Xorij psixolog olimlari slayd


Psixologiya rivojiga hissa qo`shgan olimlar



Yüklə 10,25 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü10,25 Kb.
#206008
1   2   3
1 Psixologiya faniga xissa qoshgan olimlar

Psixologiya rivojiga hissa qo`shgan olimlar

  • Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar Psixologiya rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-asrgakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, Psixologiya A. Golbax, D. Didro Psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya 19-asrning 2yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879-yil dastlabki eksperi-mental lab.ni jihozlashga erishdi.

Psixologiya taraqqiyotida umuman 19-asrdagi ek-sperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmu-asi qoʻllana boshlandi: kuzatish, lab. eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va h.k. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. Psixologiyaningrivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. Psixologiya Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental lab. (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening Odessadagi lab., G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsa-kovning Moskvadagi, keyinchalik V. M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi eksperimen-tal lab. lari Psixologiya taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 1912-yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psixologiyasi instituti tashkil qilindi. 20-asrning 1-yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, Psixologiya Psixologiya Blonskiy va boshqa dialekti-kaga asoslangan ilmiy Psixologiyani yaratishga kirishdilar
XX asrning zabardast psixologlaridan biri hisoblanmish Anri Valon o’zining original ta’limoti bilan eksperimental psixologiyada alohida o’rin egallaydi. Birinchi navbatda uning taraqqiyot genetikasiga oid qarashlari muhim ahamiyat kasb etib, genotip va fenotip negizlaridan kelib chiqqan holda muammo moxiyati tushuntiriladi. Taraqqiyotning dastlabki ko’rinishi o’yinlarda namoyon bo`lishini ta’kidlagan holda ularning uchta turkumga ajratishni lozim topadi:
1) funksional (muayyan vazifalarni aks ettiruvchi) o’yinlar;
2) ob’ektlarning xayoliy obrazlarini yaratuvchi o’yinlar;
3) bilishga oid (ijobiy izlanishga undovchi) o’yinlar.

Yüklə 10,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin