiq” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan Sizga Online-mahalla.uz sayti orqali subsidiyaga tikuv mashinasi orqali (ariza raqami № 586367) sonli ariza tashlab berilganini, Arizangizga “Chanashiq” mahallasi Hokim yordamchisi hamda Xiva tuman markaz raxbari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib ijobiy tavfsiya berilganini va Xorazm viloyat boshqarma boshlig’i tomonidan ko’rib chiqilib subsidiya ajratilishi to`g`risida 10804-sonlibuyruq chiqarilganini ma’lum qilamiz.
Murojaatingiz natijasidan norozi bo‘lgan taqdiringizda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g’risida”gi Qonunining 32-moddasiga asosan yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish huquqingiz borligini ma’lum qilamiz.
`
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari N.Ataboyev Bajardi: B.Sapayev