XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 517 -
Hotel Anel. Sofia.
Kempinski Hotel Grand Arena
Premier Luxury Mountain Resort
Grand Hotel Sofia.
Hilton
319
4.4.15. O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari
Bolgariya mamlakatimiz mustaqilligini 1992-yil 6-yanvar kuni birinchilardan
bo‗lib tan olgan respublika hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
bilan Bolgariya
o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil sentyabr kuni o`rnatilgan. 2016 yil 25-fevral
kuni Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‗yicha O‗zbekiston – Bolgariya
hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‗lib o‗tdi. Tadbirda ikki
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo-sanoat, sarmoya,
neft-gaz, fan va
texnologiya, qishloq va suv xo‗jaligi, kimyo va oziq-ovqat sanoati, sayyohlik,
farmatsevtika, axborot texnologiyalari
va telekommunikatsiyalar, sog‗liqni saqlash,
me‘morlik, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, atrof-muhitni
muhofaza qilish, qurilish
materiallari ishlab chiqarish, injiniring va infratuzilma kabi
sohalar uchun mas‘ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari
ishtirok etdi.
Anjuman ishtirokchilari O‗zbekiston va Bolgariya o‗rtasidagi o‗zaro
savdo
aylanmasi hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, savdo-
iqtisodiy, sarmoyaviy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlashdan ikki
tomon ham manfaatdor ekanini ta‘kidladi. Mamlakatlarimiz
yuklar tranziti,
logistika, transport va transport kommunikatsiyalari, ilm-fan, sayyohlik, qishloq
xo‗jaligi, energetika va xususiy tadbirkorlik
kabi sohalarda hamkorlikni
rivojlantirish borasida katta salohiyatga ega ekani qayd etildi
320
.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni
Nyu-York shahrida Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev bilan
uchrashdi. Oliy darajadagi mazkur uchrashuvda O‗zbekiston – Bolgariya
319
https://www.tripadvisor.com/hotels-g294451-bulgaria-hotels.html
320
https://www.mf.uz/uz/novosti-uzbek istana/item/339-iqtisodiy-hamk orlik-yanada-rivojlanadi.html