XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 884 - bosh vazir bo'lgan Pol Keating "Avstraliyada bo'lishi kerak bo'lgan iqtisodiy
inqiroz" deb nomlangan kitobi nashr qilindi. Bu davrida YaIM - 1,7 foizga, ish bilan
ta'minlanish - 3,4 foizga, ishsizlik darajasi esa - 10,8 foizga pasayib ketdi. Shu bilan
birga, retsessiya uzoq muddatli inflyatsiya darajasini pasaytirishga yordam berdi va
Avstraliya 90-yillardan boshlab hozirgi kungacha inflyatsiyaning past darajasini
saqlab qoldi.
So'nggi o'n yilliklarda Avstraliya 1980-yillarda qabul qilingan iqtisodiy
islohotlar va jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlangan mintaqalaridan birida
joylashganligi sababli, xalqaro miqyosda raqobatbardosh, rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga aylanib bordi. Uzoq muddatli risklar orasida qolgan infratuzilmaga
bosim sifatida sel, qurg'oqchilik kabi ekologik muammolar o‘z ta‘sirini o‘tkazishi
sezila boshladi. Avstraliya yer yuzidagi eng issiq va qurg‘oq qit'a hisoblanadi. U
mintaqada iqlim o'zgarishi bilanoq juda katta muammoga aylanib boradi. National
Geographic kanalining bergan ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlaridan shuni anglash
mumkinki, mamlakat haqiqatan juda issiq va qaxshatli qurg‘oqchilikni boshidan
o‘tkazadi.
Ayniqsa, may oylaridan boshlab juda katta ko‘lamda o‘rmonlarning yonishi
natijasida issiqlik havoga ko‘tariladi va Musson (Mavsum) shamoli natijasida katta
anamaliya issiqlik Hind okeanidan katta miqdorda to‘yingan bo‘lutlarni Hindistonda
o‘rtacha 40 kundan beri yolvorib kutilgan yoz yomg‘irini baxsh tar ekan
580
. Endi bir
hisob-kitob qilsak, Avstraliyadigi iqlimiy o‘zgarishlar butun Hindiston va uning
atrofidagi mamlakatlarga juda katta miqdorda o‘z ta‘sirini o‘tkazar ekan. uda
zaiflashadi. Avstraliya dunyodagi eng go‘zal tabiatli mamlakat bo‘lib biologik
xilma-xillikning 10 foizini tashkil qiladi. Betakror ko'plab flora va faunasi, hayvonot
dunyosi; kengru, toshbaqa, krokadil, akula va turli-tuman qushlar dunyoda mavjud.