Xosligi. Ijtimoiy psixologiya va uning dolzarb muammolari



Yüklə 55,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü55,32 Kb.
#209022
1   2   3   4   5
shaxsni-o-rganishning-ijtimoiy-psixologiya-uchun-o-ziga-xosligi-ijtimoiy-psixologiya-va-uning-dolzarb-muammolari

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 408
ijtimoiy ustanovkalariga ta’sir o‘tkazishi sodir bo‘ladi. Ma’lum bir ijtimoiy muhitda 
yashar ekan, shaxs u yerda o‘ziga xos o‘ringa, obro‘ga, rolga ega bo‘ladi. Hozirgi 
zamon ijtimoiy psixologiyasi sohasida shaxsni o‘rganish ustida olib borilayotgan 
tadqiqotlar masalasi, ayniqsa bu boradagi amaliy vazifalar ijtimoiy psixologiya fanining 
markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yo‘nalishlari asosida hal 
qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g‘arb davlatlarida shaxsni o‘rganishga 
nisbatan ikki xil ijtimoiy psixologiya - 
«Psixologik ijtimoiy psixologiya»
va 
«Sotsiologik 
ijtimoiy psixologiya»
mavjud. Bu yo’nalishlar bir-biriga o‘xshasada, ularning bir-biridan 
farqli jihatlari ham mavjud. Ya’ni psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, 
muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning 
kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, 
shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruhiv kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib 
borishni maqsad qilib olgan bo‘lsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa ko'pincha 
jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish, xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar 
psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urg‘u beriladi. 
Ijtimoiy psixologiyada shaxsni o‘rganishning o‘ziga xosligini tushuntirish va ko‘rsatish 
maqsadida bu sohada ish olib borayotgan barcha olimlar o‘z qarashlarini o‘ziga xos 
tarzda ifodalay olgan. Shulardan biri D.Mayers ijtimoiy psixologiyada shaxsni 
o‘rganishning o‘ziga xosligini tahlil qilish uchun barchaga ma’lum bo‘lgan bir ertakdan 
foydalanadi. Bu ertak yoqimtoy Zolushka haqidagi ertak bo'lib, unda quyidagicha 
mazmun aks ettiriladi: 
Taqdir taqozosi bilan Zolushka shahzoda uyushtirgan katta bal (qadimda boy 
xonadonlar tomonidan maxsus uyushtiriladigan raqs kechasi) ga tushib qoladi va 
shahzodaning e’tiboriga sazovor bo‘ladi. Zolushkani qattiq sevib qolgan shahzoda uni 
izlab kelib, o‘gay onaning xonadonida ko‘rganida avvaliga tanimaydi. 
Nega? 
Bu ertak shaxs va uning atrofidagi muhit munosabatlarini tushunib olish uchun 
juda sodda misoldir. Zolushka shahzoda huzuridagi balda go‘zal, xushchaqchaq, jozibali 
ko‘ringan bo‘lsa, o‘gay ona huzurida butunlay boshqacha ko‘rinadi va o‘zini boshqacha 
tutadi. Balda u o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatlar doirasida o‘zini go‘zal va ajoyib qiz 
ekanligiga ishonib aloqaga kirishgan bo'lsa, o‘gay onasining uyida unga nisbatan salbiy 
munosabatlar ta’sirida o‘ziga nisbatan past baho berishi natijasida o‘zini tortinchoq, 
kamgap tutadi. 
Fransuz filosofi Jan Pol Sartrning ta’kidlashicha, Zolushka bilan sodir bo‘lgan 
voqeada hech qanday hayratlanarli narsa yo‘q, uning fikricha, biz odamlar 
«hamisha 
vaziyatlarga bog‘liqmiz. Bizni vaziyatlardan ajratib bo‘lmaydi, vaziyatlar shaxs sifatida 
bizni va bizning imkoniyatlarimizni shakllantiradi». 
Ijtimoiy psixologiya predmetining qabul qilingan ta'rifiga, shuningdek
A.N.Leontiev tomonidan taklif qilingan shaxsni tushunishga asoslanib, qo'yilgan 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 55,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin