XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 909 - muhokama qilindi. Uchrashuvda mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanish
maqsadida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi
marralarni
birgalikda
belgilash
imkonini
beruvchi
vazirliklararo
siyosiy
maslahatlashuvlarni o'tkazish amaliyotini davom ettirishdan tomonlar manfaatdor
ekanligi tasdiqlandi. Muzokaralar chog'ida savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni
kengaytirish, o'zaro manfaatli loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollariga
alohida e`tibor qaratildi
591
.
2018 yil 16 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz
Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Parijda Avstraliya dipmissiasi bilan
uchrashuv o'tkazdi. Suhbatda O'zbekiston hayotining barcha jabhalarida amalga
oshirilayotgan islohotlar, shuningdek mamlakatning amaldagi rahbariyati
O'zbekistonni rivojlantirish va xalq farovonligini oshirishga doir dolzarb masalalarni
hal qilishda yuritayotgan ochiq siyosiy kurs va yangicha qarashlar bilan tanishtirildi.
Uchrashuvlarda bugunga kelib mamlakatning madaniy-tarixiy merosini himoya
qilish, tarixiy obektlarni saqlab qolishga doir ko'rilayotgan choralar, shuningdek
turistik salohiyatni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.
Xorijiy diplomatlar YuNeSKO doirasida madaniy-gumanitar aloqalar,
xususan
kommunikatsiyalar,
ta`lim
va
ilm-fan
sohasidagi
aloqalarni
mustahkamlashga alohida qiziqish bildirishdi. Ular hamkorlik aloqalarini
kengaytirish va tomonlar o'rtasida qo'shma loyihalarni amalga oshirishda har
tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ma`lum qilishdi. Shuningdek
muntazam uchrashuvlar, turli darajadagi aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida
hamkorlikni o'zaro manfaatli asosda samarali rivojlantirish, ishchi doiralar, ilmiy-
ta`limiy muassasalar vakillari hamda madaniyat va san`at arboblari o'rtasidagi
almashinuvlarni kengaytirish imkonini berishi ta`kidlandi
592
.
591 https://mfa.uz/uz/cooperation/countries/199/ 592 https://k un.uz/uz/news/2018/06/16/bos-vazir-urinbosari-avstralia-va-k uba-dipmissialari-rabarlari-bilan-ucrasdi