XOTIRA TURLARI VA XUSUSIYATLARI.
Reja
Amaliy mashg`ulot uchun kerakli jihozlar
Nazariy ma`lumotlar
Xotiraning ierarxik tuzilishi
Tezkor xotira qurilmalarini loyihalash.
Amaliy qism
Amaliy topshiriqlar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kerakli jihozlar. Kompyuter, tizimli bolk, tizimli plata,tezkor kotira modullari, HDD disk, SSD disk, videokarta, audiokarta, VGA shinasi, RJ45-kabellari proektor, emu8086 dasturi, UMK80 virtual protsessori, printer, skaner, ADSP virtual protsessori, AIDA64 dasturi, Electronics workbench.
Xotiraning ierarxik tuzilishi
Kompyuter tizimi markaziy protsessor (CPU), xotira (RAM va ROM), kiritish/ chiqarish qurilmalaridan (I/O) iborat.(4.1-rasm)
Kompyuter xotirasi - bu ma’lum vaqt davomida hisoblashda foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash uchun fizik qurilma yoki vosita.
4.1-rasm. Kompyuterning umumiy xotira tizimi.
Katta hajmdagi ma’lumotlami saqlash muammosini hal qilishning ananaviy yo‘li, xotirani
iyerarxik ko‘rinishda tashkil etish bilan amalga oshiriladi (4.2-rasm).
Protsessorning ichki registrlari iyerarxiyaning eng yuqori qismida joylashgan.
4.3-rasm. Xotira ierarxiyasining turli elementlariga kirish uchun taktlar soni.
Kirish vaqti ierarxiyaning yuqoridan quyi darajasiga qarab ortib boradi.