XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 506 - Tashqi savdo joriy hisobining 2017 yilga nisbatan pasayishi kuzatilgan bo'lsa-
da, eksportning barqaror o'sishi kutilmoqda. Bolgariyaning Yevropa Ittifoqi
bozorlarida raqobatbardoshligi va yuqori tovarlar bahosining o‘sishi bilan
eksportning
rag‘batlantirilishi mustahkam iqtisodiy rivojlanish kutilmoqda.
Importning o'sishi neft narxining yuqoriligi hamda iste'mol mahsulotlari va xorijiy
investitsiyalar uchun ichki talabning kuchayishi bilan bog'liq bo‘lib qolmoqda.
4.4.2-rasm. Bolgariya YaIMning yillik o’sish darajasi (2016-2018 yil ikkinchi choragi) 314 Bolgariya iqtisodiyoti 2017 yilning to'rtinchi choragida o'tgan yilning shu
davriga nisbatan 3,6 foizga o'sgan. 2015 yil ikkinchi choragidan beri eng zaif
iqtisodiy pasayish kuzatilib maishiy iste'mol uchun mahsulotlar ishlab chiqarish (3,6
foizni tashkil etdi), davlat xarajatlari 1,7 foizga pasaygan. Boshqa tomondan,
sarmoyalar miqdori keskin o'sdi 4,5 foizni tashkil etdi. Ayni paytda eksport juda
kam (4,1 foizga), import esa ko'tarilishni davom etmoqda (8,3 foizga nisbatan 5,1
foizga). Har chorakda yalpi ichki mahsulot 0,7 foizga o'sdi va oldingi chorakka
nisbatan 0,8 foizga va o'tgan chorakka nisbatan 0,9 foizga oshganini ko‘rish
mumkin. 2017 yilda iqtisodiyot 3,4 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilda esa 3,6
foizga o'sgan. Bolgariyadagi Yalpi Ichki Mahsulot o'sish sur'ati 1996 yildan 2017
yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha 2,96 foizni tashkil etdi va 1998 yilning birinchi
314 https://tradingeconomics.com/bulgaria/gdp -growth-annual
XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 507 - choragida 17,20 foizni tashkil etgan bo‘lsa 1996 yilning uchinchi choragiga kelib 14
foizni tashkil etdi.