2.5.6. Xizmatlar sohasi Birlashgan Qirollikdagi eng e'tiborli iqtisodiy rivojlanish xizmat ko'rsatish
sohasining o'sishi bo'lib, hozirgi kunda YaIMning uchdan ikki qismini va jami ish
bilan band aholining to'rtdan uch qismini ta'minlaydi. Bu real daromadlarning
o'sishi, iste'mol xarajatlarining shakllanishidagi o'zgarishlarni va biznes xizmatlarini
tashqi bozorlarda izlash va kengaytirishni aks ettiradi. Garchi ayrim xizmatlar,
masalan, jamoat transporti, kir yuvish xizmati, kino va teatrlar kabi xususiy tovarlar
foydasiga kamaygan bo'lsada, bu xizmatlarni tarqatish, saqlash, va sotish Britaniya
uchun klassik iqtisodiyot bo‘lib qolmoqda. Boshqa rivojlangan xizmat ko'rsatish
sohalari mehmonxonalar va ovqatlanish, havo safarlari va dam olish bilan bog'liq
boshqa tadbirlar, (ayniqsa, chakana savdo) va moliya sohalaridir. Ayniqsa, hisob-
kitob tizimlari va dasturiy ta'minot, boshqaruv konsultatsiyasi, reklama va bozor
tadqiqotlari, shuningdek, ko'rgazma va konferentsiya majmualari bilan ta'minlash
kabi boshqa biznesni qo'llab-quvvatlash xizmatlarida tezkor o'sish kuzatildi.
Angliya, dunyoning eng mashhur san'at auktsion uylarining asosiy qismi
hisoblanadi. London birjalari (LJSE), London buxgalterlar uyi (London Accountany
Hall),
London
xaridlar
uyushmasi
(CIPS),
London
audit
(PriceWaterhouoseCoopers, Deloid), dunyo bo‘ylab ingliz tili darajasini baholab
beradigan korporatsiya (IELTS), havfsizlik va ehtiyotkorlik bo‘yicha (CSCS),
sug‘urta, bank xizmatlati, brokerlik, dealerlik, logistic, autsorsing, 2PL, 3PL, 4PL,
express pochta xizmatlari, online hamrohlik, televideniye, radio, ta‘lim, tibbiyot
deyarli barcha sohalarda alohida kompaniya rivojlanish tarixi va modeliga ega.
Barcha faoliyat turlari mualliflik huquqlari bilan himoyalangan va davlat
ro‘yxatidan o‘tgan korporatsiyalardir.
2017
yilning
to'rtinchi
choragida
Birlashgan
Qirollikdagi Xizmatlar
YaIMning miqdori 349,531 mlrd. GBP miqdorga oshdi. 2017 yilning uchinchi
choragida esa, bu ko‘rsatkich 348,077 mlrd. GBPni qayd etdi. Birlashgan Qirollik