Xos xususiyatlari



Yüklə 295,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.05.2023
ölçüsü295,1 Kb.
#113597
1   2   3
Quryozova Gulzebo Farxadovna

Interfaol ta’lim-hamkorlikda faoliyat olib borish, suxbat, dialog muxitida bo‘lish.
Interfaol metodlar o‘quvchilarning faqat o‘qituvchi bilan emas, balki o‘zaro xamkorligiga, 
ya’ni kichik guruhlarga asoslanadi. 
Hozirgi zamon talabidan kelib chiqib o‘qituvchi darsni interfaol metodlar asosida
olib borishi talab etilmoqda. Bunda o‘qituvchi nafaqat o‘quvchilar bilan balki
o‘quvchilar bir-birlari bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishadi. 
Ta’lim olish jarayonida o‘quvchilar faolligiga e’tibor qaratiladi. Buyuk donishmand 
Konfutsiy 3500-yil muqaddam quyidagi fikrni ta’kidlab o‘tgan. 
-Eshitganimni yoddan chiqaraman; 
-Ko‘rganimni eslab qolaman; 
-Bajarganimni tushunib yetaman; 
Ushbu fikrning tasdig‘i sifatida biz o‘qituvchilar o‘quvchilarni yangi materialni o‘zaro 
hamkorlikda turli o‘yinlar, interfaol metodlar orqali o‘zlashtirishlariga zamin yaratishimiz
lozim. Shundagina o‘quvchilar berilgan materialni yaxshi o‘zlashtira oladi. 
O‘qitishda o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlari ham hisobga olinadi. Ana 
shunday usul va metodlardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. 
Guruh tartibda ishlashning ijobiy va salbiy hususiyatlari. 
1.Rezyume metodi: 
Texnologiyaning tavsifi. Bu texnologiya murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar
muammoli mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning 
mohiyati shundan iboratki, bunda bir yo‘la mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha
axborot beriladi. Ayni paytda ularning aloxida elementlari muxokama etiladi. Masalan,
ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. 
Texnologiyaning maqsadi: o‘quvchilarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, jamoa 
bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib 
chiqqan holda o‘quv muammosining yechimini topishga, kerakli xulosa yoki qaror qabul
qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir etishga, uni ma’qullashga, shuningdek, berilgan
muammoni yechish hamda mavzuga umumiy tushuncha berishda o‘tilgan mavzulardan
egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish. 

Yüklə 295,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin