Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezigida, aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushurishdagi tayerligida ifodalanadi. Bu farqlar malum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari bilan qo’zg’alishi va tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog’liqdir, individual farqlar yana shunday hollarda namoyon bo’ladiki, har xil odamlar obrazli mateiallarni, rang tasvir, narsa tovushlarni samarali va mustahkam esda olib qoladilar.
Boshqa bir odamlar o’z so’zlarni yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir toifa odamlarda esa malum bir materialni esda olib qolishida yaqqol ustunlik sezilmaydi. Psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali obrazli xotira, so’z mantiqiy xotira va oraliq tipdagi xotira. Masalan ko’rgazmali obrazli xotira tipi ko’proq rassomlarda, so’z mantiqiy tipi nazariyachi olimlarda uchraydi. Bundan tashqari xotiralash va esda qoldirish jarayonlari analizatorlarning qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi:
a) ko’rish; b) eshitish; v) harakat; g) aralash xotira.
Bir xil kishilar ko’rish orqali, ikkinchi xillari eshitish orqali, uchinchi xillari harakat yordamida, to’rtinchi xillari esda qoldirishning birga qo’shilgan usulida yaxshi esda qoldiradilar. Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan.
Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog’liqdir. Esda olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:
1) tez esda qoldirib sekin unitish;
2) tez esda qoldirib tez unitish;
3) sekin esda qoldirib sekin unitish;
4) sekin esda qoldirib tez unitish.
XOTIRA TASAVVURLARI Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarning ongimizda qaytadan gavdalanishiga xotira tasavvurlari deyiladi.
Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari orqali amalga oshiriladi. Xotira va xayol tasavvurlari bir-biridan farq qiladi. Xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan ammo hozir ko’z o’ngimizda bo’lmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalanishdan iborat. Masalan, yoshlik vaqtimizdagi hodisalarni eslashimiz, ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvurlari bo’ladi. Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo’lib ongimizdagi bilimlar tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha uchramagan narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish bilan bog’liq.
Masalan: Ertaklar, romanlar umuman biror asarni o’qiyotganimizda undagi qahramonlarning ko’z o’ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir.
Tasavvurlar paydo qilishda so’zning ahamiyati katta. So’z bilan nomlashi tegishli obrazning yaratishiga yordam beradi. Masalan: «ildiz» «o’t» so’zlarining to’rt kishiga berib qanday tasavvur qilishlarini so’rasak ularning tasavvurlari bir-biridan farq qilishini ko’ramiz chunki, har bir kishi tajribasiga ko’ra, kasbiga ko’ra tushunadi. Masalan: matematik ildizni algebra belgisi deb, botanik o’simlik qismini uning ildizini, tish doktori esa tish ildizini tushinadi.
Tasavvur qilishning fiziologik asosi shartli reflekslarning hosil bo’lishida bosh miya po’stida paydo bo’lgan izlarning jonlanishidir.
Tasavvur birorta tutki tasirida jonlanadi, masalan, biror odam haqida tasavvurlarning tuqilishi uchun birorta so’z yoki hodisa turtki bo’ladi. Asosan maxsus qo’zg’ovchi so’zdir, shuning uchun so’z bilan tasvirlash orqali tasavvurlar tuqiladi.
Kasb xodimlari faoliyatida «kasbiy xotira - xodimning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma‘lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat»4 . Kasb xodimlaridan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga erishtiruvchi asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab qolish, keyin esga tushirish jarayoni subyekt faoliyatida katta ahamiyat kasb 166 etadi va bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog’liq. Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog’liq material ko’proq esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo’ladi. Shuni ta‘kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his-tuyg’ularning ham ta‘siri kuchli bo’ladi. Kuchli hissiyot ta‘sirida axborot esda yaxshi saqlanadi. Voqea-hodisalar his-tuyg’ularni qo’zg’atsa (ya‘ni kechirilgan hissiyotlarning qayta-qayta qo’zg’alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat yanada faollashadi. «Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko’p hollarda ahamiyatga ega bo’lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko’tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Nishonova Z.T. Psixodiagnostika. Darslik. Toshkent: 2008. – 238 b.
2. http://www. psixologiya.ru
3. http://www. psixologiya.uz
4. www. tdpu. uz
5. www.Ziyonet. Uz
6. w.w.w.google.uz