Xorijiy filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 33,67 Kb.
səhifə2/2
tarix16.06.2023
ölçüsü33,67 Kb.
#131184
1   2
Mustaqil ish tarix

Ayollar huquqlari

Ayollar huquqlari - bu ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy, fuqarolik va siyosiy mavqeyini mustahkamlaydigan huquqlardir. Ular ayollarni jinsga qarab kamsitishlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Ayol huquqlari inson huquqlari sohasidagi ko‘plab xalqaro shartnomalar, rezolyutsiyalar, deklaratsiyalar va harakatlar dasturlarida kafolatlangan asosiy inson huquqlaridan biridir. Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro shartnoma Birlashgan Millatlar Tashkilotining ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (CEDAW) va uning Fakultativ protokoli hisoblanadi. Bundan tashqari, ayollar huquqlari BMTning boshqa shartnomalarining, jumladan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Irqiy kamsitishga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya, singari muhim elementlardir.
O‘zbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim ta'minlashga alohida e'tibor beradi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib, 1995 yil 6 mayda BMTning Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyasiga qo‘shildi. Shuningdek, Onalikni himoya qilish to‘g‘risida, Mehnat va kasb sohasidagi kamsitish to‘g‘risidagi Konvensiyalari va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan.
O‘zbekiston BMTning ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shilganidan beri oltita davriy hisoboti BMTning xotin-qizlarga nisbatan kamsitishni tugatish Qo‘mitasiga topshirildi.
Ayollarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan izchil qonunchilik va boshqa chora-tadbirlar tufayli ular o‘z huquq va erkinliklarini, tadbirkorlik, ta'lim, sog‘liqni saqlash, fan va ijtimoiy-siyosiy sohalardagi bilim va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tenglik mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 14-bobi "Oila" deb nomlangan va oila, onalik va bolalikni himoya qilishga bag‘ishlangan. Erta nikohlarning oldini olish maqsadida Kodeksining 15-moddasida erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi o‘n sakkiz yosh deb belgilangan. 
Milliy qonunchilikda ayollarning huquqlarini himoya qilishning ishonchli kafolatlari belgilangan.
Mehnat kodeksining 78-moddasi homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni tegishlicha homiladorligi yoki bolalari borligi sababli ishga yollashdan noqonuniy ravishda voz kechishga yo‘l qo‘ymaydi; 84-modda homilador ayollarni, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni, korxona uchun belgilangan eng kam ish joylariga ishga yuborilgan shaxslarni (bolalari bo‘lgan ayollarni) ishga qabul qilishda dastlabki sinovni belgilamaydi.
Oila kodeksi bola katta yoshga to‘lgunga qadar, shu jumladan ko‘chmas yoki ko‘char mulk yoki boshqa qimmatbaho buyumlarni berish orqali alimentni oldindan to‘lash imkoniyati to‘g‘risidagi norma bilan to‘ldirildi. Ajrashgan taqdirda, er-xotinning huquqlarini kafolatlaydigan mol-mulkni taqsimlash tartibi belgilangan.
Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nikoh yoshiga oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.
2017-2021 yillarda ayollar huquqlarini ta'minlash va himoya qilishga qaratilgan bir qator me'yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotida ayollarning rolini oshirish sohasida:
2019 yil 2 sentyabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonunda “jins bo‘yicha bevosita kamsitish” va “jins bo‘yicha bilvosita kamsitish” tushunchalariga ta'rif berildi, normativ-huquqiy hujjatlar hamda ularning loyihalarini majburiy huquqiy ekspertizasi, gender statistikasi yuritilishi joriy etildi.
Oliy Majlis Senati raisi rahbarligida Gender tengligini ta'minlash masalalari bo‘yicha Komissiya tuzildi.
Parlamentning yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari Qo‘mitasi, quyi palatasida Oila va ayollar masalalari Komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasining tizimli faoliyati tashkil etildi, BRMning beshinchi maqsadi gender tengligiga erishish masalasiga bag‘ishlangan.
Oliy Majlis Senati raisi boshchiligida Respublika xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi tuzilib, uning asosiy vazifalaridan biri xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda Konvensiya va Pekin harakatlar platformasining qoidalarini amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirishdan iboratdir.
2022 yil O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi va uning ustuvor yo‘nalishlaridan biri xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta'minlashdan iboratdir. 
Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda faol ishtirok etishi, bugungi kunda mehnat bozorida talab qilinadigan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish maqsadida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli Jamg‘armasi tashkil etildi.
Xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilib, uning asosiy vazifasi hududlarda xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, tizimli hal etish, qashshoqlikni kamaytirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishdan iboratdir.
2019 yil 25 iyunda O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi. Unda fuqarolar jinsi, irqiy va milliy kelib chiqishi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma'lumoti, jinsi va mashg‘ulot xususiyatidan qat'i nazar, teng saylov huquqiga ega bo‘lish mustaxkamlangan.
Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida:
2019 yil 2 sentyabrda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi, u ayollarni uyda, ish joyida, ta'lim muassasalarida zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunda bir qator tushunchalar, «jinsiy zo‘ravonlik», «jismoniy zo‘ravonlik», «iqtisodiy zo‘ravonlik», «ruhiy zo‘ravonlik» «zo‘ravonlik», «tazyiq» kabi tushunchalarga keng ta'rif berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi «Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5116 sonli qarori bilan 1 ta Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha Respublika markazi, 14 ta hududiy markazlar va 14 ta namunali tumanlararo markazlari hamda zo‘ravonlik qurbonlari murojaat qilishi mumkin bo‘lgan 1146 qisqa raqamli «Call-center» tashkil etildi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni tuzatish dasturlari to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan huquqiy va ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha 360 nafar inspektorlar shtat birligi joriy etildi.
Onalar salomatligi sohasida:
Onalar va bolalar salomatligini har tomonlama mustahkamlashni ta'minlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2017 yil 25 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida" gi qarori qabul qilindi. Qarorda, jumladan, homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda patologiyani erta aniqlash bo‘yicha davlat tizimini yanada rivojlantirish, bolalarda nogironlikni kamaytirishga doir vazifalar belgilangan.
2019 yil 11 martda "Fuqarolarning reproduktiv salomatligi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan ayollar va erkaklarga reproduktiv huquqlarini amalga oshirishda teng huquq va imkoniyatlar, farzandlarining tug‘ilishi bilan bog‘liq mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi belgilandi, xavfsiz va samarali texnologiyalardan foydalanish kafolatlandi.
2019 yil 23 oktyabrda “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonunda ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash, go‘daklar va yosh bolalarning ovqatlanishini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat organlarining vakolatlari belgilandi.
Ayollarning mehnat va bandlik sohasidagi huquqlarini ta'minlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlarga muvofiq xotin-qizlarni ayrim sohalar yoki kasblarga jalb qilish taqiqlari bekor qilindi, shuningdek, ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan sohalar yoki kasblarning tavsiya etiladigan yangi ro‘yhati tasdiqlandi.
Ayollar 60 yoshga to‘lgunga qadar pensiya yoshiga yetgan yoki qonun bo‘yicha keksa yoshdagi pensiya olish huquqini yaratganligi sababli noma'lum muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi.
Ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan biznes-inkubator shaklida "Ayollar tadbirkorlik markazlari" tashkil etildi, ularning asosiy vazifalari tug‘ruq ta'tilida bo‘lgan va og‘ir iqtisodiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga qayta tayyorlashdan iborat. Maxsus o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan ayollar uchun Jamg‘arma va xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun kamida 3 yil, 6 oylik imtiyozli davr va yillik 8 foiz stavkasi bilan imtiyozli kreditlar beriladi.

  1. Yurtimizda xotin-qizlar huquqlarini tiklash jarayoni qanday bormoqda?


Jahonning ko‘pgina davlatlarida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari alohida toifalanadi. Chunki bunday holatlarning oldini olish ham, ular oqibatlarini bartaraf etish ham o‘ziga xos tafovutlarga ega. Ekspertlar fikricha, uy sharoitidagi zo‘ravonlik va oilaviy zo‘ravonlik bu noxush vaziyatlarning shunday bir turiki, ularga ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq duch keladi. Boisi oddiy – ular aynan ayol bo‘lganliklari uchun ko‘p hollarda zo‘ravonlik qurboniga aylanadi...
Maʼlumki, 1981 yildan buyon dunyo bo‘ylab faol ayollar 25 noyabrni Zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni sifatida nishonlab keladi. 1999 yil 17 dekabrda esa BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan shu sana Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni deb eʼlon qildi.
Shu munosabat bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q” shiori ostidagi "Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar" kampaniyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Shu o‘rinda bugungi kunda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi global kampaniya jahondagi 187 ta davlatda o‘tkazilib, 6 mingdan ziyod tashkilotlar va 300 million kishi qamrab olinganligini alohida aytish zarur.
Bunga sabab, gender zo‘ravonlik geografik, ijtimoiy yoki iqtisodiy chegarani bilmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham, rivojlangan davlatlarda ham ushbu muammo mavjud. BMT maʼlumotiga ko‘ra, 15 yoshdan oshgan har uchinchi ayol hayoti davomida kamida bir marta jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka uchrar ekan.
Aslida, ayollarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik barcha demokratik jamiyatlarda, jumladan, Islom olamida ham qoralanadi. Zo‘ravonlik jamiyatdagi eng noxush holat sifatida insonlar o‘rtasidagi tenglik, erkinlikni cheklaydi.
Shu sababli yurtimizda sunggi yillarda gender tenglikni taʼminlash sohasida izchil va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 2022 yilning fevral oyida BMT Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish bo‘yicha qo‘mitasining 81-sessiyasida O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarni aniqlash, ularning oldini olish va chek qo‘yish borasida yaratilgan samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlar va amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi maʼruza bilan ishtirok etdik. Eʼtiborlisi, bu boradagi saʼy-harakatlarimiz yuqorida nomi aytib o‘tilgan tuzilma ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi.


Foydalanilgan adabyotlar ròyxati:

  1. https://yuz.uz/uz/news/yangilanayotgan-ozbekistonda-gender-tenglikning-huquqiy-asoslarò

  2. https://nhrc.uz/oz/menu/prava-zhenschin

  3. https://senat.uz/articles/post-219




Yüklə 33,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin