Xosligi. Ijtimoiy psixologiya va uning dolzarb muammolari



Yüklə 55,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü55,32 Kb.
#209022
1   2   3   4   5
shaxsni-o-rganishning-ijtimoiy-psixologiya-uchun-o-ziga-xosligi-ijtimoiy-psixologiya-va-uning-dolzarb-muammolari

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 410
individda shaxs bo`lishiga extiyoj hamda shaxs bo`lishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. 
Shuning uchun ham bola tug’ilib, ijtimoiy muhitga qo’shilgan ondan boshlab, undagi 
shaxs bo`lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonni kuzatish mumkin(masalan, 
chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotda extiyojning borligi). 
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 
1) Faoliyat sohasi, ya’ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki 
bilvosita jalb etilgan bo`lib, bu jarayonda fan katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har 
bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarning, malaka va ko’nikmalarining, 
bilimlarning borligini talab etadiki, ularni qoniqtirish yo’lidagi aktivligi unda o’ziga xos 
ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 
2) Muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o’smirlik davrlaridagi 
muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy hislatlarni paydo qiladiki, uning 
natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo`ladi, jamiyatda o`z o’rnini tasavvur qilishga 
erishadi. 
3) O`z-o’zini anglash sohasi, ya’ni 
"MEN"
obrazining yil sayin o’zgarib borishi 
jarayoni bo`lib, avval o’zini boshqalardan farqliligini, o’zicha mustaqil harakat qilish, 
mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so’ngra o`z-o’zini baholash, anglash, 
nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy 
qismidir. Shaxs sotsializatsiyasi, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, bola tug’ilishi bilan 
boshlansa-da, sezilarli, samaradorlik nuqtai nazaridan uning bosqichlari farqlanadi. 
Masalan, birinchi bosqich - mehnat faoliyatigacha bo`lgan bosqich bo`lib, unga 
bolaning maktabgacha yosh davri hamda o’qish yillari kiradi. Bu davrdagi 
sotsializatsiyaning ahamiyati va o’ziga xosligi shundaki, bu davrda, asosan, tashqi 
ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongda singdiriladi, mustaqil hayotga 
tayorgarlik borasida muhim bosqichga o’tiladi. Ikkinchi bosqich - mehnat faoliyati davri 
- bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog’liq bo`lib, avvalgi davrlarda singdirgan 
ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatida, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon 
etadi. Kasbga ega bo`lib, aniq hayot yo’lini tanlagan, turmush qurib, kelgusi avlodni 
tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo`ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning 
maxsulidir. Nihoyat, uchinchi bosqich - mehnat faoliyatidan keyingi davr bo`lib, bunga, 
asosan, aktiv mehnat faoliyatidan so’ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda 
ham shaxs sotsializatsiyasi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan 
tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko’ra shaxs strukturasida ham xususiy o’zgarishlar 
ro’y beradi. 

Yüklə 55,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin