XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 471 - xo'jaliklarini yo'qotibgina qolmasdan, balki fermer xo'jaligiga nisbatan kam
miqdordagi daromadni ta'minlab berishgan edi
296
.
Sobiq Ittifoq hukumati bozor iqtisodiyotiga o'tishda qiyinchiliklarga duch
keldi. Xususiylashtirishga ehtiyotkorlik bilan yondashgan bo‘lsada davlat
sarmoyalar uchun katta mablag'ga ega bo'lmagan va ko'plab davlat korxonalari
xorijiy sarmoyadorlar uchun jozibador emas edi. Sovet Ittifoqi parchalanib ketgan
bozorlar almashinuvi ishlab chiqarishni tiklashga olib kelishiga qaramasdan, qayta
qurish jarayoni asta-sekin o'sib boradi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish eng yaxshi ishlab
chiqildan davlat loyihalari asosida sekinlik bilan kechadi. 1990-yillarda hukumat
ko'plab ishsizlarni qo'llab-quvvatlashi maqsadida eskirgan sanoat uskunalari
bazasida ishlatishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, chakana savdo va turizm bilan
bog'liq ko'plab kichik tadbirkorlik loyihalari ishlab chiqildi.
1990-yillarning oxiriga kelib, Ruminiyada aralash iqtisodiyotning rivojlanishi
kuzatildi va bozor iqtisodiyotiga to'liq mos keladigan tendentsiya aniq namoyon
bo'ldi. Og'ir sanoat, konchilik, transport va aloqa sohalarining muhim tarmoqlari
hukumat nazoratida qoldi. Bozor mexanizmlarini rivojlantirish va erkinlashtirish
uchun bevosita milliy iqtisodiy siyosat ishlab chiqildi. Yuqori ishsizlik va
inflyatsiya darajasi, ijtimoiy yashash darajasining umumiy pasayishiga olib keldi.
1989 yilda inqilobdan keyin tashqi yordamga qarab turmasdan investitsiyalarni jalb
qilish bo‘yicha jozibadorlik me‘yorlarini ishlab chiqdi. Soliq qonunchiligi
takomillashtirildi hamda korruptsiyaning keng tarqalganlishining oldi olindi. 1997
yilga qadar qonunlar xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun o'zgartirildi.
2001 yilda Xorijiy investitsiyalar bo'yicha Ruminiya agentligi tashkil etildi.
2000-yil boshida xorijiy sarmoyaning yetakchi manbalari Gollandiya, Avstriya,
Fransiya, Germaniya, Italiya va AQShdan moliyalashtirilgan. Shuningdek, ushbu
davrda yalpi ichki mahsulot 2002 va 2008 yillar oralig'ida to'rt barobardan ko'proq
o'sdi va inflyatsiya darajasi o'n yil ichida bir raqamga tushib ketdi. Konstitutsiyaga
ko'ra, xususiy mulk huquqi va bozor iqtisodiyoti kafolatlanadi. Tabiiy resurslar
296 https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/rmn.html