XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 300 -
3.2.2-jadval
Shveytsariyaning
tashqi savdosi tovarlar tarkibi va yo’nalishlari (2017 y.)
Eksport
Import
Eksport (USD)
$0.22 trl (2017)
Import (USD)
$0.20 trillion(2017)
Tovarlar
bo’yicha
eksport tarkibi
mashinalar, kimyoviy
moddalar, metallar, soatlar,
qishloq xo'jaligi
mahsulotlari
Tovarlar
bo’yicha
import tarkibi
mashinalar, kimyoviy
moddalar, transport
vositalari, metallar; qishloq
xo'jalik mahsulotlari,
to'qimachilik
Asosiy
hamkorlar
Germaniya 14.2%
AQSh 10.6%
Gong Kong 8.7%
HIndiston 7.3%
Xitoy 6.9%
Fransiya 6.1%
Italiya 5.4%
Buyuk Britaniya 4.8%
Asosiy
hamkorlar
Germaniya 20.7%
Buyuk Britaniya 12.8%
AQSh 8.1%
Italiya 7.8%
Fransiya 6.7%
Xitoy 5.1%
Manba:
countrymeters.info/ru, ciaworldfactbook , focus-economics.com rasmiy ma’lumotlari asosida mualliflar
ishlanmalari.
Shveytsariya eksporti avvalgi oyga nisbatan 1,8 foiz darajaga o'sib, 2018 yil
fevral oyida 19,33 mlrd. CHFga yetgan. Unda asosan, kimyo va farmatsevtika
mahsulotlarini (4,1 foiz) sotishdan yuqori bo'ldi; zargarlik buyumlari va bijuteriya
(22,6 foiz); oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari (2,7 foiz)ni tashkil etdi.
Bunga qaramasdan, eksport: mashinalar va elektronika (-2,3 foiz); soatlar (-0,7
foiz); aniq vositalar (-2,3 foiz); va metallar (-2,1 foiz). Asosiy savdo sheriklari
orasida eksport asosan ,Germaniya (1,2 foiz), Italiya (10,3 foiz), Fransiya (8,9 foiz)
va Ispaniya (39,1 foiz) ga o'sdi. Shu bilan birga, AQSh (-0,2 foiz), Buyuk Britaniya
(-23,6 foiz), Xitoy (-13 foiz) va Yaponiya (-6,4 foiz). Shveytsariyada eksport 1950
yildan 2018 yilgacha bo'lgan o'rtacha 65,30.57 mlrd. CHFga teng bo'lib, 2017 yil
dekabrda esa 19,80 mlrd.CHFni tashkil qildi. 1950 yil yanvar oyida rekord
darajadagi ko‘rsatkich 245.90 mln. CHFga yetdi.
Shveytsariyaga olib kelingan import 2018 yil avvalgi oyga nisbatan 9,8 foizga
kamayib, fevral oyida 16,12 mlrd. CHFga yetdi. Bu esa, kimyo va farmatsevtika
mahsulotlarini (-20 foiz) sotib olish hajmining pasayishi bilan izohlanadi; mashina
va elektronika (-5,6 foiz); metallar (-2,1 foiz); transport vositalari (-33,6 foiz); va
to'qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal (-1,3 foiz)ni qayd etdi.
|