XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 229 - 2.6.14. O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya
o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 26 yanvar kuni
o`rnatilgan
118
. Yaponiya
O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil 28 dekabrda e'tirof etdi va 1992 yil 26
yanvardan boshlab mamlakatlarimiz o‘rtaisda diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
Mustaqillik e'lon qilingandan so‘ng O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari sifat
jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. 1994 yilning may oyida O‘zbekiston Prezidenti
Islom Karimovning Yaponiyaga uyushtirgan dastlabki rasmiy tashrifi o‘zaro
ishonch va ikki mamlakat xalqlarining ma'naviy qadriyatlariga nisbatan hurmatga
asoslangan do‘stona aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor
yaratdi.Mamlakatimiz Prezidentining 2002 yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan
ikkinchi tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida do‘stlik,
Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi. Hujjatda
tomonlarning do‘stona munosabatlar va strategik sheriklikni tenglik, o‘zaro
hamjihatlik tamoyillariga muvofiq va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan
me'yorlari asosida rivojlantirishga tayyorligi o‘z ifodasini topgan. Savdo-sotiq,
sarmoyalar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish ustvor vazifa
sifatida belgilagan.
Yaponiya bosh vaziri Dzyun'ichiro Koidzumining 2006 yil avgust oyida
O‘zbekistonga uyushtirgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi
hamkorlikni yanada rivojlantirishga yangi turtki bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida
madaniy-gumanitar sohada ham samarali hamkorlik rivojlanmoqda. Oxirgi
paytlarda Yaponiyada o‘zbek san'at ustalari bir qator madaniy tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, Yaponiya parlamentida o‘tkazilgan ―O‘zbek fotografiyasining 125 yilligi‖
ko‘rgazmasi; Buyuk Ipak yo‘li mavzusiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar;
―Fukushima-O‘zbekiston‖ uyushmasining tashkil topgan kuni bilan bir vaqtda
o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyati kunlari; ―Yaponiyada o‘zbek kinosi kunlari‖;
―Jata World Tourism Congress And Travel Fair - 2010‖ Xalqaro sayyohlik
118
http://geografiya.uz/bilasizmi/784-ozbekiston-respublikasi-bilan-diplomatik-aloqa-ornatgan-mamlak atlar- royxati.html