XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 233 - innovatsion biznes sektori bilan yaxshi tanilgan, mehnatkash (Italiya Yevropadagi
uchinchi eng yirik ishlab chiqaruvchisi) va raqobatbardosh qishloq xo'jaligi sektori
(Italiya dunyoning eng katta sharob ishlab chiqaruvchisi) va yuqori sifatli dengiz
sanoati, asbob-uskunalar va moda dizaynlari markazi hisoblanadi.
Hozirda mamlakat bir qator mamlakatlarda kelayotgan ko‘o miqdordagi
qochoqlar va muhojir muammolari va mamlakat ichidagi ichki iqtisodiy muammolar
hisobiga Yevropa Ittifoqidan katta miqdorda moliyaviy ko‘mak ajratish talabini
qo‘ymoqda. Mamlakatdagi muntazam yer silkinishlari va boshqa tabiiy ofatlar
milliy iqtisosdiyotga keskin zarba bermoqda.
2.7.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi yuqorida ta‘kidlaganimizdek, juda
qadimdan shakllangan. Jahon tarixida Rim imperiyasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Uning hududi butun Yevropani o‘ziga qamrab olgan 6 asrlik imperiyadir. Betakror
arxitektura va davlat boshqaruvi Imperiyada arslar davomida iqtisodiy barqarorlikni
ta‘minladi. Dastlab qishloq-xo‘jaligi sektorida innovatsion uslublar, inshootlar
qurish jarayonlari, hunarmandchilik rivojlanib bordi. Hozirgi Buyuk Britaniya,
Avstriya, Ispaniya, Polsha, Bolgariya va Yaqin sharq mamlakatlari yerlarini qamrab
olgan imperiya o‘zining oltin va kumush tangalariga ham ega edi. Rim Imperiyasida
savdo munosabatlari judayam yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Davlat boshqaruvi Vizantiya imperiyasiga o‘tgandan keyin hududda o‘zgacha
rivojlanish kuzatildi.Endilikda dengiz yo‘llari kashf etilib xalqaro savdo aloqalarin
kuchayrishga katta e‘tibor qaratildi. Aynan bu maqsadga barakali savdo-sotiqqa
erishatotgan arab karvon va dengiz kemalari sabab bo‘ldi. Ular ham endilikda
o‘zlari dengiz yo‘li orqali yangi hudud va bozorlarni kashf qilmoqchi bo‘ldilar. Bu
tarixiy o‘zgarishga Italiyalik tarixchi Marko Poloninig 13 asrda Xitoygacha qilgan
sayyohlik davrida Usmoinylar Imperiyasi ustunlari, arab savdogarlari, eronlik bir
guruh hunarmandlar, ikki daryo oralig‘i hunarmandchilkilari, uyg‘urliklar
taomlariyu va xitoylik tinib–tinchimas kashfiyotchilar haqida yozgan buyuk asari
sabab bo‘lgan. Marko Poloning tadqiqotlariga ko‘ra imperiya Hindiston haqida