Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 22-07 guruhi magistranti Ashuraliyeva O’g’iloyning Talabalar turar joyida kechalar tashkil qilinganligi hisobot I
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Magistratura bo’limi Xorijiy tillar metodikasi va nazariyasi kafedrasi 70111801- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 22-07 guruhi magistranti Ashuraliyeva O’g’iloyning Talabalar turar joyida kechalar tashkil qilinganligi H I S O B O T I Men Ashuraliyeva O’g’iloy o’quv yilining 2-semestriga mo’ljallangan talabalar bilan ma’naviy va ma’rifiy ishlar olib borish maqsadida kafedramiz mudiri Qodirova M.T. bilan talabalar turar joyiga tashrif buyurdik. Talabalar bilan suhbatlashar ekanmiz ularni chet tillariga bo’lgan qiziqishlarini guvohi bo’dik. Shu sababdan biz Qodirova M. boshchiligida talabalarga ingliz tili va hozirgi kunda unga bo’lgan talab qanday ekanligi haqida ma’lumot berdik. Men ingliz tilini qanday o’rganish va qaysi kitoblar samarali yordam berishi va jaxon standartlariga javob beruvchi IELTS, TOEFL, CELTA, CEFR sertifkatlari haqida ma’lumot berib o’tdim. Talabalar orasida ingliz tilidan to’garakga qatnashuvchilar bo’lganligi sababli biz ular bilan biroz ingliz tilida suhbatlashdik va so’zni uzmay ketma ketlikda aytish yani “zanjir” metodini sinab ko’rdik. Bunga asosiy sabab talabalarni ingliz tiliga yanada qiziqtirish edi va biz o’z maqsadimizga erishdik deb hisoblayman.