XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 110 - iqtisodiyotining 10 orinida turadigan mamlakat
38
. Ushbu reyting kompaniya
tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 2,434 mlrd. AQSh dollari
bashorat qilinmoqda
39
. Kanada
1995 yil 1 yanvarda Butunjahon Savdo Tashkilotiga
a‘zo bo‘lgan
40
.
Kanadaning rivojlanish modeli bozor mexanizmlari va yuksak texnologiyaga
asoslangan aralash iqtisodiyotdir. Kanada hayot darajasi va turmush tarzi juda
yuqori bo'lgan dunyodagi eng boy mamlakatlardan biridir. Boshqa rivojlangan
davlatlar kabi, mamlakat iqtisodiyoti ham xizmat ko'rsatish sohasiga ega bo‘lib
YaIMning aksariyat qismini shakllantirib umumiy ish kuchining to'rtdan uch
qismini tashkil etadi. Kanada 2016 yilda umumiy qiymati 33,2 trln. AQSh dollariga
baholangan tabiiy resurslarning to'rtinchi eng yuqori zahira ko'rsatkichga ega. U
dunyodagi uchinchi yirik tasdiqlangan neft zaxiralariga ega bo‘lib, to'rtinchi yirik
eksportchisi sanaladi. Bundan tashqari, u tabiiy gazning to'rtinchi yirik eksportchisi
hamdir. Kanada juda boy tabiiy resurslari tufayli "energiya super kuch" dasturiga
amal qiladi.
2.3.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Kanadaning geografik jihatdan juda qulay va keng ko‘lamda joylashuvi
mamlakat tabiiy resurslar zahiralarini boyitib boorish, qazib olish, qayta ishlash va
eksport qilishga strategic jihatdan bog'liq. U shimoliy muz Okeani (Arktika) hamda
Tinch va Atlantika, shuningdek Alyaska hududlarifa joylashgan bo‘lib, shimoliy
qutbining aksariyat suvliklari bilan chegaradosh desak mubolag‘a bo‘lmaydi. XX
asr mobaynida Kanada ishlab chiqarish sanoati va xizmatlar sektori tobora rivojlana
boshladi. 20-asrning oxiriga kelib, qishloq xo'jaligi va tog‘-kon metallurgiya
mamlakat ish kuchining 5 foizidan kamrog'ini tashkil etgan bo‘lsa, sanoat ishlab
chiqarish esa beshdan bir qismini tashkil etdi. Transport, savdo, moliya va boshqa
faoliyatni o'z ichiga olgan xizmatlar sohasi umumiy ish kuchining beshdan ikki
qismni tashkil etdi. Ko'p yillar davomida Kanada o'z ishlab chiqarish tarmoqlarini
38 http://www.imf.org/external/datamapper/ngdpdpc@weo/oemdc/advec/weoworld/can 39 http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp.php 40 https://www.wto.org/english/thewto_e/whatis_e/tif_e/org6_e.htm#collapseC