XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 398 -
yoqilg‘i-energetika, soliq, bojxona, bank-moliya, konsalting xizmati, aviatashuv,
kimyo,
atrof muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar hamda
sayyohlik sohalari uchun mas‘ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari
rahbarlari ishtirok etdi.Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi
tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari Shavkat To‘laganov,
Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari departamenti
bosh direktorining o‘rinbosari Bard Svendsen davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik
aloqalari ko‘plab sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta‘kidladi.
Norvegiyalik ishbilarmonlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarmoya jalb
etishning ustuvor yo‘nalishlari, yurtimizda davom etayotgan keng ko‘lamli
xususiylashtirish
jarayoni, iqtisodiyotimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan
islohotlar, bank-moliya tizimi, neft-gaz sohasi hamda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi o‘zgarishlar,
shuningdek, ―Navoiy‖ erkin
industrial-iqtisodiy zonasida yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit va imkoniyatlar
bilan atroflicha tanishtirildi.O‘zbekiston va Norvegiyaning o‘zaro savdo-iqtisodiy
aloqalarni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari katta.
Joriy yilning yanvar-
sentyabr oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davridagiga
nisbatan ikki barobar ortdi.
Forumda O‘zbekiston va Norvegiyaning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlari
yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ikki mamlakat o‘rtasida
savdo-iqtisodiy va
sarmoyaviy
hamkorlikni yanada rivojlantirishga, Norvegiya kompaniyalarini
mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etishga oid masalalar
muhokama
qilindi
242
.
Anjumanda ishtirok etgan Norvegiyaning o‘nga yaqin yirik kompaniyasi
vakillari o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik o‘rnatish, siyosiy muloqot,
parlamentlararo hamkorlik,
iqtisod va sanoat, hamda ilg‗or texnologiyalar,
madaniyat va san‘at sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlashni ko‗zlaydi.
Dostları ilə paylaş: