XORIJ PSIXOLOGIYASIDA MOTIV VA MOTIVATSIYA MUAMMOSI
Madaniyatning mohiyatini bilishga sivilizatsiyali yondashuv esa aksincha, har bir milliy madaniyatning betakrorligini, unda umumin-soniylik va o’ziga xoslik mavjudligini e’tirof etishni nazarda tutadi.
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyat va sivilizatsiya tushuncha-larini bir-biri bilan aynanlashtirish, bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga qaratilgan xilma-xil nazariyalar vujudga keldi. Bizningcha, madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ulami bir xil hodisa sifatida tavsiflash ham, ulami bir-biriga qarshi qo’yish ham to’g’ri emas.
«Sivilizatsiya» atamasi madaniyat atamasiga nisbatan ancha keyin, ya’ni XVIII asr o’rtalarida vujudga keldi. Sivilizatsiya tushunchasini birinchi bo’lib shotland faylasufi A. Fergyusson qo’llagan. U insoniyat tarixini yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya davrlariga bo’ldi. A. Feigyusson sivilizatsiya deganda ijtimoiy rivojlanishning oliy bosqichini tushungan. XVIII asr fransuz ma’rifatparvar-faylasuflari sivilizatsiya tushunchasini keng va tor ma’noda qo’lladilar. Ular keng ma’nodagi sivilizatsiya deganda aql, adolat va diniy bag’rikenglik prinsiplariga asoslanadigan jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichini nazarda tutdilar. Fransuz ma’rifatparvarlarining sivilizatsiya to’g’risidagi bunday tasavvurlari A. Fergyusson qarashlari bilan hamohang deyish mumkin. Ularning fikricha, sivilizatsiya tor ma’noda «madaniyat» tushunchasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, insonga xos barcha sifatlar (o’tkir zehn, yuqori ma’lumot, ko’rkamlik, muloyimlik) majmuasini ifodalaydi.
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyatning mohiyatini bilishga turlicha metodologik nuqtai nazardan yondashib kelindi. Madaniyatga materialistik yondashish — har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, ishlab-chiqarish usuli o’ziga xos madaniyat yaratadi, degan g’oyaga asoslanar, ma’naviy madaniyatga nisbatan moddiy madaniyatni ustun qo’yar, har bir milliy madaniyatning betakror va noyobligini inkor etar, madaniyat istiqbolini yagona madaniyatning shakllanishi bilan bog’lar edi.
Keyinchalik sivilizatsiya tushunchasi yangicha mazmun bilan boyib bordi. Ingliz tarixchisi Amold Тoynbi sivilizatsiyaga madaniyatning muayyun bosqichi sifatida qaradi, madaniyatning ma’naviy jihatlariga alohida urg’u berdi, dinni sivilizatsiyaning eng muhim elementi deb hisobladi.
Nemis madaniyatshunosi Osvald Shpengler o’zining «Yevropa quyoshining so’nishi» (1918-1922) asarida sivilizatsiyani inqirozga yuz tutgan, o’lib va yemirilib borayotgan madaniyat sifatida ta’rifladi. Uning fikricha, madaniyat jonli organizm bo’lib, shaxs ijodiy qobiliyati va individualligini to’la namoyon etadi, san’at va adabiyotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sivilizatsiyada esa texnika va hissiz aql hukmronlik qilar ekan, bu narsa badiiy ijodga imkon bermaydi, insonni hissiz maxluqqa aylantiradi. Тaniqli rus faylasufi Nikolay Berdyayev ham o’zining «Тarixning ma’nosi» asarida shunday fikmi ilgari surgan edi.
Madaniyat va sivilizatsiya mohiyatini bilishda ularni bir-biri bilan qiyoslash, har birining nisbiy mustaqilligi va o’ziga xos xususiyatlarini ajratish muxim metodalogik ahamiyatga molikdir.
Sivilizatsiyaga erishish, shubhasiz, madaniyatning biron-bir darajasiga erishish, madaniyat esa, o’z navbatida, insoniyatning sivilizatsiyaga erishganlik ko’rsatkichidir. Madaniyat va sivilizatsiya elementlari inso-niyat tarixining juda uzoq davrlariga borib taqaladi: insoniyat yovvoyilikka qarshi madaniyatni, varvarlikka qarshi sivilizatsiyani yaratdi. Yovvoyilik va varvarlik bir ma’noli tushunchalar emas: yovvoyilik insoniy mohiyatdan begonalashish, nooqilona emas, balki instinktiv ravishda faollik ko’rsatishdir; varvarlik — mavjud ijtimoiy tartib, me’yor, qoida, qonun va axloqni tan olmaslik, yovuzlik, bosqinchilik va tajovuzkorlik ifodasidir.
Madaniyat — ta’lim-tarbiya bilan, ijtimoiy talablarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya davlatning paydo bo’lishi, jamiyat a’zolarida fuqarolik tuyg’usi, davlat qonunlariga nisbatan hurmat xissining shakllanishi bilan bog’liqdir. («Sivilizatsiya» atamasining inglizcha «fukarolikka oid» degan ma’noni anglatishi hambejiz emasdir).
Insoniyat madaniyat vositasida yovvoyilikka qarshi kurashmay turib, odamlarda fukarolik hissini, davlat qonunlari, ijtimoiy tartiblarga hurmat hissini shakllantira olmas, vahshiylikning har qanday ko’rinishlariga qarshi kurasha olmas edi. Shu boisdan ham, madaniyat sivilizatsiyaga nisbatan ilgariroq vujudga keldi. Хalqlar yuksak madaniyatga erishmay turib, o’ziga xos sivilizatsiya yarata olmas edilar. Yer yuzidagi barcha xalqlar, katta-kichikligidan qat’i nazar, o’ziga xos madaniyatga egadir, bunga aslo shubha yo’q. Lekin barcha xalqlar ham sivilizatsiyaga erishgan emaslar. Amold Тoynbi Yer yuzida hozirgacha atigi o’n uchta mahalliy (lokal) sivilizatsiya mavjud bo’lganligini, ulardan faqat sakkiztasigina hozirgacha yashab kelayotganligini ko’rsatgan edi.
Sivilizatsii va taraqqiyotida uch davrni bir-biridan farqlaydilar: 1. agrar bosqich (o’rta asrlar uchun xos); 2. industrial bosqich (kapitalizm uchun xos); 3. postindustrial bosqich (XX asrning yillaridan boshlanadi; fan texnika revalyutsiyasi, infarmatsion jamiyat bilan bog’liq)
Sivilizatsiyalar o’z miqyosiga ko’ra: jahon sivilizatsiyasi, mintaqa sivilizatsiyasi va milliy sivilizatsiyaga bo’linishi ham mumkin. Jahon sivilizatsiyasi mintaqaviy va milliy sivilizatsiyalarning o’zaro ta’siri va uyg’unlashuvi jarayonida shakllanadi.
Milliy sivilizatsiyalar (xitoy, hind, fransuz, mayya, nemis, rus va boshqalar) buyuk xalqlarning uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllanadi; bunda u yoki bu din, hayot falsafasi, milliy lafakkur va madaniyat muhim rol o’ynaydi.
Madaniyat va sivilizatsiyaning umumiy va o’ziga xos jihatlarini bclgilashda madaniyat va sivilizatsiyaning muhim elementlarini ajratish muhimdir.
Madaniyatning eng muhim elementlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1) bilim, tushuncha, tasavvur, qarashlar va ilmiy nazariyalar;
2) mazkur bilim, tasavvur, qarasMar, nazariyalaming predmetlashuvi, ro’yobga chiqishi;
3) ana shu jarayonda inson shaxsining shakllanishi va takomillashuvi.
Madaniyat elementlarining har biri o’zaro bog’liq bo’lib, inson shaxsining shakllanishi jarayonida madaniyatning insonparvarlik va taraqqiyparvarlik mohiyati to’laroq namoyon bo’ladi.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda moddiy va ma’naviy madaniyatni bir-biridan farqlash va hatto ulami bir-biriga qarama-qarshi qo’yish hollari mavjuddir. Ayrim tadqiqotchilar sivilizatsiyani moddiy madaniyat (texnika, texnologiya) bilan bog’laydilar. Bizningcha, sivilizatsiyani madaniyatning faqat bir jihati bilangina bog’lash ancha munozarali va istiqbolga ega emasdir. Zero, madaniyatshunoslikda madaniyatga yaxlit va bir butun ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida qaraladi.
Ilk sivilizatsiyaga xos eng muhim belgilarga quyidagilar kiradi: davlatning paydo bo’lishi; yozuvning vujudga kelishi; dehqonchilikning hunarmanchilikdan ajralib chiqishi; jamiyatning sinflarga bo’linishi; shaharlarning paydo bo’lishi.
Hozirgi zamon sivilizatsiyasiga xos muhim belgilar sifatida quyidagilami ko’rsatish mumkin: huquqiy davlatning mavjudligi; davlatlar, xalqlar, ijtimoiy sinflar o’rtasidagi konfliktlarni umumiy konsensus asosida hal etishga intilish; butun jahon miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanganligi; kommunikatsiya tizimining mavjudligi; planetar ong, planetar axloqning shakllanganligi.
Sivilizatsiya turli tarixiy davr va xalqlar madaniyatining o’zaro ta’siri, madaniy-tarixiyjarayondagi vorisiylik sifatida vujudga keladi. Madaniyat sivilizatsiyaga nisbatan zamon va zaruriyat nuqtai nazaridan birlamchi, yetakchi va ahamiyatlidir. Sivilizatsiyali taraqqiyotga erishish madaniy-tarixiy rivojlanishning bosh maqsadidir.
Madaniyat sivilizatsiyaga hayot beradigan, uning taraqqiyoti va qismatini belgilaydigan eng muhim omildir. Sivilizatsiyaning yashov-chanligi, barqarorligi yoki o’zgaruvchanligi madaniyatning konkret tarixiy davr sinovlariga qay darajada chidamli bo’lishiga, davr chaqiriqlariga qanday javob bera olishiga bog’liqdir.
Тurli sivilizatsiyalar bir-biri bilan uxshagan, bir-biriga zid kelgan davrlarda milliy madaniyat o’zga madaniyat yutuqlarini zo’r berib o’zlashtirishga qodir bo’lsagina, milliy sivilizatsiya rivojlanishda davom etadi, aks holda inqirozga yuz tutishi mumkin. Din insoniyat madaniyatining muhim tarkibiy qismidir. A. Тoynbining fikricha, har qanday sivilizatsiya biron-bir dinga tayanadi. Sivilizatsiyalar o’rtasidagi muhim tafovut va o’ziga xosliklar, taniqli rus madaniyatshunosi V. L. Sheynisning fikricha, quyidagi uch mezon bilan belgilanadi: 1) individning guruh va jamiyatdagi holati (shaxsning individuallik darajasi yoki ijtimoiy guruhga qo’shilganligi); 2) hukmron dunyoqarashda dunyoviy yoki diniy yo’nalishning ustuvorligi; 3) an’ana va novatorlikka munosabat.
Sharq sivilizatsiyasi individ va jamoaning uzviy birligiga, inson va tabiatning yaxlitligiga asoslanganligi bois sharqlik o’zini jamoadan, tabiatdan ajrata olmas edi. U tabiatga ona sifatida qarar edi: sharqda tabiatning saxovati keng va cheksiz edi. Sharqlik jamoa fikrini qadrlash, hurmat qilish ruhida tarbiyalanar edi: tabiat ne’matlarini faqat o’zaro hamkorlikda o’zlashtirish mumkin edi. Sharq sivilizatsiyasi asosini tashkil etgan hinduizm, buddizm, islom dinlari inson bilan tabiat, inson bilan jamoa o’rtasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilar, xristian dini singari jiddiy islohotlar (Reformatsiya)ga duch kelmagan edi.
Sharq sivilizatsiyasi o’zining uch ming yillik tarixi davomida inqirozlar nimaligini bilmas, barqaror va osoyishta edi. Chunki unda diniy dunyoqarash ilmiy dunyoqarashga nisbatan yetakchi mavqeini egallar edi. Ehtimol, shu boisdan ham Sharq sivilizatsiyasida dunyoviy ilm-fan va ilmiy falsafa emas, balki din va diniy falsafa kuchliroq rivojlangan edi.
Yevropa sivilizatsiyasi shaxsning individualligi, uning tadbirkorligi, ijodkorligi, noyob iste’dodiga asoslanar, har bir yevropalik bolalikdan «men» va «men emas»ni farqlash ruhida tarbiyalanar edi. Yevropa sivilizatsiyasi ilm-fan va texnika taraqqiyotiga, inson aql-zakovatining kuch-qudratiga tayanar va shu tufayli ham uning ravnaqi muqarrar ravishda inqiroz bilan almashinar edi. Natijada O. Shpengler, N. Berdiyayev singari yevropalik tadqiqotchilar sivilizatsiyani madaniyatning inqirozi sifatida tavsiflagan edi.
Gap shundaki, yangi zamon Yevropa madaniyati ilm-fan va texnika asosiga qurilgan bo’lib, olamga hissiy-emotsional emas, balki intellek-tual-ilmiy asosda yondashishni taqozo etardi. Yevropa sivilizatsiyasi uchun an’analarni asrab-avaylab emas, balki novatorlik, yangilikka intilish xos edi. Shu boisdan ham, u o’tgan yuz yil davomida bir necha marta inqiroz va taraqqiyot bosqichlarini kechirgan edi.
Mamlakatimiz xalqlari keyingi 100—150 yil mobaynida yevropa xalqlari madaniyatining ilg’or yutuqlarini o’zlashtirish orqali milliy madaniyatni yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo’ldi. o’zbelpston o’zining tabiiy-geografik joylashuviga ko’ra G’arb va Sharq sivilizatsiyalarini bir-biri bilan bog’lab turadigan, ularning ilg’or yutuqlarini o’zlashtirish orqali o’ziga xos madaniyat va sivilizatsiya yaratgan, istiqbolga umid va ishonch bilan qaragan mamlakatdir. o’zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo’shilib borish tajribasini ilmiy asosda tadqiq etish, sivilizatsiyali taraqqiyotning muhim xususiyatlari va muammolarini ilmiy asosda o’rganish muhim ahamiyatga egadir.
Хullas, madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan, lekin o’ziga xos rivojlanish xususiyatlari va belgilari bilan ajralib turadigan ijtimoiy-tarixiy hodisalardir, Madaniyat insonning sotsial tabiati bilan bevosita bog’liq bo’lib, kishilik jamiyati mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Siviliziatsiyali taraqqiyotga erishish madaniy rivojlanishning noyob, betakror ekanligini anglatadi. Bir milliy madaniyatni boshqasidan ustun qo’yish nazariy jihatdan xato, amaliy jihatdan zararlidir. Milliy madaniyatlardagi rang-baranglik va o’ziga xoslik jahon xalqlari mada-niyatidagi umumiylikni istisno etmaydi. Тurli xalqlar madaniyatidagi umumiylik va mushtaraklikni qadrlash xalqlar va mamlakatlar o’rtasida tinchlik, hamkorlik, do’stlik munosabatlari rivojlanishiga, jahon siviliziatsiyasining ravnaq topishiga xizmat qiladi.
Madaniyatning inson va jamiyat hayotida tutgan o’rni
Reja:
1 “Madaniyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik”
2 Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni
3 O’zbekistonda jamiyatni ma’naviy yangilanishi jarayonida madaniy me’rosga munosabat
1. “Madaniyat” tushunchasida tarixiylik va ilmiylik
- Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko’p imkoniyatlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi.
Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi ijtimoiy, tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi. “Madaniyat’’ atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. ”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaharlik” dagan ma’noni bildiradi. Agar Amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952-yildagi ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.
2. Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni
Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, bor bilim olami bo’lib, u insonni qayerda yashashini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun o’ta shaxsiy mohiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabatga o’tadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo’luvchi axloq va shakillarni yaratishda va anglashda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbatan munozarali emas, balki muloyim munosabat shakillanadi. Munozaralar tug’ulgan holda jamiyatni mustahkamlashda munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi. Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatdan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar hayotiy faoliyatlarning majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipidir. Ishlab chiqarish munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi. Shaxs bilan jamiyatning o’zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo’lib, shaxs madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham o’z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakillanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatni kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va shaxsning madaniyat ehtiyojlarini ta’minlaydi. Jamiyat bilan shaxsning o’zaro munosabati shaxsning erkinligi, uning, huquq va burchlari, insoniy qadriyatlar haqidagi muammo barcha tarixiy davrlaridagi muhim masala hisoblanadi.
Inson tabiatning oliy mahsuli bo’lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixni taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub’yektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakillantiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat narsalar yaratib qolmay, o’zini, o’z shaxsiyatini ham qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o’zini takror ijod qiladi va u ijtimoiy mavjuddir. Odam ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish natijasida shaxsga aylanadi.
Inson ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida muayyan huquq va burchlarga egadir. Bu uning shaxs ekanligini ifodalaydi.
- shaxsning komillikka erishuvini ta’minlashda jamiyatdagi mehnat madaniyatni rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongini oshirish, axloqiy va estetik nafosatini tarbiyashda madaniyatning tarkibiy qismlari katta vazifani bajaradi. Shaxsni sotsial jihatdan fikrlashiga ko’ra insonning mehnat madaniyati, munosabat madaniyat, axloq madaniyati, badiiy tafakkur madaniyati, dunyoqarashi ruhning olami haqida gapirish mumkin.
3. O’zbekistonda jamiyatni ma’naviy yangilanishi ijarayonida madaniy merosga munosabat
O’zbekiston o’z mustaqilligini mustahkamlash johon ham jamiyatida o’zining munosib o’rnini egallash jarayonida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda – kishilar tafakkurida tubdan o’zgarish – milliy g’oya-milliy mafkurani shakillantirish jarayoni kechmoqda. Prezident I.Karimovning quyidagi so’zlari o’ta ibratlidir: “Biz kelgusi asrga o’zimiz bilan nimani olib o’tishmiz mumkin? Va nimalardan vos kechishimiz darkor? Ya’ngi ming yillikda qanday muammolarning yechimi bizning diqqat e’tiborimiz turmog’i lozim? ¹” ( I.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. 1999-yil 3-bet.)
Madaniy me’ros - bu o’tmishdan qolgan qadriyatlar, g’oyalar, tajriba, bilimlar ularni o’zlashtirish usullari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va ularni tashkil qilish hamda uning natijasidir. O’zlashtirish yoki aniqrog’i madaniy me’ros jarayoni o’ta muhim bo’lib, madaniyatning harakatdagi siyosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insoniyatning o’tmishi, buguni va kelajagi bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi. Bor narsani izlash, ma’lum narsani ochish, qilinga kashfiyotni kashf etish kerak bo’lmaganidek o’tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shart emas. O’tmish bilan batamom uzulish mumkin emas. Insoniyat tarixida mutlaqo yangi madaniyat yaratishga urunishlar bo’lgan biroq bunday urunishlar xunuk natijalarga olib kelgan. Bunda 1920-yillarda Sovet Rossiyasida “proeetar madaniyati”yaratishga urunishi yoki madaniyat inqilobini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu “inqiloblar” jarayonida yangi madaniyat yaraladi, aksincha bori ham yo’q bo’ladi: qo’l yozmalar,kitolar, suratlar yoqildi; me’moriy yodgorliklar buzuldi, eng achinarlisi madaniy qadriyat egalari mavh qilindi. Oqibatda o’tmish bilan bog’liq uzviylik jamiyat ma’nan orqaga ketdi.
Madaniyatning me’yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodga meros qilib qoldirishni bildiradi. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asososiy e’tiborni qaratgan holda O’zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga harakat qilib jahon madaniyati rivojiga hissa qo’shmoqda. Bu borada jadal amaliy yo’llar qilinmoqda: xalqaro konkurs va fiestevallar o’tkazilishi, chet mamlakatlarning madaniy kunlari va san’at asarlari ko’rgazmasi namoyish qilindi, Hind madaniyat markazi, Fransuz madaniyat markazlari ochildi. Hozirgi kunda turli xalqlarning milliy markazlari 100dan ortdi.
Sharq ug’onish davri madaniyati o’ziga xos hususiyati
Reja:
1. IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari.
2. Islom madaniyati.
3. Sharq Uyg’onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi o’rni.
1. IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari
IX-XII asrlarda jahon sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti davomida birinchi bo’lib Sharq mo’’jizasi ro’y berdi. Huddi shu davrda qadimgi Sharq mintaqasiga mansub Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy, Markaziy Osiyo hududlari insoniyat sivilizatsiyasining ilk sarchashmalari sifatida shakllandi.
Bu jarayonda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan, Sharqu g’arbni tutashtirgan, o’zaro madaniyat, dinu e’tiqod, urf-odat, udumu an’analar almashinuvini ta’minlagan Buyuk ipak yo’lining o’rni katta bo’ldi. Ko’xna Хitoy yurtidan boshlangan bu yo’l avvalo Sharq xalqlarini bir-biri bilan bog’lagan, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy-ma’naviy aloqalarini rivojlanishi, turmush tarzini boyishida sezilarli turtki bo’ldi. Sharq xalqlari, elatlarining tili, urf-odatlari, musiqasi, to’yu ma’rakalari, diniy rasm-rusumlaridagi o’xshashlik jihatlarining mavjudligi ham buni yaqqol isbot etadi.
Shuningdek, VII asrdan boshlab arab dunyosida islom bayrog’i ostida vujudga kelgan xalifalik davlati qisqa tarixiy davr ichida ko’pgina hududlarni egallab ularda nisbatan yagona iqtisodiy va madaniy-ma’naviy makon yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bunday hollar Sharq Uyg’onish jarayoniga va ayniqsa arab dunyosi bilan tutashgan Markaziy Osiyo hududlariga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi.
IX-XII asrlar davomida xalifalik tasarrufidagi mamlakatlarda islomiy hamda dunyoviy madaniyatning yonma-yon rivojlanishiga keng yo’l ochildiki, bu hol oxir-oqibatda Sharq dunyosini ulkan o’zgarishlarga olib keldi.
Bu jarayonlarning kuchayishiga shu yurtlar hukmdorlarining o’z davrining donishmand, bilimdon, ilmparvar siymolari sifatida adolat, qonun ustuvorligiga amal qilib faoliyat yuritganligi ham ma’lum ma’noda turtki bergan. Buni xalifalik hukmdorlari sanalgan Хorun ar-Rashid, Ma’mun yoxud ona yurtimiz ma’rifatparvar hukmdorlari: Nasr, Ismoil Somoniylar, Mahmud G’aznaviy, Malikshox, Nizomulmulk, Jaloliddin Manguberdi, Amir Тemur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo va boshqalar timsolida aniq-ravshan ko’rishimiz mumkin.
Sharq Uyg’onish davri o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra quyidagi muhim omillar va hususiyatlari bilan yaqqol ajralib turadi:
1) madaniyatda dunyoviy bilimlar, islom axkomlari, aqidalarning rivojlanishi, ularning jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai nazaridan talqin etilishi;
2) turli davlatlar, xalqlarning (arab, eron, yunon, xind, turkiy va bosh.) madaniy meroslari, qadriyatlari, yutuqlari, ma’naviy boyliklaridan foydalanish zarurligi;
3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji;
4) uslub (metodologiya)da ratsionalizm (oqilonalik), mantiqning ustuvorligi;
5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylik g’oyalarining targ’ib etilishi, komil inson shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish;
6) falsafa va tarix fanlarining o’sishi;
7) adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi;
8) bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof topishi va x.k.
2. Islom madaniyati
Arab xalifaligi VII-VIII asrlar davomida Mag’ribu Mashriqning keng hududlarini, shu jumladan Markaziy Osiyo yerlarini ham o’z tasarrufiga kiritgan edi. Хalifalikka kirgan hududlarga asta-sekin arab madaniyati, uning ko’plab unsurlari kirib kela boshladi. Eng asosiysi, islomning muqaddas kitobi «Qur’oni Karim» g’oyalari turli xalqlar orasida keng yoyila boshladi. Buning uchun bu yerlarda arab tili, arab yozuvi joriy etildi. Musulmon madaniyatining ko’rki hisoblangan naqshinkor bezaklar bilan ziynatlangan salobatli masjidu madrasalar, xonaqoyu maqbaralar, diniy va ilmiy kitoblar, qo’lyozmalarga boy kutubxonalar va boshqa inshootlar qad rostlay boshladi. Ular shu xalqlarning avvalgi moddiy madaniyati xarobalari o’rnida barpo etildi.
«Qur’oni Karim” («qiroat» so’zidan olingan) g’oyalari, qadriyatlari (odamlarni to’g’rilik, rostgo’ylik, poklik, halollik, ezgulik, yaxshilik, saxovat, do’stlik, birodarlik, o’zaro totuvlik, hamjihatlik, tinchligu osoyishtalikka undash va h.k.), islomiy ahkomlar, jamiyatu odamlar hayotiga singdirib borilib, shu asosda ular avvalgi ko’pxudolik, g’ayridiniy sarqitlardan, xurofot tushunchalaridan xalos bo’lib bordilar. Хalifa Usmon payg’ambarimiz o’limidan keyin og’izma-og’iz ko’chib yurgan “Qur’oni Karim” matnlarini bir joyga to’plab, yagona mukammal matnni yaratib, islom madaniyati tarixida nom qoldirgan. U kotib Muxammad Zayd ibn Sobit ko’magida va payg’ambarimizning tirik sahobalari guvohligida “Qur’oni Karim”ning yagona nusxasini tuzib chiqadi. So’ng yagona nusxadan besh nusxa ko’chirib Makka, Madina, Damashq, Kufa va Basra shaharlarida saqlashga buyuradi.
Хalifa Usmon Qur’oni Amir Тemur Shom (Suriya) yurishidan o’lja sifatida o’z poytaxtiga olib kelgan. Тemuriylar tarixi Davlat muzeyida saqlanayotgan mavjud “Qur’oni Karim” dastlabki tayyorlangan islomiy manbadir. Ayni chog’da islom madaniyatining gultojisi hisoblangan hadisshunoslik ilmi rivoj topib bordiki, bunda xam peshqadamlikni o’rta Osiyolik buyuk muhaddis olimlar egalladilar. Islom olamida Qur’oni Karimdan keyin mo’’tabar manba, bu hadisi sharifdir. Sharif degan so’z arabcha bo’lib, sharafli, aziz, qadrli degan ma’nolarni anglatadi. Sharif unvoniga sazovor bo’lgan shaharlar,bular: Shom, Bag’dod, Quddus, Mozori Sharif va Buxoroyi Sharifdir. Muhammad sallollohu alayhi va sallamning aytgan gaplari, qilgan ishlari, shularning hammasi sunnat hisoblanadi. Bular haqidagi dalolat esa xadisdir.
Butun musulmon dunyosida birdan-bir to’g’ri, ishonchli deb tan olingan 6 nafar hadischilar: Imom Buxoriy, Imom Muslim al Hajjoj, Iso at-Тermiziy, Imom Abu Dovud Sijistoniy, Imom An-Nasafiy, Imom Abdulla ibn Yazib ibn Mojjalar hammasi aslan Markaziy Osiyolik bo’lib, ularning «qutubi sitta» («Olti kitob») asari butun dunyoga mashhurdir. Ular orasida Imom Buxoriy (810-870) va ul zotga mansub «Al jome’ as-sahih» («Ishonarli to’plam») asari yagonadir. Bu asarni islomshunoslar «qur’oni Karim»dan keyingi ulug’ o’ringa qo’yadilar. 4 jilddan iborat bu muborak kitobga 7275 ta eng sahih (ishonarli) hadislar kiritilgan bo’lib, ular nihoyatda qimmatli tarbiyaviy-ma’rifiy ahamiyatga egadir. Allomaning «Al adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari ham mashhurdir. Bular mustaqillik yillarida o’zbek tilida birinchi bor chop etildi. Uning bulardan tashqari yana 20 dan ziyod asarlari mavjud. Alloma tavalludining 1225 yilligi o’lkamizda 1998 yilning oktabrida keng nishonlandi hamda uning xoki-poyi dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog’ida esa unga bag’ishlab yodgorlik majmui barpo etildi.
Imom Buxoriy shogirdi va izdoshi Imom at-Тermiziy (824-892) xam buyuk xadisshunos allomalardan biridir. Uning mashxur asari «Al-jome’» deb ataladi. «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg’ambarning aloxida fazilatlari», 408 ta xadisu sharifni o’z ichiga olgan mazkur asar 1991 yilda o’zbek tilida birinchi bor chop etilgan), «Kitob az-zuxd» («Тaqvo haqida») va boshqa kitoblar ham bu zoti sharif qalamiga mansubdir. Islom ta’limotida shariat va uning ruknlari xam muxim o’rin tutadi. Shariat (arabchada to’g’ri yo’l, qonunchilik ma’nosida) - islom diniy xuquqi, ya’ni barcha musulmonlar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qonunlar, huquqiy-axloqiy ko’rsatmalar majmuidir.
3. Sharq Uyg’onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi o’rni.
Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jug’rofiya, tarix, geologiya, geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yo’nalishlarining tamal toshini yaratdilar. Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg’inoniy, Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz. Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan tag’inda mo’l-ko’l baxramand bo’la boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom Karimov, - ma’naviyat buloqlarining ko’zi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand bo’la boshladik. Sho’ro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning durdona so’zlarini biz obi kavsardek ko’zimizga surtmoqdamiz. O’ylaymanki, biz nimaga erishgan bo’lsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning bizga in’om etgan marhamatidandir». Allomalarimizning qomusiy bilimdonliklari shundaki, ularning har biri bir emas, balki ko’plab ilm-fan yo’nalishlarida ulkan kashfiyotlar o’ildilar. Bu jihatdan Muhammad Muso al-Хorazmiy (783-850), Ahmad al-Far¨oniy (797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950)larning fandagi jasoratlari ibratlidir. Agar al-Хorazmiy matematikaga oid «Hisob aljabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Astronomik jadvallar», «quyosh soatlari haqida risola» asarlari bilan matematika (algoritm) va astronomiya fanlarining tamal toshini qo’ygan bo’lsa, uning «Kitob surat al-arz» asari arab geografiyasi fanining tom ma’noda yaratilishiga negiz bo’lib xizmat qildi. Olimning «Kitob at-tarix»i esa Movarounnahr, Хuroson va Kichik Osiyo xalqlari tarixining VIII-IХ asrlari davrini o’rganish uchun muhim manba hisoblanadi.
Ma’lumki arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VII asrdan boshlab esa arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qo’llanilgan edi. Al-Хorazmiy Hindistonda kashf qilingan o’n raqamidan iborat sanoq tizimini o’rgandi, soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Хorazmiy «Arifmetika» si bilan birga hind raqamlari ham arab dunyosiga kirib keladi. XII asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaladi. Arab raqami hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tanitgan Al-Хorazmiy ekani Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida ham aytib o’tilgan. U o’z davridagi Bag’dod ilmiy Akademiyasi faoliyatiga rahbarlik qilgan, bu esa uning nufuzining ko’tarilishiga katga ta’sir ko’rsatgan. Astronomiya, geografiya va boshqa fan sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan Ahmad al-Farg’oniy nomi ham mangulikka daxldordir. Chunonchi, olimning «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» singari asarlari allomaga astronomiya ilmida jahoniy shuhrat keltirdi. U Yer sharining ilk bor xaritasini tuzgan birinchi buyuk geograf olim hamdir. U nafaqat Sharq dunyosida shuhrat qozonib qolmay, balki G’arb olimlari e’tirofiga ham sazovor bo’lgan. Shu bois u Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhurdir. Bejiz yurtboshimiz Al-Farg’oniyni «...kishilik tarixidagi ilk Uyg’onish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasi fundamental fan asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sababchi bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi», deb ta’rif etgan edi.
Тabiiy va ijtimoiy fanlar rivojiga birdek katta hissa qo’shgan, geologiya, minerologiya, geodeziya, geografiya, farmakologiya fanlarining tamal toshini qo’yishga muvaffaq bo’lgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham ilm-urfon osmonining porloq yulduzlari sirasiga kiradi. Uning qalamiga mansub «Ma’sud qonuni», «Saydona», «Minerologiya», «Astronomiya kaliti», «quyosh kitobi» singari asarlari necha asrlar davomida turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi dunyo olimlari uchun bitmas-tuganmas ilmiy xazina rolini o’tab keladi. Olimning chuqur ilmiy yirik fundamental asari - «Hindiston» to’g’risida so’z yuritgan akad. V.R.Rozen «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo’q», deb baho beradi.
Ana’naviy madaniyatning dunyo madaniyatida tutgan o’rni
Reja:
Dostları ilə paylaş: |