Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi (Q.M.Rafikov) joylarga chiqqan holda quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni har bir xonadon va mahalla kesimida tashkil etishi belgilab qo‘yilsin:

xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini uyma-uy yurish orqali o‘rganish ishlarini tashkil etish, sektor rahbarlari, mahalla raislari va ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarining ayollar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil qilish;
«Ayollar daftari»ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz hamda zo‘ravonlikka uchragan ayollar muammolarini aniqlash va hal qilish bo‘yicha mas’ul idora va rahbarlarning natijaga yo‘naltirilgan faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish;

sektor rahbarlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari tomonidan joylardagi xotin-qizlar muammolarini hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqib, amalga oshirish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida har oyda hisobot berishni yo‘lga qo‘yish;
muhtoj xotin-qizlarni sanatoriyalar, davolash-profilaktika muassasalarida sog‘ligini tiklash, ichki turizm uchun yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda sayohat va dam olishlarini tashkillashtirish;

yuqoridagi masalalar yuzasidan muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan markaziy va mahalliy televideniyeda ko‘rsatuvlar va chiqishlarni tashkillashtirish.