XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 467 - Yorkda bo‗lib o‗tgan Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‗ishlangan sammiti
doirasida O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Vengriya Prezidenti Pal Shmitt
o‗rtasida uchrashuv bo‗lib o‗tdi.
Islom Karimovning 2002 yil oktabr oyida Vengriyaga rasmiy tashrifi asnosida
imzolangan investitsiyalarni o‗zaro himoya qilish va rag‗batlantirish hamda
avtomobilda xalqaro yo‗lovchi va yuk tashishga oid hukumatlararo bitimlar
iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat
kasb etmoqda. O‗zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
rahbarligidagi mamlakatimiz iqtisodiy delegatsiyasi 2009 yil 16-17 iyul kunlari
tashrif bilan Vengriyada bo‗ldi. Ushbu davlatning turli vazirlik va muassasalarida
qator uchrashuvlar, shuningdek, O‗zbekiston – Vengriya biznes-forumi o‗tkazildi.
Toshkentda 2011 yil 22-23 aprel kunlari bo‗lib o‗tgan ―O‗zbekistonda demokratik
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish
va
fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirish
konsepsiyasi‖ mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Vengriya Davlat Majlisi Spikeri
o‗rinbosari SH.
Lejak rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‗lib o‗tdi. Tomonlar
savdo-iqtisodiy hamkorlikka katta e‘tibor qaratmoqda. Toshkent shahrida 2010 yil
may oyida Vengriya kompaniya va firmalari vakillari ishtirokida O‗zbekiston –
Vengriya biznes-forumi tashkil etildi. 2011 yilning aprel oyida esa ana shunday
tadbir Budapeshtda ham bo‗lib o‗tdi.O‗zbekiston bilan Vengriya o‗rtasida savdo
sohasida eng ko‗p qulaylik yaratish tartibi joriy etilgan. 2016 yilda o‗zaro tovar
ayirboshlash hajmi 42,5 million AQSH dollarini, shu jumladan, eksport – 8,6
million AQSH dollarini, import – 27,8 million AQSH dollarini tashkil qildi. Joriy
yilning sakkiz oyida bu ko‗rsatkich 23,24 AQSH dollarini tashkil etdi. O‗zbekiston
Vengriyaga o‗g‗itlar, tayyor to‗qimachilik mahsulotlari, xizmatlar va boshqa
mahsulotlarni eksport qiladi. Farmatsevtika mahsulotlari, mexanik uskunalar, optik
asboblar va apparatlar hamda boshqa mahsulotlarni import qiladi.
O‗zbekiston va Vengriya o‗zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan, keng
ko‗lamli savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirishdan, mavjud