XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 445 -
polyaklar O‘rta Osiyoga surgun qilingan edi.
Ular Toshkent, Samarqand, Buxoro,
Termiz, Qo‘qon shaharlarda yashab, mehnat qildilar. 1895 yilda Toshkentda polyak
bolalari uchun maktab va kutubxona ochildi, yana 2
yildan keyin polyaklar
jamoatchilik madaniyat markazi tashkil topdi, polyaklar kosteli faoliyat boshladi.
Mamlakatimiz bilan Polsha o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar esa, O‘zbekiston
mustaqillikka erishishi bnoq yo‘lga qo‘yildi. 1992 yil 19 martda Varshavada ikki
mamlakat o‘rta-sida "Iqtisodiy hamkorlik va savdosotiq to‘g‘risida"
shartnoma
tuzildi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1995 va 2003 yilda Polshaga va
Polsha. prezidenti A. Kvasnevskining 2002 yil O‘zbekistonga tashriflari o‘zaro
munosabatlarni yangi pog‘onaga ko‘tardi, turli sohalarda yangi shartnomalar
imzolandi. O‘zbek-polyak hukumatlararo komissiyasi ishlay boshladi. 2001 yil iyun
oyida Poznan savdo yarmarkasida O‘zbekistondan nufuzli delegatsiya ishtirok etishi
va unda mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati taqsimoti o‘tkazilishi o‘zaro
munosabatlar rivojida muhim bosqich bo‘ldi. I. Karimovning 2003 yil 10—12 iyul
kunlari Polshaga qilgan rasmiy tashrifi ayniqsa samarali bo‘ldi.
Tashrif yakunida
ikkita kredit bitimi, bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam, xalqaro avtomobil
qatnovi to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston mudofaa vazirligi bilan Polsha
milliy
mudofaa
vazirligi
o‘rtasida
harbiy-texnikaviy
hamkorlik
to‘grisida
deklaratsiya, Jahonn iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
bilan Polsha xalkaro
munosabatlar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi, "O‘zbekturizm" milliy
kompaniyasi bilan Polsha sayyohlik kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik haqida bitim,
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Polshaning "Bank gosudarstva
krayevego" o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Tashrif davomida o‘zaro tovar aylanmasini
yanada oshirish kerakligi
ta‘kidlandi. Jumladan, 2001 yil bu ko‘rsatkich 31,4 mln. AQSH dollarini tashkil
etdi. O‘zbekiston ip gazlama, kalava ip,
paxta tolasi, ro‘zg‘or paxtasi, noorganik
kimyo mahsulotlari, qayta ishlangan sabzavot,
meva mahsulotlari, moyli urug‘lar
eksport qiladi. Polsha tomoni esa qand-shakar, mexanika asbob-uskunalari, elektr
anjomlari,
plastmassa buyumlar, sariyog‘ va o‘simlik yog‘i, qora metallar,