Xorijiy tajriba asosida pensiya tizimini takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix17.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#156812
xorijiy-tajriba-asosida-pensiya-tizimini-takomillashtirish-va-rivojlantiris



227
XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA PENSIYA TIZIMINI 
TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 
Mo‘minov Ixtiyor Namozovich
Bank moliya akademiyasi magistranti 
Annotatsiya:
maqola aholini ijtimoiy himoyalashda pensiya ta’minotining ahamiyati 
va mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada xorijiy mamlakatlardagi davlat pensiya 
tizimlari tahlil qilingan.
Kalit so’zlar
: Pensiya jamg‘armasi, pensiya ta’minoti, pensiya tizimi, ijtimoiy 
himoya, ijtimoiy sug‘urta, sug‘urta badallari, daromad, nazorat, investitsiyalar, xavfsizlik, 
ijtimoiy risk. 
O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimi mamlakatimiz fuqarolarining 
ijtimoiy ta’minot bo‘yicha huquq va manfaatlarini har tomonlama inobatga olgan holda 
shakllantirildi. Pensiya va nafaqalar maksimal darajada fuqarolarning ijtimoiy himoyasiga 
yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanadi. Hozirgi sharoitda davlat ijtimoiy siyosatining eng 
muhim yo‘nalishlaridan biri - pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish va uning moliyaviy
barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. 
Jahonda pensiya ta’minoti muammolarini hal etishning hozirgi bosqichida
pensiya tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqot ishlari 
amalga oshirilmoqda. Bu borada, ayniqsa, fuqarolarning ijtimoiy ta’minot huquqlarini 
ta’minlanishi va kelgusida ularni munosib pensiya bilan ta’minlash kafolatlarini yaratish 
hamda pensiya ta’minotiga oid qonunchilik normalarini qayta ko‘rib chiqish, pensiya 
sohasida ularga nisbatan ijtimoiy adolat printsiplarini buzilishini oldini olishga oid huquqiy 
mexanizmlarni ishlab chiqish, pensiya ta’minotiga oid xalqaro standartlarni milliy 
qonunchilikka implementatsiya qilish bilan bog‘liq masalalarni huquqiy tartibga solishni 
takomillashtirishning ilmiy-nazariy va amaliy yechimini topish muhim ahamiyat kasb 
etmoqda.
Mamlakatimizda pensiya tizimini isloh qilish, xususan, xususiy pensiya fondlarini
tashkil etishga ruxsat berish, pensiya fondlarini kapital bozorida ishtirokini ta’minlash
O‘zbekiston moliya tizimini yanada rivojlantirishga yordam beradi. Umuman 2020 yilning 


228
o‘zida davlat pensiya ta’minoti tizimi 3,3 mln.dan ortiq kishini yoki mamlakatimiz 
aholisining qariyb 10 foizini qamrab oladi. Shu jumladan, yosh bo‘yicha pensiya oluvchilar 
2502,6 ming kishini, nogironlik bo‘yicha – 360,3 ming kishi, boquvchisini yo‘qotgani 
uchun – 168,5 ming kishi, ijtimoiy nafaqa oluvchilar – 294,1 ming kishini tashkil etadi. 
Norasmiy sektorda ishlashga majbur bo‘layotganlar daromadlarini rejalashtirishda 
qiyinchilikka duch kelmoqda
Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi ortib
borishi bilan “ishlab topding – to‘la” (pay as you go) tamoyiliga asoslangan pensiya
tizimida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qiyinchiliklar davlat pensiya ta’minoti 
tizimini isloh qilishni talab etadi.
Yosh bo‘yicha pensiya oluvchilarning soni oshib borayotgan sharoitda hozirgi
mavjud davlat pensiya ta’minoti tizimi iqtisodiy faol aholi qatlamiga pensiya to‘lovlari
yukining oshishiga olib kelmoqda. Shuningdek, xususiy pensiya fondlari kabi uzoq
muddatli mablag‘larga ega jamg‘armalarning yo‘qligi kapital bozorini rivojlantirishga
imkon bermayapti.
Bundan tashqari, norasmiy sektorda ishlashga majbur bo‘layotgan ishchilar, o‘zini-
o‘zi ish bilan ta’minlovchilar, chet ellarda faoliyat olib borayotgan fuqarolar, qishloqlarda 
farzand tarbiyasi va uy yumushlari bilan mashg‘ul ayollar o‘zlarining nafaqa hayoti uchun 
daromadlarini rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Mazkur omillarni inobatga olib, mamlakatimizda pensiya tizimini isloh qilish,
xususan, xususiy pensiya fondlarini tashkil etishga ruxsat berish, pensiya fondlarini kapital 
bozorida ishtirokini ta’minlash O‘zbekiston moliya tizimini yanada rivojlantirishga yordam 
beradi.
Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, 
qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, fuqarolarning davlat 
pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish 
yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi, hamda 
ularni taqdim etishga mas’ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot 


229
tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘oz shaklida ish 
yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig‘ish jarayonini raqamlashtirishga to‘sqinlik qilib 
kelmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarga qaramasdan hamon pensiya 
ta’minoti tizimida yetarlicha muammolar mavjud bo‘lib, bular pensiya qonunchiligini 
bugungi kun talablariga va xalqaro standartlarga mos emasligidan dalolat bermoqda. Bu 
esa, o‘z navbatida pensiya ta’minotiga oid qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, 
uni xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish, 
nodavlat pensiya jamg‘armalarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqish 
zarurligidan dalolat beradi.
Moliyalashtirish jarayonlari avtomatlashtirilganda ijtimoiy ta’minot xarajatlarning 
bo‘limlari, bandlari, guruhlari va ob’ektlaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi markazi tomonidan ishlab 
chiqilgan maxsus kompyuter dasturlari yordamida bir vaqtning o‘zida mazkur moliya 
organining tarmoq bo‘limlari tomonidan va buxgalteriyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchi barcha byudjet tashkilotlari kabi, ijtimoiy ta’minot
muassasalari ham tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki 
uning hududiy moliya organlariga taqdim etadilar. Tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini 
ro‘yxatdan o‘tkazish va ilovalarni kelishish taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan 
byudjet xarajatlari limitlariga va normativlariga hamda byudjet parametrlariga muvofiqligi 
tahlili asosida tegishli moliya organlarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
amalga oshiriladi.
Jahon miqyosida ijtimoiy himoya yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
– yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik holatlari; 
– kasallik tufayli va tug‘ruq holatlari;
– ish faoliyatida jarohatlanish; 
– ishsizlik; 
– oilaga ijtimoiy nafaqalar.


230
Skandinaviya tizimida mamlakatda yashovchi fuqarolar ijtimoiy ta’minot huquqiga,
barcha ishlovchilar ish haqiga qarab imtiyozlar olish huquqiga ega. Davlatning asosiy
vazifasi to‘liq bandlikni ta’minlashdir, mas’uliyat davlatga yuklanadi.
Bismark tizimida jamiyat barcha a’zolariga mablag‘ daromad topishga ijtimoiy 
ta’minot uchun imkoniyat yaratiladi. Davlatning asosiy vazifasi aholi daromadlarini 
oshirish va himoyalash hisoblanadi, bunda mas’uliyat ishlovchiga yuklatiladi.
Beveridj tizimida har bir fuqaro kasallanganda, keksayganda, homiladorlikda, vafot 
etganda ijtimoiy nafaqa yoki pul ko‘rinishdagi yordam bilan qamrab olinadi. Davlatning 
asosiy vazifasi fuqarolarning minimal daromadlarini himoyalashdir, demak, ma’suliyat 
davlatga yuklanadi. 
Shvetsiyada 1999 yildan beri yangi pensiya tizimi amal qilib kelmoqda. Bunda 
pensiyalar uch qism bo‘yicha taqdim etiladi: shartli jamg‘arish, jamg‘arib borish hamda 
kafolatli pensiyalar. 
Pensiya ta’minotining shartli jamg‘arish tamoyili taqsimlash (PAYG-Pay as You Go)
tamoyiliga asoslanadi. Ishchilarning ish haqidan majburiy tarzda ajratmalar hisobiga 
shakllantiriladi. Shvetsiyada majburiy ajratmalar umumiy ish haqining 16 foizini tashkil 
qiladi. Pensiya miqdori ajratilgan shartli badallar va umr ko‘rish davomiyligi asosida 
belgilanadi. Shartli jamg‘arish badallari mamlakatning demografik holati hamda ish 
haqining o‘sishi hisobiga indeksatsiya qilib boriladi. Bu turdagi pensiya fuqaro 61 yoshga 
to‘lganda beriladi. 
Jamg‘arib boriluvchi pensiya miqdori shartli jamg‘arib boriluvchi pensiya qiymatiga 
o‘xshab ishchining ish haqidan 2,5 foiz miqdorida individual pensiya hisob raqamiga
jamg‘arib boriladi. Shartli jamg‘arish tamoyilidan farqli ravishda jamg‘arib boriladigan 
pensiya hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari pensiya fondi tomonidan investitsiya qilinishi 
mumkin. Ishchi o‘z xohishiga ko‘ra pensiyasini istalgan xususiy pensiya fondi yoki bir 
nechta fondlarda jamg‘arib borishi mumkin. Shvetsiyada fondlarning investitsiya faoliyati 
cheklangan. Pensiya fondlari uchun mamlakat moliya vazirligi mas’ul hisoblanadi, ya’ni 
pensiya fondlarida har yillik moliyaviy tekshiruv o‘tkazadi hamda milliy parlamentga 
hisobot berib boradi. Aytib o‘tish joizki, hozirda Shvetsiyada 500 dan ortiq pensiya fondlari 


231
faoliyat yuritmoqda. Jamg‘arib boriluvchi pensiyani fuqaro 61 yoshga to‘lganda olish 
huquqiga ega bo‘ladi. 
Kafolatli pensiya kam miqdordagi shartli jamg‘ariladigan va jamg‘arib boriluvchi
pensiyalarni oluvchi yoki umuman pensiya olmaydigan fuqarolarga tayinlanadi. Kafolatli 
pensiya davlat byudjetidan moliyalashtiriladi va fuqaro 65 yoshga to‘lgandagina berila 
boshlaydi. Bu turdagi pensiyaning to‘liq hajmi 25 yoshidan buyon 40 yil davomida shu 
mamlakatda yashayotgan shaxslarga belgilanadi. Har bir yetmagan yil uchun kafolatli 
pensiya miqdori 1/40ga kamaytiriladi. Bundan tashqari Shvetsiyada ixtiyoriy pensiya
ta’minoti ham mavjud. Bu pensiya ta’minoti ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi jamoaviy
shartnoma tuzish tarzida keng tarqalgan. Bu deyarli 90% ishchini qamrab oladi va
qo‘shimcha pensiya bilan ta’minlaydi. 
Buyuk Britaniya. Ushbu mamlakat davlat pensiya ta’minoti tizimi amalga oshirilib
kelinayotgan eng qadimgi mamlakatlardan biridir. Dastlabki pensiyalar 1908 yilda, ya’ni 
yoshga doir pensiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan paytda berila boshlangan. Buyuk 
Britaniyada zamonaviy pensiya tizimi
boshqa xorijiy mamlakatlar singari ko‘p pog‘onalidir. 
Jahon tajribasida xususiy pensiya jamg‘armalarining ikkita: fuqarolarning ixtiyoriy 
va majburiy ravishda ishtirok etishi nazarda tutilgan turlari mavjud. Ishtirok etish majburiy 
bo‘lgan jamg‘armalar davlatning pensiya dasturlarini amalga oshirilishini ta’minlash 
maqsadida tashkil etilsa, xohishiga ko‘ra amalga oshiriluvchi pensiya jamg‘armalari esa 
ishchilarni qo‘shimcha pensiya bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilinadi. Har ikkala 
turdagi jamg‘armalar ham faqat jamg‘arishga asoslangan pensiya tizimi asosida tashkil 
qilinadi va pensiya hamda nafaqalarni to‘lash ishchining o‘z hisob raqamiga to‘plangan 
mablag‘lari asosida amalga oshiriladi. 
Bizning mamlakatimizda ham ijtimoiy himoyani moliyalashtirishda bir qator 
muammolar mavjud bo‘lib, ularni hal qilishda xorijiy mamlakatlar amaliyotidan 
foydalanish maqsadga muvofiq.
Hozirgi kunga kelib kurrai zaminimizda 60 yoshdan oshganlarning ulushi oshib 
bormoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilga kelib ularning soni 1 milliard 100 ming


232
kishiga etadi. Bu esa 1950 yilga nisbatan 5 marta ko‘p demakdir. Ayni paytda yer shari
aholisi faqat 3 marta ko‘payishi kutilmoqda. Dunyo aholisining bunday tarkibiy tuzilishi
xorijiy mamlakatlarda, shuningdek MDH mamlakatlarida ham qariyalarni ijtimoiy himoya 
qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini isloh qilsh bo‘yicha quyidagi 
xulosa va takliflarga kelindi:
1. Fuqarolar qariganda ularni moddiy jihatdan yanada qo‘llab-quvvatlash
maqsadida xorij tajribasini o‘rgangan holda xususiy pensiya fondlarini (davlat kafolati 
ostida) tashkil qilish maqsadga muvofiq;
2. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksionerlik kompaniyalarida
aholining ko‘pgina qismi bandligini hisobga olib, xorijiy tajribadan kelib chiqib, ushbu 
tizimda mehnat qiluvchi ishchi-xodimlarga ma'lum bir muddat ishlagandan so‘ng ularga 
davlat pensiyasiga qo‘shimcha ravishda har oylik ustamalar belgilash orqali korporativ 
pensiyani joriy qilish ayni muddao. Masalan, bir ishchi 5 yildan 10 yilgacha bir 
kompaniyada mehnat qilsa, oladigan pensiya miqdoriga nisbatan 10 foiz ustama haq qo‘shib 
berish yoki 10 yildan 15 yilgacha mehnat qilsa 15 foiz miqdorda va shu kabi yo‘l orqali 
amaliyotga tadbiq qilish kerak;
3. O‘zbekistonda demografik vaziyat tahlili ko‘rsatishicha, kelajakda ishlayotgan 
fuqarolar soni bilan pensionerlar soni o‘rtasidagi nisbat kamayib boradi va 
ishlayotganlarning badallari pensiyalarni to‘lash uchun ham yetmaydi va Pensiya 
jamg‘armasi xarajatlarini qisqartirishni taqozo qiladi.
Adabiyotlar: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.05.2021 yildagi PQ-5102-son 
“Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va 
nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 
//www.lex.uz
2. Mahkamova SH. Qariyalarni ijtimoiy himoya qilishning xorijiy tajribasi. //
«Moliyachi», 2020, 7-8-sonlar. –4-b. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin