XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 597 -
Moliyaviy va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish
Xususiy sektorning jadal rivojlanishi va yangi ish o'rinlarini yaratish
Infratuzilmani yaxshilash
Davlat sektori boshqaruvini kuchaytirish va fuqarolarga davlat xizmatlarini
ko'rsatishni yaxshilash
Ushbu markazlashtirilgan sohalar keng qamrovli tizimli diagnostika tahlillari
bilan aniqlangan oltita asosiy ustuvor yo'nalishdan kelib chiqdi, bu iqtisodiy
o'sishini va umumiy farovonlikni cheklovchi asosiy muammolar hisoblanmoqda.
Faol portfel bu ustuvor yo'nalishlarni transport, ko'chmas mulkni boshqarish,
ishbilarmonlik muhiti, raqobatbardoshlik va yangi ish joylari, sog'liqni saqlash, suv
toshqini va sel muhofazasi, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish, moliyaviy sektorni
isloh qilish, davlat sektorini modernizatsiya qilish, kommunal xizmatlarning
samaradorligi va maktabgacha ta'lim tizimi sohalarini o‘z ichia qamrab olgan.
Jahon Banki Serbiyaning murakkab meros islohotlarini, jumladan, savdo-
sotiqni qayta tiklash munosabatlarini, kommunal xizmatlar va jamoat transporti
kompaniyalarini moliyaviy jihatdan birlashtirishni hamda yanada samarali, malakali
asosiy davlat boshqaruvi zarurligini ko'rib chiqish uchun ko'p qirrali loyihalarni
moliyalashtirgan
378
.
To'rt yil davom etgan intensiv muloqot va texnik maslahat, siyosatga
asoslangan hamda natijaga asoslangan kreditlashni qo'llash bilan birga tobora
kuchayib borayotgan natijalar bera boshladi. Bu SOE islohotlarini rivojlantirish
siyosatini kreditlash (DPL) seriyasini, depozitlarni sug'urta qilishni kuchaytirish
loyihasini,
raqobatbardoshlikni
oshirish
loyihasini,
davlat
boshqaruvini
modernizatsiya qilish va optimallashtirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha natijalar
dasturini amaliyotga tadbiq qilgan.
Bank loyihalariga muvofiq o'rta muddatli davrda o'sish sur'atlari kutilmoqda,
bu esa mehnat bozorini tiklash hamda kam ta'minlanganlikni kamaytirishga yordam
beradi. O'sishni ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iste'molni tiklash yo'li bilan
378
http://www.worldbank.org/en/country/serbia/overview#3