SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 4
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 407
SHAXSNI O‘RGANISHNING IJTIMOIY PSIXOLOGIYA UCHUN O‘ZIGA
XOSLIGI. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA VA UNING DOLZARB MUAMMOLARI
Zarnigor Alisherova
Andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili 3-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada shaxs o’rganishning psixologiya uchun xosligi, shaxsning
shakllanish jarayoniga shaxslararo munosabatlardan
tashqari jamiyatdagi mavjud
siyosiy doiralar va mafkuraviy qarashlar ham katta ta’sir ko’rsatishi to’liqroq yoritib
berilgan.
Kalit so’zlar:
Sotsial psixologiya,
ijtimoiy-psixologik yondashish, yondashuv
sotsializatsiyasi, shaxslararo munosabatlar.
Muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning
ham egasi - subyekti hamda
obyekti aslida, alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham Ijtimoiy
psixologiya alohida shaxs muammosini ham o’rgandiki, uni o’sha
turli ijtimoiy
jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan
tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham,
pedagogik
psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus
bo’limlarida ham o’rganiladi. Har bir bo’lim yoki tarmoq uni o`z mavzu va vazifalari
nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo`lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy
psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning maxsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi
deb hisoblansa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning obyekti deb qaraydi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o’ziga xosligi shundaki,
u turli guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o’zaro munosabatlarning oqibati sifatida
qaraladi. Ya’ni Ijtimoiy psixologiya, avvalo, biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs
xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo’ysunishini, shaxsning
muloqotlar sistemasida
olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o’rganadi. Guruhning shaxs
psixologiyasiga ta’siri qay yo’sinda sodir bo`lishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya
muammosi bilan uzviy bog’liq bo’lsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari,
xulqida
bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy yo’l-yo’riqlar muammosi bilan bog’liqdir.
Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda
namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni
ishlab chiqish Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Shaxs psixologiyasining shakllanishiga u mansub bo‘lgan ma’lum
bir ijtimoiy
guruhlarning munosabatlari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro ta’sir va
muloqot jarayonida shaxslarning bir-biriga ta’siri sodir bo‘lishi bilan birgalikda,
jamiyatga, mehnatga, odamlarga, o‘zining shaxsiy sifatlariga nisbatan o‘z qarashlariga,