Xorazm viloyati Xonqa tumani 25 – son umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Fayzullayeva Dilxushning Hamid Olimjon hayoti va ijodi muvzusida dars ishlanmasi mavzu: Hamid Olimjon hayoti va ijodi
Xorazm viloyati Xonqa tumani 25 – son umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Fayzullayeva Dilxushning Hamid Olimjon hayoti va ijodi muvzusida DARS ISHLANMASI
Mavzu:Hamid Olimjon hayoti va ijodi a)ta’limiy maqsad:o’quvchilarga mavzu bo’yicha ko’proq ma’lumot berish; b)tarbiyaviy maqsad: Mavzu orqali o’quvchilar qalbida ona yurtga muhabbat, vatanparvarlik, insoniylik fazilatlarini uyg’otish, yosh va navqiron mustaqil yurtimizni asrab-avaylashga o’rgatish, yurtboshimiz misolida bag’rikenglik, sahovatpeshalik, yurtga sadoqat, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy g’urur, iftixor tuyg’ularini rivojlantirish.
Dars uslubi: tushuntirish, suhbat, klaster;
Dars jihozi: darslik,plakat, taqdimot, tarqatma material;
Dars shiori: Quyoshni ko’zlagan, kamida oyga yetadi. (Maqol)
Darsga qo’yilgan talablar:
-o’zaro hurmat;
-fikrni erkin va ravon ifodalash;
-o’zgalar fikrini tinglash va hurmat qilish;
-adabiy til me’yorlari asosida gapirish.
Darsning borishi:
Tashkili qism: -salomlashish;
-davomatni aniqlash;
-sinf ozodaligiga e’tibor berish;
-o’quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Ertak nima?
Ertakning necha turi bor?
Ertak necha qismdan iborat?
“To’ti” hikoyasini qaysi botir aytgan?
3 ta bashoratni ayting?
Susambil qanday joy?
Yangi mavzu bayoni: Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzaxda tug’ilgan. Onasining ismi Komila aya. Adib yoshligidan onasidan eshitgan rivoyat-u dostonlari ta’sirida badiiy adabiyotga mehr qo’yadi. Uning ilk she’ri 1926-yilda chiqqan. 1929-yilda esa “Ko’klam” nomli birinchi she’riy to’plami chop etiladi.
Uning “Muqanna” tarixiy, “Jinoyat” zamonaviy dramalari mavjud.
1937-yilda “Oygul bilan Baxtiyor” nomli mashhur dostonini yaratadi.Bundan tashqari “Zaynab va Omon”, “Semurg’“, “Roksananing ko’z yoshlari” singari doston va balladalarni yaratadi.
Adib 1944-yil 3-iyul kuni avtohalokatdan vafot etadi.
Asarlari “Ko’klam” “Oygul bilan Baxtiyor”
“Muqanna” “Semurg’“
“Jinoyat” “Roksananing ko’z yoshlari”
“Zaynab va Omon”
Adib asarlari hajmi 10 jildni tashkil qiladi. 33 yoshida akademik unvonini oladi.
DARSNI MUSTAHKAMLASH: 1.Hamid Olimjon necha yoshida akademik unvonini olgan?
a)30
b)33
d)29
2. Adabiyotga havas uyg’otgan shaxs kim bo’lgan?
a)Komila aya
b)bobosi
d)Oysha aya
3. Ilk to’plamining nomi?
a)”Tuyg’ular”
b) “Ko’klam”
d) “Zarafshon”
4. Tarixiy dramasini toping.
a) “Oybek”
b) “Sohibqiron”
d) “Muqanna”
5. Asarlari necha jildni tashkil qiladi?
a) 10
b) 9
d) 7
6. Zamonaviy dramasini toping?
a) “Muqanna”
b) “Jinoyat”
d) “Jazo”
7. Adib necha yil umr ko’rgan?
a) 34
b) 40
d) 51
O’quvchilar bilimi va guruhlar ishini baholash:G’olib guruhni aniqlash, faol o’quvchilarni baholash.
VAZIFA: o’qib kelish