Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 147 - 
2.4.5. Sanoat 
Frantsuz sanoati mamlakatning iqtisodiy jihatdan qayta tiklanishida juda katta 
ahamiyat kasb etadi. Shunga qaramasdan, 1970 yillar oxiridan boshlab bozor 
mexanizm munosabatlaridan so‘ng ushbu sektor (qurilish, muhandaslik, 
texnologiya) mamlakatda ishchilarning deyarli to'rtdan bir qismini ish bilan 
ta'minladi. Keyingi yillarda kapital investitsiyalar va ishlab chiqarishda sanoat 
zonalari faoliyati ancha arzonlashdi va yanada pasayib ketdi. Shunga qaramay, 
sanoat sohasidagi aholi bandligi hali ham kamayib bormoqda. Mamlakatda ko'p 
millatli guruhlarning kengayib borishi natijasida tobora ortib borayotgan mulkchilik 
Transmilliy kompaniyalarga aylana boshladi. Bu esa tashqi bozorlarga frantsuz 
sanoatining katta ta'sir ko'rsatishga imkon beradi. Mamlakatning yetakchi tarmoqlari 
mashinalar, metallar, kimyoviy moddalar, avtomobillar, samolyotlar, to'qimachilik, 
kosmetika va qimmatbaho zargarlik buyumlari hamda elektronika mahsulotlari 
tashkil etdi.
Oziq-ovqat 
mahsulotlarini 
qayta 
ishlash 
sanoatining 
takomillashuvi 
Frantsiyada sharob va pishloq kabi mahsulotlar uchun katta imkoniyatlar yaratdi. 
Avtomobil sanoatida ikki asosiy ishlab chiqaruvchisi, Peugeot SA (Citroënni ham 
qo'shgan holda) va Renault kompaniyalari bo'lib, ular yiliga qariyb to'rt million 
avtomobil ishlab chiqaradi. Ular uchun asosiy shinalar ishlab chiqaruvch kompaniya 
Mishel kabi yonma-yon sanoat tarmoqlarida ish bilan band bo'lib, katta miqdorda 
bevosita ish o'rinlari yaratdi. Bundan tashqari, Fransiya temir yo'l lokomotivlari va 
poyezdlarini ishlab chiqarish uchun muhim sanoatga ega bo‘lib, buning uchun 
tezyurar yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezd (temir yo'l vagonlari - TGV) 
tarmog'i katta sanoat mahsuli hisoblanadi. 
Kimyo sanoati doirasida ishlab chiqarish asosiy organik va noorganik 
mahsulotlardan nozik kimyoviy moddalar, farmatsevtika mahsulotlari va boshqa 
paraximyoviy buyumlar, shu jumladan parfyumeriya mahsulotlariga to'g'ri keladi.
Po‘lat ishlab chiqarishda ustun bo'lgan metallurgiya sanoati 1970-yillarning 
oxiri va 80-yillarning oxirlarida qayta ishlash tajribasiga ega bo'ldi. Dastlab Lorrain 
hududida temir konlari mavjudligi sababli konsentrlangan po'lat ishlab chiqarish 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin