XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 234 - yanada ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lgan. Uning Yevropa dengizchilari tomonidan
kashf etilishi hududdagi barcha mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro savdo
munosabatlarini
tubdan
o‘zgartirdi.Keyinchalik
mamlakat
shimoli Afrika
mamlakatlarini o‘z mustamlakasiga aylantirib katta miqdordagi tabiiy boyliklarga
ega bo‘ladi. Sahroga ilk tanklarni ham Italiya tushurgan.
Italiya iqtisodiyoti Ikkinchi Jahon urushidan keyin eng qudratli davlatlardan
biri bo'lish o‘rniga Yevropaning eng zaif iqtisodiyotidan biri sifatida savdo-iqtisodiy
aloqalarni amalga oshira boshladi. Buning eng katta sababi sifatida Ikkinchi Jahon
urushi davrida mag‘lub Germaniyaning eng yaqin Ittifoqchisi bo‘lgan Italiya jahon
hamjamiati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. U tutgan yo‘l aynan, BMT tashkil
topgandan keyin ham ba‘zi mustamlakachilik faoliyatini to‘xtatmaganlikda deb
ifodalanmoqda.
Italiyaning kuchli tomonlari sifatida 1970 yillardan boshlab kuchaygan sanoat
ishlab chiqarishi bo‘ldi. Zaif tomonlarini izohlaydigan bo‘lsak, mamlakatda xom
ashyo va energiya manbalarining yetishmasligi edi. Italiya energiya ehtiyojlarining
to'rtdan uch qismini import qiladi. Shunga qaramay, kimyo sektori ham rivojlanib,
to'qimachilik sohasi Italiyaning eng yirik sanoatlaridan biriga aylandi. Urushdan
keyingi liberal savdo siyosati bilan kuchli tadbirkorlik tashabbusi eksportg
ayo‘naltirilgan ishlab chiqarish faoliyatini yuqori darajada kengaytirdi. Biroq,
noqulay byurokratiya va yetarli darajada rejalashtirish mamlakat miqyosida
iqtisodiy rivojlanishga to'sqinlik qildi. Xizmatlar sohasida, ayniqsa sayyohlik, juda
muhim ahamiyatga ega. 20-asrning oxirida, Italiya boshqa Yevropa Ittifoqi
davlatlari bilan muvozanatni saqlab qolish uchun yuqori inflyatsiyani nazorat ostida
ushlab turdi va xususiylashtirishni ham o'z ichiga olgan konservativ fiskal siyosatni
joriy qildi
125
.
Italiya ilg'or davlatlardan biri bo'lishga intilib, xalqaro savdo munosabatlarini
o‘zining ixtisoslashuvlari asosida rivojlantirib bordi. Italiya siyosiy beqarorlik,
iqtisodiy turg'unlik va tizimli islohotlarning yetishmasligi bilan milliy iqtisod
rivojida orqada qola boshladi. 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan avval mamlakat kam
125 https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/it.html