XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 655 - Italiyadan Fiat va Xorvatiyalik TLM-Sibenik. Faqat Mostar hududi Aluminijdan
yiliga 40 million yevro daromad oladi.
Prijedor Prijedor, Bosniya va Gertsegovinadagi oltinchi katta shahar hsioblanadi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan shahar, turli soha, xizmat va ta'lim muassasalariga
ega. Shaharning yirik Yevropa poytaxtlariga yaqin joylashgan shahar geografik
joylashuvi bu mamlakatdagi muhim sanoat va savdo markazlariga aylandi.
Rivojlangan moliya sektori, 11 ta xalqaro banklar, 5 ta mikrokredit tashkilotlari va
rivojlanish asoslari mavjud. Shaharning buyuk iqtisodiy salohiyati Zagreb, Belgrad,
Budapesht va Vena shaharlariga yaqin bo'lgan strategik geografik joylashuv bo‘lib
Bosniya va Gersegovinada iqtisodiy rivojlanish uchun eng yaxshi iqlimlardan biri
sifatida e‘tirof etiladi. Shahar atrofidagi qishloq xo'jaligi yerlari, shahar sanoatida
xom ashyo va yuqori malakali aholining o'sishi hududni yanada rivojlantirishda
bo'lgan yagona iqtisodiy siyosatni ta‘minlaydi.
4.11.12. Jahon Banki bilan hamkorlik Mamlakatda 2016 yil hisobi bo‘yicha o'sish ko'rsatkichi 3,1 foizni tashkil
etdi.Bu rasmiy ma‘lumotlarni nazarda tutgan holda 0,1 foiz darajaga pastdir.
Iste'mol hajmining o'sishining asosiy omili bo'lib qolmoqda. Sanoat ishlab chiqarish
va qishloq xo'jaligi sohasidagi band aholi 80% ni tashkil etadi. Garchi mehnat
bozorida sezilarli rivojlanib ishsizlik darajasi pasayib borayotgan bo'lsada, yoshlar
orasida ishsizlik darajasi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Ishsizlik darajasi 2016
yilda 25,4% dan 2017 yilning birinchi yarmida 20,5% gacha pasaygan. 2017 yilda
yoshlar o'rtasida ishsizlik darajasi 54,3 foizdan 45,8 foizga kamaydi. Bu ijobiy
natijalar 2017 yilda kam ta'minlanganlik darajasini qisqartirishga aylandi
415
.
2017 yilgi deflyatsiya yakuniga yetdi. 2016 yilda iste'mol narxlari indeksining
o'rtacha yillik miqdori 0,8% kamaydi, chunki global energetika resurslari
bahosining pastligi umumiy narxlarga ijobiy ta‘sir qildi. Biroq, global energiya
415 https://www.worldbank.org/en/country/bosniaandherzegovina/overview#2