29
8.1. Mamlakatimizning eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotini rivojlantirishning
asosiy yo’nalishlari
8.2. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish
kontseptsiyasi
8.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy investitsiya
ishtirokidagi korxonalarni kreditlash
8.4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati
8.1.Mamlakatimizning eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotini
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish,
shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining eksport faoliyatini
takomillashtirish iqtisodiy qayta qurishning hozirgi bosqichida muhim hisoblanadi.
SHu bilan birga O’zbekiston oldida mamlakatning xom – ashyo tovarlari eksportiga
qaramligini pasaytirish, import va eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish hamda
qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan tovarlar eksportini jadallashtirish kabi masalalar
turibdi.
Bugungi kunda mamlakat eksportini rivojlantirishning asosiy muammolaridan
biri importga nisbatan tarif va notarif protektsionizmning yuqori darjada
mavjudligidir. Ayni vaqtda yuqori savdo to’siqlari nafaqat iste’mol tovarlarini
(pirovardida foydalanish uchun tovarlarni) import qilishni, shu bilan birga ham
eksportga, ham ichki bozorga yo’naltirilgan milliy ishlab chiqarishlarni rivojlantirish
zarur bo’lgan oraliq tovarlar importini ham cheklab qo’yadi. Bundan tashqari, ichki
bozorda tashqi raqobatni cheklash iqtisodiy resurslarni samarasiz taqsimlash uchun
omil yaratadi. Natijada o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda importdan himoya
qilingan tarmoqlarning nisbatan raqobatbardoshlik qobiliyati pasayib ketadi.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga bo’lgan talabni o’rganish,
bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish
eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini
ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb
etadi:
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini
kamaytirishda ko’maklashish;
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar,
raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;
- yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va
h.k.
Dostları ilə paylaş: