Xotira nega pasayadi?
Inson xotira funksiyasining mexanizmi juda ta’sirchan, u ko‘pgina sabablar natijasida o‘z funksiyasini o‘zgartirishi mumkin. Shifokorlar fikricha, xotirani pasayishiga quyidagi bir qator holatlar sabab bo‘lishi mumkin:
Zo‘riqish – jismoniy va aqliy;
Haddan ortiq ko‘p aqliy mehnat qilish, charchash;
Surunkali uyqusizlik;
Surunkali stress holatlari;
Kuchli bir martalik stress;
Sigaret chekish;
Spirtli ichimliklar ko‘p ichish;
Narkotiklar qabul qilish;
Bosh miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar;
Insult;
Bosh-chanoq suyagi travmalari (ochiq va yopiq);
Qalqonsimon bez kasalliklari;
Qon tomirlar kasalligi;
Yurak kasalliklari sababli miyada qon aylanishi buzilishi;
Ba’zi dori preparatlarini qabul qilish.
Ko‘p hollarda bolalar maktabga chiqa boshlaganlarida yoki yuqori sinfga o‘tganlarida xotiralari susaygani seziladi, bu esa bola miyasining zo‘riqishi bilan tushuntiriladi. Bunday vaziyatda ota-onalar bolalariga e’tiborli bo‘lishlari, ularni urishmasliklari zarur.
Xotira pasaygan holatlarning barchasida ham davo talab qilinavermaydi. Medikomentoz davo va xalq tabobati bilan muolajalar o‘tkazish uchun ko‘rsatma, xotiraning qisqa muddatlarda tiklanmasligi bo‘la oladi. Masalan:
Biror bir narsani esda saqlab qolishga istak bo‘lsada, ularni yodda saqlab qola olmaslik;
Doimiy unutib qo‘yish;
Katta hajmdagi ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyati yo‘qolishi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Ma’lumotlarni saqlab qolishning eng foydali usullari
Agar insonda davomiy, eski vaqtlardagi jarayonlarni eslay olish qobiliyati buzilayotgan bo‘lsa, bu bosh miyada qandaydir bir jiddiy kasallik boshlanayotganidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |