XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 890 -
Janubiy Uels (bitumli ko'mir, qo'rg'oshin, rux, kumush va mineral qumlar) va
Viktoriya (linyit va offshore neft va tabiiy gaz) mavjud.
Avstraliya neft xom ashyosi qazib olish bilan o'z-o'zini ta'minlashga qodir
emas. Ammo, ehtiyojlarining bir qismini qoplashga erishmoqda. O'rta muddatli
istiqbolda ichki va eksport talablariga javob beradigan ko'mir hamda tabiiy gaz
zahiralarini qayta ishlash yanada kengaytirilishi nazarda tutilgan. Ko‘mür
qazib
sanoati kelajakda yana uch asrdan ko'proq vaqt mobaynida davom etishi taxmin
qilinmoqda. Ammo, 21-asrning o'rtalarida tabiiy gaz konlarining kamayishi
kutilmoqda. Avstraliya temir rudalarini qayta ishlash sanoati ko‘lamining kattaligi
bilan temir mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dunyoning
eng takomillashgani
markazlaridan hisobkanadi. Mamlakatda rudalar qisman ichki temir va po'lat sanoati
sohasida ishlatilib asosan, Yaponiya, Tayvan va Janubiy Koreyaga eksport qilinadi.
G'arbiy Avstraliyaning Hamersli viloyatidagi temir konlarida milliardlab tonna ruda
mavjud. Yuqori sifatli konlarning eng keng tarqalgan turi - Tom Price tog'i, Mount
Whaleback, Mount Newman va Robe River hududlari hisoblanadi. Tasmanyaning
Savage daryosi konlari 20-asrning oxirlarida ham rivojlangan edi.
Ko'mir asosan,
Queensland, Yangi Janubiy Uels va Viktoriyada qazib olinadi.
Avstraliyada ishlab chiqarilgan ko'mirning 54 foizi, asosan, Sharqiy Osiyoga
eksport qilinadi. 2000-01 yillarda 258,5 million tonna ko'mir qazib olingan va 193,6
million tonna eksport qilindi. Ko'mir yoqilg‘si Avstraliya elektr energiyasini ishlab
chiqarishda qariyb 85 foizini tashkil etadi. 2008-2009 yillarida 487 million tonna
ko'mir
qazib olindi, 261 million tonna eksport qilindi. Avstriya dunyodagi yetakchi
ko'mir eksportchisi hisoblanadi. "Argyle" shirkati dunyodagi eng katta olmos koni
bo'lib, 2017 yilda 13,7 million karat mahsulot ishlab chiqarib 500 million AQSh
dollarni tashkil etgan. Argyle dunyoning eng qimmatbaho
pushti va qizil olmoslarini
ishlab chiqarish bilan mashhur.
2017 yilning to'rtinchi choragida Avstraliyalik tog'-kon sanoati yalpi ichki
mahsulot tarkibida 25,384 mlrd. AUDni tashkil qildi. 2017 yilning uchinchi
choragida esa bu ko‘rsatkich 25,051 mlrd. AUDni tashkil etdi. Avstraliya tog‘-kon
metallurgiya YaIMdagi ulushi 1974 yildan 2017 yil oralig‘ida o'rtacha 10,90 mlrd.