XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 230 - ko‘rgazmasi doirasida ―O‘zbekiston sayyohlik sanoatining taqdimot marosimi‖ kabi
tadbirlarni alohida ta'kidlab o‘tish mumkin
119
.
2002 yil O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga Vaseda va Soka
universitetlarining faxriy doktori unvonlari berildi. O‘zbek madaniyatiga hurmat
yuzasidan va buyuk qalam sohibining o‘chmas ijodini e'tirof etgan holda 2004 yil
Soka universiteti hududida atoqli shoir va mutfakkir Alisher Navoiyning haykali
o‘rnatildi. Har yili 9 fevral kuni ushbu universitetda g‘azal mulkining sultoni
haykalining poyida navoiyxonlik o‘tkaziladi. Mamlakatimizda 11 O‗zbekiston-
Yaponiya qo‗shma korxonasi faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda, shuningdek, eksport-
import operatsiyalarini amalga oshirish, sarmoyaviy loyihalar doirasida uskuna va
jihozlarni yetkazib berish kabi sohalarda ish olib boruvchi Yaponiyaning 14
yetakchi firma va kompaniyasi o‗z vakolatxonasini ochgan
120
.
Iqtisodiyot, menejment, yurisprudensiya, telekommunikatsiyalar, sog‘liqni
saqlash, biznes, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, bank-moliya sektori, transport va
boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ikki mingdan ziyod o‘zbek mutaxassislari
―JICA‖ tashkiloti loyihasi bo‘yicha Yaponiyada malaka oshirib qaytdilar.Yaponiya
hukumat granti doirasida har yili 15 nafar o‘zbekistonlik talaba mazkur
mamlakatning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida ta‘lim oladi. 1999-2016-yillar davomida
361 kishi mazkur dastur bo‘yicha oliy ma‘lumotga ega bo‘ldi
121
. Ikki mamlakatning
madaniy-gumanitar
sohadagi
o‗zaro
hamkorlik
munosabatlarini
yanada
rivojlantirish va kengaytirish maqsadida 2016-yil 3-avgust kuni Yaponiya Bosh
vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe hamda yapon madaniyat va san‘at
namoyandalaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.